Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elevatorli kartotekalar
- Rotorli kartotekalar
- Perfokartali kartotekalar
Aylanuvchi kartotekalar bu vertikal yoki gorizontal o‘qlar atrofida aylanuvchi
barabanlar bo‘lib, ularning seksiyalariga kartalar yoki hujjatlar solingan yig‘ma jildlar joylashtiriladi. Ularning afzalligi shartli doimiy va kam o‘zgaradigan axborotlarni saqlanishidadir. Vertikal o‘qli kartotekalar axborot-kutubxonalarning ma’lumot uchun xizmatlarida, gorizontal o‘qli kartotekalar esa xodimlarning ish joylarida ishlatishga mo‘ljallangan. Aylanadigan kartotekalarning boshqa ko‘rinishi ham bo‘lib ularda sterjeniga ma’lumotli kartalar mahkam o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu tipdagi kartotekalardan, odatda, axborot-kutubxona kataloglarida ommaviy foydalanish uchun ishlatiladi. Ikkala ko‘rinishdagi aylanuvchi kartotekalar ba’zida avtomatlashtirilgan qidirish mexanizmlari bilan jihozlanadi. Avtomatlashtirilgan kartotekalar jumlasiga elevatorli va rotorli kartotekalar kiradi. Elevatorli kartotekalar. Elevatorli kartoteka operatorning ish joyiga rolikli zanjirga osilgan kartali yoki boshqa hujjatli tarnovlarni (yashiklarni) avtomatik uzatishni tashkil qiladigan qurilmadir. Tarnovlarni uzatish boshqarish pultidan teriladigan ish joyi manziliga (kodiga, identifikatoriga) mos ravishda amalga oshiriladi. Elevatorli kartochkalar sig‘imi katta – 500 mingtagacha kartochkani joylashtirishga mo‘ljallangan. Rotorli kartotekalar hujjatlar uchun tarnovli aylanma tokcha – seksiyalarga egadir. Ular aylanadigan barabanli kartotekalarni eslatadi, lekin avtomatik boshqarish pultida terilgan manzil bo‘yicha foydalanuvchiga kerakli tarnov olib kelinadi. Rotorli kartotekalarning sig‘imi kartochkalarning shakli bilan aniqlanadi va 10–75 ming donani tashkil etadi. Perfokartali kartotekalar. Chetlari perforatsiyali kartalardagi kartotekalar yengil mexanizatsiyalashgan qidirish imkonini beradi. Chetlari perforatsiyali karta qalin qog‘ozdan yasalgan to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishiga ega bo‘lib, hamma chetlari bo‘ylab bir xil teshiklar o‘yib chiqilgan: har bir pozitsiyada bir yoki bir nechta (ko‘pincha ikkita) teshik. Qidirish kodini o‘rnatishda kartaga mos teshiklarni perfokarta chetidan ajratib turuvchi katakni qirqish amalga oshirilib, natijada ochiq tirqish (yoriq) hosil bo‘ladi. Perfokartaning teshiklardan xalos bo‘lgan markaziy ma’lumot maydoniga hamma kerakli hujjatlar nusxalash yoki qo‘lda yozish usuli bilan kiritiladi. Kerak ma’lumotli kartani topish to‘g‘rilangan kartalar dastasidagi qidirilayotgan kodga mos keluvchi teshikka o‘qni sanchib olish va dastani silkitish bilan amalga oshiriladi. Silkitishda kerakli perfokartalar dastadan tushib qoladi. Bu jarayon yordamida 6–7 ming kartaga ega bo‘lgan to‘plamdan 5–6 belgi bo‘yicha bizni qiziqtirgan kartalarni osongina tanlab olish mumkin. Perfokartaning ma’lumot maydoniga tez-tez hujjatlarning mikrofotokopiyasi kiritiladi. Bu keng tarqalgan va samarali mikrofilmlashtirilgan hujjatlarni saqlash tizimlari yordamida ma’lumot qidiruv ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling