Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
Axborot-kutubxona aravachalari
Axborot-kutubxonalarda qo‘l aravachalaridan masofasi uncha uzoq bo‘lmagan joyga yengil yuklarni olib borish uchun qo‘llaniladi. Qo‘l aravachasi og‘irligi 500 kg gacha bo‘lgan yukni eltib bera olishi mumkin. Qo‘l aravachalar axborot-kutubxonalarda eng oddiy texnika vositasi hisoblanib, kitoblarni eltib berishda unga bir qancha talablar qo‘yiladi: qo‘l aravachasining sig‘imi yetarli bo‘lishi; kitoblarni joylashtirish va olish oson bo‘lishi uchun ochiq bo‘lishi; yengil bo‘lishi; tor yo‘lkalardan: o‘tish uchun ixcham bo‘lishi; yuklarni normal joylashtirish va yuk ortilgan bir vaqtda aravacha yiqilib ketmasligi uchun muvozanat saqlanishini ta’minlash; adabiyotlar bo‘limlararo tashilayotganida, aravachalar shovqin chiqarmasligi, ya’ni g‘ildiraklari rezina bilan qoplangan bo‘lishi kerakligi kabi qator talablardan iboratdir. Bu talablarga hozirgi paytda ishlatilayotgan axborot-kutubxona aravachalari javob bera oladi. Bunday aravachalarni Litva Davlat kutubxonasi joriy etib, ulardan muvaffaqiyatli foydalanib kelmoqdalar. Bunday aravachalar TT–6 kutubxona aravachasi tipiga ega. Bu kabi aravachalar yengil po‘lat quvurlardan tayyorlanadi. Ularda 40 kg gacha yukni tashish mumkin. Shuningdek, axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni tashish uchun metaldan tayyorlangan tirkamalardan foydalanish mumkin. Bunday aravachalar birinchi marotaba Saratov shahridagi kutubxona xodimlari tomonidan joriy etilgan. Ular quyidagi ish prinsiplariga ega: 1. «TRK–1» tipidagi aravachalar uch yarusli polkalardan iborat. Pastki polkasi katta formatli kitob va jurnallar uchun mo‘ljalangan. Shuningdek, aravachada talablar bo‘yicha bajarilgan belgilarni belgilab olish uchun stolcha ham o‘rnatilgan. 2. «TRK–2» tipidagi aravachada kitob va jurnallar uchun yashikli konteyneri bor. Pastki polkasi esa keng formatli kitoblar va jurnallar uchun mo‘ljallangan. Bu tipdagi aravacha to‘rtta g‘ildirakka ega bo‘lib, uni 360° ga aylantirish mumkin. 3. «PT» va «OB–4» aravachalari kitoblar uchun maxsus olinadigan eshikli konteynerlardan iborat. 4. «MMB–9» tipidagi aravacha 2 ta yuqori polkadan iborat bo‘lib, ularga vertikal holatda kitob va jurnallarni joylashtirish mumkin. Pastki polkaga esa katta formatli kitob va gazetalar joylashtirilishi mumkin. Axborot-kutubxonalarda «MMB–9» aravachasidan ko‘proq kitob fondi punktlaridan ko‘rgazmalarni tashkil etishda foydalanish qulaydir. Har xil yuklarni tashish uchun (qog‘oz rulonlari, posilka qilingan kitoblar va h. k.) axborot- kutubxonalarda «TG–100», «TG–130», «TG–400» kabi aravachalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. «TG–100» va «TG–130» aravachalari uncha ko‘p ishlatilmaydi. «TG–400» aravachasi esa og‘ir yuklar uchun mo‘ljallangandir. Respublika meditsina axborot-resurs markazida qo‘llanilayotgan «TRK–1» markali qo‘l aravachasi «T–6» markali aravachadan farq qiladi. Aravacha, asosan, Saratov mexanika zavodidan ishlab chiqarilgan. Aravacha 3 yarusli. Kutubxonachi eng pastki yarusga gazetalarni, ikkinchi yarusga jurnallarni, uchinchi yarusga esa kitoblarni qo‘yib tashishi mumkin. Respublika ilmiy-texnika kutubxonasida qo‘llanilayotgan «TRK–2» qo‘l aravachasi boshqa aravachalardan farq qiladi. «TRK–2» markali aravacha 4 kalonkali bo‘lib, 360° ga burila oladi. Yana bir xususiyati shuki, bu aravachada keng formatli adabiyotlarni ham tashish mumkin. Bu esa texnikaga oid keng mashtabdagi chizma va adabiyotlarni kitobxonga yetkazishda katta yordam beradi. Hozirgi kunda aravachalaridan tashqari quyidagi yengil adabiyotlarni tashishga mo‘ljallangan «TG–100», «TG–130» hamda katta hajmdagi adabiyotlarni tashishga mo‘ljallangan «TG–100» markali aravachalar ishlab chiqarilmoqda. Bu aravachalar, asosan, rulonli qog‘ozlar tashishga mo‘ljallangan. Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling