Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Axborot-kutubxona ko‘targich (podyomnik)lari


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

Axborot-kutubxona ko‘targich (podyomnik)lari 
Ko‘targich (podyomnik)lar deb ataluvchi yuk tashuv qurilmasi odamlar va yuklarni 
joylashtirish mumkin bo‘lgan mashinaga aytiladi.
Umuman, har xil konstruksiyaga ega bo‘lgan ko‘targichlar ishlab chiqarilgan. 
Bunday ko‘targichlardan hozirgi vaqtda ko‘p qavatli axborot-kutubxonalarda bir 
kabinali yo‘lovchi tashuvchi liftlari, yuk tashuvchi liftlar va kam yuk tashuvchi 
liftlardan muvaffaqiyatli foydalanib kelmoqdalar.
Axborot-kutubxona liftlari, o‘z navbatida, bir necha guruhga bo‘linadi:
a) yo‘lovchi tashuvchi liftlar odamlarni yuqoriga olib chiqish va pastga olib tushish 
uchun mo‘ljallangan;


b) yo‘lovchi va yuk tashuvchi lift odamlar bilan yuklarni birgalikda tashish uchun 
mo‘ljallangan;
d) yuk bilan birga kuzatuvchi shaxsli lift; e) kuzatuvchisiz yuk tashuvchi lift;
f) og‘irligi 160 kg gacha bo‘lgan yuklarga mo‘ljallangan ko‘targich.
Axborot-kutubxonalarda 
vertikal (tik) yo‘nalish bo‘yicha adabiyotlarni 
transportlash vositasidan har bir qavatda kitob berish punkti va kitob saqlash fondlariga 
ega bo‘lgan ko‘p qavatli binolarda foydalaniladi. Ularning yuk ko‘tarish og‘irligi 50, 
100 va 150 kg dan iborat. Axborot-kutubxonalarda bunday ko‘targichlardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Masalan, «NAK–508 – UE» ko‘targichlari kitob va boshqa 
yuklarni 3 qavatli binolar ichida transportlashi mumkin. Bunday ko‘targichlar Moskva 
lift qurilish zavodida ishlab chiqariladi. Ular 2 xil variantda ishlab chiqariladi: 2 qavatli 
va 14 qavatli binolar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Masalan, magazin lifti «LM–30»dan 
faqat 2 qavatli binolarda foydalanish mumkin. Bunday ko‘targich Saratov savdo-sotiq 
jihozlarini tayyorlovchi zavodda ishlab chiqariladi. Ular ham 2 xil variantga: shkafli va 
prilafkali ko‘targichlarga bo‘linadi. Shkaf tipidagi liftlar xuddi yuqoridagi kichik yuk 
tashuvchi liftlar singari qurilgan bo‘lib, farqi mashina yuqoridan emas, balki pastgi 
seksiyadan boshlab joylashtirilgan. Prilafka tipidagi liftlar kutubxona sharoitida yuqori 
seksiya eshigidan kitob berish punkti ro‘parasiga jo‘natiladi. Kutubxonachi o‘z ish 
joyida adabiyotlarni joylashtirishi yoki olishi mumkin. Ana shunday shkaf tipiga ega 
bo‘lgan «LMSh–50» rusumli lifti 2 qavatli binolar uchun ishlab chiqarilgan. Axborot-
kutubxonalarda 
ko‘targichlarning 
joriy 
etilishi 
kutubxonachilar 
mehnatini 
yengillashtirish, kitobxonlar talablarini qondirish jihatidan ularning vaqtini tejashga 
yordam beradi. Ada biyotlarni liftga ortish yoki tushurish jarayoni faqatgina liftlar 
harakati to‘xtagan zahotiyoq amalga oshirilishi mumkin: kabina chaqirig‘i esa faqatgina 
pastdan tugmani bosish orqali amalga oshirilishi mumkin. Shu maqsadda, axborot-
kutubxonalarda ko‘targichlar o‘rniga ko‘proq kitoblarni transportlash uchun 
konveyrlardan foydalanish samarali hisoblanadi. Axborot-kutubxona muassasalarida 
ishlatilayotgan transport-texnika vositalaridan A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada 
ishlatilayotgan telelift mexanizatsiyalashgan transport texnika vositasi fikrimizning 
yaqqol isbotidir. Bu transport texnika vositasi orqali foydalanuvchi so‘rovini 
qondirishda axborot-kutubxona fondiga murojaat etish, kitob buyurtma qilish va qisqa 
vaqt ichida telelift orqali kutubxona kafedrasidan olish mumkin. Telelift Milliy 
kutubxonaning barcha qavatlariga o‘rnatilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga muvaffaqiyatli 
xizmat ko‘rsatmoqda. 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling