Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Standart ma’lumot kartochkalarini saqlash va qidirish vositalari


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

Standart ma’lumot kartochkalarini saqlash va qidirish vositalari 
Bir xil hajmli ma’lumot kartochkalarini saqlash uchun turli xil ko‘rinishdagi 
kartotekalar ishlatiladi.
Kartoteka – bu ko‘p sonli kitoblar (blanklar, standart shaklli hujjatlar va shunga 
o‘xshashlar)ni o‘z ichiga olgan qurilma bo‘lib, ular umumiy ma’no bo‘yicha 
birlashtirilib, alifbo tartibida joylashtiriladi. Turli xil kartotekalarning ko‘p sonli 
konstruksiyalari ishlab chiqilgan va qo‘llanilmoqda: tekis, vertikal, aylanuvchan va 
boshqalar. Kartotekada kartalar tartib raqami, alifbosi, mavzusi bo‘yicha tizimli, ba’zi 
holda esa ixtiyoriy tartibda joylashtiriladi. To‘plamda kartalar topilishini 
yengillashtirish uchun ajratgichlar (indikatorlar) qo‘llanilib, ularda qismlarning 
sinflashtirilgan belgilari yaqqol ko‘rinib turadi.
Tekis kartotekalar. Ularda kartochkalar quyidagicha joylashtiriladi: keyingi 
turgan kartaning biror cheti oldingi turganlari ostidan 7–10 mm chiqib turadi, shunda 
har bir kartaning identifikatori ko‘rinib turadi. Tekis kartotekalar ko‘pincha 
«zinapoyali», ya’ni «ko‘zga tashlanadigan» deb ham yuritiladi. Kartochkaning chiqib 
turgan cheti eng muhim ma’lumot yoki uning ko‘rsatkichlarini identifikatsiya qiluvchi 
qiymatini yozish, grafik belgilarni yoki rangli indikatorlarni qo‘yish uchun ishlatiladi. 
Kartochkaning yopiq qismi shu obyekt to‘g‘risida yanada to‘liq ma’lumot yozish uchun 
ishlatiladi. Kartochkalarning bunday joylashishi va ularda ma’lumotlarning 
tabaqalashtirilganligi tufayli tekis kartochkalar yaxshi ko‘zga tashlanadi va talab 
qilinayotgan ma’lumotlarning tez va aniq topilishi ta’minlanadi. Vertikal 
kartotekalar – Vertikal kartotekalar yashiklar (ariqlar) ko‘rinishida bo‘lib, kartalar 
ularga vertikal joylashgan bo‘ladi. Kartochkalar yashikda erkin joylashishi yoki qatorda 
ochilgan teshiklar orqali o‘tuvchi gorizontal o‘q bilan mahkamlanishi mumkin. Bunday 
kartotekalar odimlar bo‘limida, arxivlarda, axborotkutubxonalarda va boshqalarda 
ishlatiladi.
Vertikal kartochkalarning afzalligi: oddiy, arzon, katta sig‘imli.


Kamchiligi kartalar qidirishning nisbatan qiyinligida.
Tavsiflanuvchi obyektlar yoki ko‘rsatkichlari bo‘yicha farqlanuvchi kartalar 
guruhini qidirishni yengillashtirish uchun ular birbiridan ajratgichlar bilan bo‘linadi. 
Guruhlar ichiga kartochkalar oldindan o‘rnatilgan tartibda alifbo, sana va shunga 
o‘xshashlar bo‘yicha joylashtiriladi.

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling