Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Axborot-kutubxonalarda pnevmatik pochta


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

Axborot-kutubxonalarda pnevmatik pochta 


Pnevmatik pochta – turli hujjat va mayda predmetlarni havo oqimi yordamida 
quvur bo‘ylab tashiydigan transport turi. Quvurning uzunligi 100 m bo‘lgan birinchi 
pnevmatik pochta 1953- yilda London telegrafida qurilgan. Pnevmatik pochta 
qurilmasining asosiy elementlari: quvurlar, konveyerlar, qabul qilish-tarqatish 
qurilmalari va havo puflagich. Pnevmatik pochtaning ichki (bino ichida ishlatiladigan) 
va tashqi (shahardagi korxona va h. k.) muassasalarni bog‘laydigan xillari bor. Chunki 
pnevmatik pochta quvurlari ichki diametri 50–120 mm li quvurlardan yaxlit qilib 
ishlanadi. Quvurlar latun, duraluminiy, po‘lat, polixlorvinildan yasaladi. Tashqi 
pnevmatik pochta qurilmalarida yerga ko‘milgan 65– 1000 mm diametrli po‘lat, 
plastmassa yoki asbest sement quvurlaridan foydalaniladi. Ularning qo‘shni stansiyalari 
orasidagi masofasi bir necha km gacha, umumiy uzunligi esa bir necha 100 mm gacha 
boradi (masalan, Parijda 600 km). Pnevmatik pochtadan aloqa korxonalari, banklar, 
kutubxonalar, redaksiya va boshqa muassasalarda hujjatlarni, kasalxonalarda kasallik 
tarixi va dori-darmonlarni, sanoat korxonalaridagi laboratoriyalarda detallar, asboblar va 
namunalarni tashishda foydalaniladi.
Uning necha turi bor: a) bir quvurli turi; b) ikki quvurli; d) radial; e) halqasimon. Uning 
ishlash prinsipi sodda bo‘lib, quyidagilardan tashkil topadi:
1) havo puflagich;
2) stansiya.
Pnevmatik pochta ikki xil tipda: patronli va patronsiz bo‘ladi. Patronli pnevmatik 
pochtada hujjatlar quvur orqali maxsus kolibirli patronga joylashtiriladi. Hozirgi vaqtda 
pnevmatik qurilmalarning havo so‘ruvchi, havo siquvchi vakuumli turlari keng 
ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Axborot-kutubxonalarda ana shunday pnevmatik pochtaning 
vakuumli turlaridan foydalanib kelinmoqda. Patronli pnevmatik pochtada ikki yo‘lli 
quvur oqimi o‘rnatiladi. Bu qurilmada patronlar, asosan, 2 ta punkt oralig‘ida yuborish 
va qaytarib kelish jarayonini ta’minlaydi. Masalan, kitob berish punkti oralig‘i bilan 
kitob saqlash fondining bitta oralig‘ida patron orqali hujjatlarni jo‘natish va qaytarib 
olish mumkin. Ikkala quvur oqimidan har biri havo oqimida bir tarafga harakatlantirish 
uchun foydalanish mumkin. Pnevmatik qurilmalarda patronlarni ikkita qurilma bilan 
bitta quvur oqimida jo‘natish usuli ham bor. Bu kabi usulning qo‘llanilish printspi 
shundan iboratki, ikkita quvurli oqimdagiga nisbatan ishlash tezligi kam. Chunki 
yuborilgan bitta patron to qabul punktiga yetib kelgunicha, ikkinchi patron 
jo‘natilmaydi. Uni faqatgina birinchi patron yetib borganidagina jo‘natish mumkin, 
xolos. Bu qurilmada patron, asosan, markaziy stansiyasi orqali jo‘natilishi mumkin. 
Markaziy jo‘natish stansiyasi bilan qurilmada alohida qabul qilish, jo‘natish stansiyalari 
aro aloqa markazi qabul qilish-bo‘lish punktlari orqali amalga oshiriladi. Har bir 
stansiyadan yuborilayotgan patronga stansiya raqamlari qo‘yiladi. Markaziy stansiya 
xodimi patronni olib o‘zidagi raqamni belgilab, boshqa stansiyaga jo‘natadi. Bunday 
pnevmatik pochtalarda ish jarayoni saralovchi qo‘l mehnatiga asoslanadi. Kamchiligi: 
patroni o‘rnatilgan ikki qatorli ish joyidan aylantirish imkoniga ega bo‘lmaydi. Bunday 
qurilma barcha stansiyalarni o‘zaro bir-biri bilan bog‘lab turish uchun xizmat qiladi. 


Har bir punkt oldida ko‘rsatkich (strelka) bo‘lib, ko‘rsatkich patronni qabul qilish 
punktiga yo‘naltirishni belgilovchi bo‘lishi shart. Patron harakati avtomatik ravishda 
klavishni bosish orqali amalga oshiriladi. Klavish orqali boshqarishda jo‘natish 
punktida klavish bosiladi, ya’ni kerakli qabul qilish punktining buyrug‘i bilan yangi 
patron qabul qilinadi. Patronsiz pnevmatik pochta. Axborot-kutubxonalarda 
blankbuyurtmalar qog‘ozini transportlash uchun patronsiz PPlar ishlatilmoqda. 
Patronsiz PP (pnevmatik pochta)lar uchun to‘g‘ri burchakli, ichki o‘lchami 70 × 10 mm 
li quvur oqimlari qo‘llanilgan. Patronsiz PP orqali talab qilingan adabiyotlar uchun 
qalin qog‘oz formasida jo‘natiladi.
Patronsiz PP orqali blankalarni turli xil usulda yo‘naltirish mumkin. 
Patronsiz PP formati, yuqori teziligi, chidamliligi, quvur oqimining kam joy 
egallash; quvurni devor oralig‘iga, shifer oralig‘iga joylashtirish oddiyligi, yengilligi va 
xavfsizlik ta’minlanganligi bilan xarakterlanadi.
Patronlarning qo‘shimcha qulayligi: 1) keraksizligi; 2) shovqinsizligi; 3) to‘g‘ri 
burchakli quvurlarning kam joy egallashi bilan belgilanadi.
Kamchiligi:
1) qoida bo‘yicha har bir blankani e’tibor bilan o‘rash zarur;
2) blankalarni yaxshi navli qog‘ozlardan tayyorlash kerak;
3) bir vaqtda faqat bittagina blankani yuborishga imkon bor.
Har bir axborot-kutubxonada adabiyotlarni transportlash yoki adabiyotlarga 
berilgan blank-buyurtma qog‘ozlarini transportlash uchun transport vositalarining turli 
xillari tanlab olinadi. Ana shunday transport vositalari axborot-kutubxonalaridagi 
konkret sharoitlar bo‘yicha tanlanadi, ya’ni qavat va yaruslarning soniga qarab: – yuk 
ortish; – kitob saqlash fondidan kitob berish va qabul qilish punktlarining uzoqligi; – 
kitoblarga berilgan blank-buyurtmalar va adabiyotlarni tanlash uchun kitob berish, 
qabul qilish va kitob saqlash fondlari punkti soni mo‘ljallanadi; – undan tashqari
axborot-kutubxonalar transport vositalarini tanlab olish vaqtida ularning shovqinsiz 
ishlash xususiyatiga ham e’tibor qaratiladi. Ular sanitariya va gigiyena jihatidan talabga 
javob berishi zarur. Axborot-kutubxonalar texnika xavfsizligi qoidalari va yong‘inga 
qarshi umumiy qonun-qoidalarga ham javob berishi lozim.
Nazorat savollari:
1. Axborot-kutubxonalarda transport-texnika vositalaridan foydalanish ahamiyati 
nimalardan iborat?
2. Axborot-kutubxonalarda foydalaniladigan transport-texnika vositalarining turlarini 
aytib bering.
3. Tashqi transport-texnika vositalariga nimalar kiradi?


4. Ichki transport-texnika vositalari va ularning turlari nimalardan ibo rat?
5. Axborot-kutubxona aravachalari necha xil bo‘ladi?
6. Axborot-kutubxona ko‘targichlari haqida so‘zlab bering.
7. Axborot-kutubxona konveyrlari to‘g‘risida ma’lumot bering. 
8. Pnevmatik pochta nima va uning turlarini aytib bering 
NAZARIY O‘QUV MASHG`ULOTINING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling