– hujjatlarni chop etish va ko‘paytirish;
– hujjatlarni elektron tarqatish.
Eng avvalo, hujjatlarni boshqarishning yuqorida aytilgan
jarayonini qisman yoki
to‘liq amalga oshiruvchi universal integrallashgan dasturli tizimlardan foydalanilmoqda.
Hozirgi kunda ko‘proq
Microsoft Office dasturiy vositalari
orqali ishlar amalga
oshirilmoqda.
Ularning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
– kirayotgan va chiqayotgan ma’lumotlarni ishlab chiqish;
– elektron hujjatlarni yaratish va tahrir qilish;
– ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish (misol uchun hisobotni)
va natijalarini
grafiklar, diagrammalar va boshqa ko‘rinishlarda ko‘rgazmali tasvirlash;
– elektron hujjatlarni ma’lumotlar bazalarida qulay topiladigan va murojaat qilinadigan
tarzda saqlash;
– elektron hujjatlarni elektron pochta va faksimil aloqa bo‘yicha
marshrutlash va
jo‘natish;
– elektron kotib vazifalari va hujjatlar o‘tishi boshqaruvini
markazlashtirish
( dispetcherlash);
– elektron hujjatlarni qulay formatlash, chop etish va boshqalar.
Nazorat savollari:
1. Axborot-kutubxonalarda hujjatlarni saqlash va qidirish vositalariga qo‘yiladigan
talablar nimalardan iborat?
2. Ixtiyoriy shakldagi qog‘ozli hujjatlarni saqlash va qidirish
vositalari haqida gapirib
bering
3. Kartoteka nima?
4. Kartotekaning qanday turlarini bilasiz?
5. Elektron hujjatlar yaratish va ularni saqlash ishlari qanday amalga oshiriladi?
6. Elektron hujjatlar bilan ishlashda nimalarga e’tibor beriladi