Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
Axborot-kutubxona konveyerlari
Konveyer usuli deb, uzluksiz ravishda yuklarni muayyan joyga yetkazish uchun mo‘ljallangan transport qurilmasiga aytiladi. Yukni tushirish-ortish jarayoni konveyer usulida to‘xtamay davom etadigan harakati natijasida amalga oshiriladi. Konveyerlar ikki xil bo‘ladi: 1.Tortuvchi organ bilan ishlovchi konveyerlar. Bunday konveyerlar, o‘z navbatida, quyidagilarga bo‘linadi: a) lentali konveyerlar; b) elevatorlar; d) fazo va makon konveyerlari. 2. Tortuvchi organsiz ishlovchi konveyerlarga esa gravitatsion qurilmalar (tushirgichlar) yordamida ishlaydigan konveyerlar kiradi. Axborot-kutubxonalarda konveyerlardan, asosan, uzoq masofaga cho‘zilgan kitob saqlash fondlarida adabiyotlarni transportlash ishida asosiy vosita sifatida qo‘llaniladi. Axborot-kutubxonalarda lentali konveyerlari shovqin chiqarmasligi, konstruktiv jihatdan oddiyligi, chidamliligi va ishlab chiqarish hajmining kattaligi tufayli keng ko‘lamda foydalaniladi. Konveyerlar lentalarning uzluksiz aylanishidan iborat bo‘lib, 2 ta barabanga tortilgandir. Lentalarni ushlab turadigan tayanch g‘ildiraklar konveyerning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Tayanch g‘ildiraklari mashina yoki dastgohning qimirlamaydigan asosiga joylashtiriladi. Tortuvchi lenta esa maxsus qurilmadan tashkil topadi. Lentali konveyerlarning lentalari harakati tortuvchi elementlardan iborat. Lenta o‘zining ishlatilishi jihatidan mustahkam, uzoq muddatga chidamli, elastikligi yetarli darajada bo‘lgan materialdan iborat bo‘lishi kerak. Ana shunday lentalarni bir necha xil materiallardan tayyorlash mumkin. Masalan, lentalar setkali, paxta ipdan tayyorlangan rezinali bo‘lishi mumkin. Ana shunday lentalardan hozirgi vaqtda rezinalisi keng miqyosda foydalanilmoqda. Lentalar 300, 400, 500 mm dan to 2000 mm gacha kenglikda ishlab chiqarilmoqda. Ko‘p burchakligi jihatidan 100 mm li kenglikdagi lentalardan ko‘proq foydalaniladi. Lentalarning uzunligi 25–400 mm gacha bo‘ladi. Hozirgi kunda axborot-kutubxonalarda ko‘proq 400–500 mm kenglikdagi lentalar ishlatiladi. Axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni kitob saqlash fondidan kitob berish punktiga yoki orqaga qaytarishda «TL–3» tipidagi lentali konveyerlar ishlatiladi (uzunligi 40 m). Lentali konveyerlarning suriladigan va ko‘chiriladigan konstruksiyali turlari ham ishlab chiqarilmoqda. Bunday tipdagi konveyerlar boshqalaridan ixchamligi, yengilligi, suriladigan va ko‘tariladigan xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Suriladigan va ko‘chiriladigan konveyerlarda lentalar qiya joylashtirilishi bilan birga, yuklarning transportlanishi gorizontal holatda ham amalga oshirishi mumkin. So‘nggi yillarda ko‘chiriladigan konveyerlarning bir yoki ikki seksiyali turi ham ishlab chiqarilmoqda. Bunday konstruksiyali konveyerlarga (transportyor) «TPT–2» turi kiradi. Konveyer yuklarni qiya yoki gorizontal holatda transportlashi mumkin. Axborot-kutubxonalarda transportyordan, asosan, kutubxonaga keltirlgan adabiyotlarni tushirib olishda ishlatiladi. Transportyorning umumiy uzunligi 3950 mm, lentaning eni 400 mm. Bir soatda 2000 quti kitobni ko‘tarishi mumkin. Transportyorda 4 ta aylanuvchi g‘ildiraklar mavjud. Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling