Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Mavzu: Multimediyaning texnik ta`minoti
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
Mavzu: Multimediyaning texnik ta`minoti. Reja: 1.Multimedia tyumlarining texnik ta’minoti. 2. CD ROM axborot to‘plagichlar imkoniyati. Tayanch iboralar- Kompyuter, CD ROM , CDROM - compact disk, Partner elektron so’zlovchi, Jet Book elektron o‘quv kitobi, Multimedia Personal Computer (MPC) standarti. Kompyu- terlarda grafikli va ovozli fayllarni saqlash uchun CD ROM dis- kovodlarining qo‘llanilishi kompyuter tizimi unumdorligiga nis- batan ma’lum talablarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. CD ROM dis- kovodida audio axborotni yozish va uni audioadapter orqali kiritish ham chiqarish - bu multimedia (MRS) uchun mo‘ljallangan shaxsiy kompyuterga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan ikkita majburiy shartdir. CD ROM axborot to‘plagichi. Gramplastinkalarga muqobil sifatida yaratilgan optik kompakt disklar (CDROM - compact disk read) bu turdagi axborot tashuvchilarni qo‘llashiing yangi imkoniyatlarini ochib berdi. CD ROM axborot hozirda kompakt disk prrngriva - to‘plagichlar maishiy va sanoat apparaturalarida audio eshittirishda keng qo‘llaniladi. Endilikda CD ROM to‘plagichlar shaxsiy kompyuterda o‘z o‘rniga ega. Kompakt disk - bu axborot saqlashda qo‘llaniladigan shaxsiy kompyuter (ShK) hajmi uchun standart plastik disk. Axborotlar raqamli kod bilan kodlanadi va diskning orqa tomoniga ko‘z ilg‘a- mas ko‘rinishda joylashtiriladi. Bunda disk yuzasi bilan mexanik kontakt aloqa yo‘q, uning ishlash muddati katta, boshqa axborot saqlash vositasiga qaraganda esa noto‘g‘ri ishlash hollari kam. Hozirda kompakt disklarda bir qancha turdagi amaliy dasturlar mavjud. Ularning ichida ilmiy axborot va jurnal maqolalari, ko‘p jildli texnik bayonlar, moliyaviy hisobotlar to‘plangan ma’lumotlar bazasini topish mumkin. Tashuvchi mashinalardagi hujjatlarga endi tayyor rasmlar, matn- lar, audio yozuvlar, videofragmentlarni kiritish ancha oson. Multimedia qomuslar, elektron xaritalar va o‘rgatuvchi tizimlardan foydalanish mumkin. CD ROM to‘plagichlarning yagona kamchiligi - bu qattiq disklarga nisbatan sekin harakatlanishidir. CD ROM to‘plagich turli interfeyslarga ega bo‘lishi mumkin. Interaktiv kompakt disk CD-I texnologiyasi bo‘yicha interaktiv multimedia ax- borotini tashuvchilar - bu hozirgi vaqtdagi audio va video qurilma- lardir. Ular matnli va grafik axborotni ishlab chiqish imkoniyatini kengaytiradi. Bu holatda mazkur turdagi axborotga mo‘ljallangan kompyuter dasturlaridan keng foydalanish nazarda tutiladi. CD-I texnik nuqtayi nazardan CD ROM texnologiyasiga asos- langan, ammo iste’mol mahsuloti nuqtayi nazaridan u CD-DA texnologiyasidan foydalanadi. CD-I texnologiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega: - multimedia ilovani bitta interaktiv diskda foydalanish. U turli xil vositalar bilan ta’minlangan; - kompakt disklarning mavjud ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish; - diskli tizimlarning mos kelishi. CD-I texnologiyasi bo‘yicha tayyorlangan kompakt disklar quyidagi sohalarda qo‘llaniladi: - ta’lim va tayyorlov (masofadan turib o‘qitish va ma’lumotnoma, albom va kitoblar yordamida mustaqil o‘qish); - dam olish: musiqa (musiqa matnlari, nota, rasmlar bilan birga), harakatlanuvchi o‘yinlar, o‘yin davomida o‘rgatish; - dam olishni tashkil etish (chizish va rasm solish, filmlar yaratish, she’rlar yozish); - sayohat (xaritalar, navigatsiya uchun qurilma, sayyohlik haqida axborot, diagnostika va hokazo). Tezkor to‘plagichli CD ROM. CD ROM to‘plagichlarini ishlab chiquvchi mutaxassislar nafaqat ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirishga, shuningdek, kirishga ketadigan vaqtni qisqartirishga ham katta e’tibor bermoqda. Virtual kompakt diskni tayyorlash - bu qattiq diskda kompakt disk sharhini yaratishdir. Shaxsiy kompakt diskni yaratish uchun ma’lumotlarni shunday tashkil qilish, qayta tuzish va qayta indeksatsiyalash kerakki, natijada qattiq diskda strukturalashtiril- gan ma’lumotlarga mos kelsin. Shundan so‘ng tanlangan hajmda yozish uchun fayllarni qayta nomlash va indeksatsiyalash kerak bo‘ladi. Ma’lumotlarni tayyorlagach va optimallashtirgach, qattiq diskdan sharhi yoki virtual kompakt disk olinadi. Oxirida barcha kerakli tekshiruvlar o‘tkaziladi va disk sharhini yaratish jarayoni boshlanadi. Yoziladigan kompakt disklar. Bir necha yil avval bitta kompakt diskni yozish uchun bir xona to‘la apparatura, ikki nafar ma- lakali mutaxassis va bir necha soat vaqt talab qilinar edi. Bugun esa CD-R yozish to‘plagichda esa Makintosh kompyuteri yordamida bitta diskni bir soatda yozish mumkin. Bu, o‘z navbatida, vaqtni tejash va bajarayotgan ishni sifatli bajarish imkonini beradi. Nazorat savollari. 1 .Multimedia tyumlarining texnik ta’minotiga nimalar kiradi? 2.CD ROM axborot to‘plagichlar imkoniyatini aytib bering. 3.Multimedianing amaliy dasturlariga nimalar kiradi? 4.Partner elektron so‘zlovchi haqida gapirib bering. 5.Jet Book elektron o‘quv kitobi imkoniyatlarini ochib bering. 6.Multimedia vositalarining axborot-kutubxonalardagi roli va aha- miyatini aytib bering. Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling