Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Elektron hujjatlarni yaratish va saqlash


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

Elektron hujjatlarni yaratish va saqlash 
Axborot-kutubxonalarda elektron hujjatlar bilan ishlash muhim ahamiyatga ega. 
Elektron hujjatlarni yaratish, saqlash va jo‘natish kabi ishlarni amalga oshirishda 
kompyuter texnologiyasi yaqindan yordam beradi. Oddiy hujjatlarni ham kompyuterda 
qullay va yuqori samarali servisini ta’minlovchi dastur vositalardan keng foydalangan 
holda bevosita yaratish samaraliroqdir. Buning ustiga, bu servis keyinchalik 
ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan murakkab, yuqori badiiy saviyali hujjatlarni 
yaratishda muhim o‘rin tutadi. Bunday murakkab hujjatlarni yaratish quyidagi 
jarayonlarni bajarishni talab etadi: matnni terish, tahrir qilish, tuzatish, rasmlarni 
tayyorlash, betlarni maketlash va sahifalash, chop etish.
Ko‘pincha hujjatlar uchun materiallarning bevosita manbasi bo‘lib tasvirlarni 
skanerlash tizimlari, fakslar, elektron pochta, elektron jadval, grafiklar, chizmalar 
xizmat qiladi. Hujjatni yaratishning hamma jarayonlarini skaner va muammoga 
yo‘naltirilgan amaliy dasturlar paketi to‘plami (ADP) bilan, birinchi navbatda, matnli 
tahrirlash dasturi yoki stol usti nashriyot tizimi bilan jihozlangan ShEHMda samarali 
bajarish mumkin. Skaner hujjat uchun alohida tayyorlangan lavhalar: rasmlar, 
fotografiyalar, sxemalar, muhr, imzo va boshqalarni kiritish uchun ishlatilishi mumkin.
Elektron hujjatlarni saqlash tizimi kompyuterning tashqi xotirasida hujjatlarning 
samarali saqlanishi va dolzarbligini hamda ularni samarali qidirish va murojaat 
qilishning maxfiyligini ta’minlashi kerak. Haqiqatan ham, ma’lumotlarni kompyuterda 
saqlash qog‘ozdagidan birmuncha qulaydir: istalgan kerakli sonda chop etish mumkin. 
Axborotni disketaga yozib olib, istalgan shahar va mamlakatga olib borish yoki 
yuborish mumkin.
Axborotni, shu jumladan, elektron hujjatlarni tashqi xotirada saqlanadigan joy 
ma’lumotlar bazasi deb ataladi. Ma’lumotlar bazalarini yaratish va ularga xizmat 
ko‘rsatishni tashkil etish hamda dasturiy ta’minoti «ma’lumotlar bazalarini boshqarish 
tizimi» nomi ostida birlashtirilgan dasturiy mahsulotlarning alohida vazifasidir. Bu 
guruhning hozirda eng ommabop dasturiy vositalari qatoriga D Basic, Clipper, Paradox, 
Approach, Oracle, FoxPro, Access va boshqalar kiradi.

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling