Elektron hujjatlarni yaratish va saqlash
Axborot-kutubxonalarda elektron hujjatlar bilan ishlash muhim ahamiyatga ega.
Elektron hujjatlarni yaratish, saqlash va jo‘natish kabi ishlarni amalga oshirishda
kompyuter texnologiyasi yaqindan yordam beradi. Oddiy hujjatlarni ham kompyuterda
qullay va yuqori samarali servisini ta’minlovchi dastur vositalardan keng foydalangan
holda bevosita yaratish samaraliroqdir. Buning ustiga, bu servis keyinchalik
ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan murakkab, yuqori badiiy saviyali hujjatlarni
yaratishda muhim o‘rin tutadi. Bunday murakkab hujjatlarni yaratish quyidagi
jarayonlarni bajarishni talab etadi: matnni terish, tahrir qilish, tuzatish, rasmlarni
tayyorlash, betlarni maketlash va sahifalash, chop etish.
Ko‘pincha hujjatlar uchun materiallarning bevosita manbasi bo‘lib tasvirlarni
skanerlash tizimlari, fakslar, elektron pochta, elektron jadval, grafiklar, chizmalar
xizmat qiladi. Hujjatni yaratishning hamma jarayonlarini skaner va muammoga
yo‘naltirilgan amaliy dasturlar paketi to‘plami (ADP) bilan, birinchi navbatda, matnli
tahrirlash dasturi yoki stol usti nashriyot tizimi bilan jihozlangan ShEHMda samarali
bajarish mumkin. Skaner hujjat uchun alohida tayyorlangan lavhalar: rasmlar,
fotografiyalar, sxemalar, muhr, imzo va boshqalarni kiritish uchun ishlatilishi mumkin.
Elektron hujjatlarni saqlash tizimi kompyuterning tashqi xotirasida hujjatlarning
samarali saqlanishi va dolzarbligini hamda ularni samarali qidirish va murojaat
qilishning maxfiyligini ta’minlashi kerak. Haqiqatan ham, ma’lumotlarni kompyuterda
saqlash qog‘ozdagidan birmuncha qulaydir: istalgan kerakli sonda chop etish mumkin.
Axborotni disketaga yozib olib, istalgan shahar va mamlakatga olib borish yoki
yuborish mumkin.
Axborotni, shu jumladan, elektron hujjatlarni tashqi xotirada saqlanadigan joy
ma’lumotlar bazasi deb ataladi. Ma’lumotlar bazalarini yaratish va ularga xizmat
ko‘rsatishni tashkil etish hamda dasturiy ta’minoti «ma’lumotlar bazalarini boshqarish
tizimi» nomi ostida birlashtirilgan dasturiy mahsulotlarning alohida vazifasidir. Bu
guruhning hozirda eng ommabop dasturiy vositalari qatoriga D Basic, Clipper, Paradox,
Approach, Oracle, FoxPro, Access va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |