Axborot lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish
Download 48.12 Kb.
|
Axborot javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.G.Bell 1876 yilda
- 4-bosqich elektron
- ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR
3-bosqich elektromexanik – 20-asr boshlariga mansub bo`lgan davrda o`z ichiga oladi telegraf qurilmasi, telefonlar. Telegraf» so‘zi yunoncha «tele»-«uzoq»va «grafo»-«yozaman» ma’nolarini anglatuvchi so‘zlardan tashkil topgan. Telegraf-uzoq masofalarga yozma xabarlar yuborish imkonini beradigan qurilmadir.
Elektr telegraf aloqasi uchun amalda qo‘llash mumkin bo‘lgan birinchi telegraf qurilmasini Rossiyada 1832 yili P.L.Shilling ishlab chiqqan. Telegraf apparatlarining bir nechta muvaffaqiyatli konstruktsiyasini rus olimi B.S.Yakobi yaratgan. Dastlabki elektr telegraf apparatlaridan birini 1837 yilda amerikalik olim Semyuel Morze ixtiro qilgan. Morze o‘z apparati uchun maxsus alifbe o‘ylab topgan. Bu alifbeda harflar o‘rniga nuqta va tirelar qo‘llanilgan. Bu esa ixtirochi sharafiga uning nomi bilan Morze alifbesi deb atalgan. Nuqtai va boshqa tovushlarni istagan masofaga uzata oladigan ajoyib qurilmani professor, kar-soqovlar maktabining o‘qituvchisi A.G.Bell 1876 yilda ixtiro qildi. Aloqa liniyasining bir boshida-mikrofonda tovush to‘lqinlari elektr toki to‘lqinlariga aylantiriladi. Bir juft mis, sim orqali bu to‘lqinlar olis masofalarga yetib boradi. Liniyaning ikkinchi tomonida-telefonda elektr toki to‘lqinlari yana tovush to‘lqinlariga aylanadi. 4-bosqich elektron – 20-asr o`rtalariga to`gri keladigan davrni o`z ichiga oladi elektron hisoblash mashinalari va ularni tashkil etuvchilar. 1946 yilda birinchi bo‘lib AQSHning Pensilvaniya universitetida Jon Mouchli va Jon Ekkert 70 tonnaga yaqin og‘irlikdagi, 300 kvadrat metrli joyni egallagan, qariyb 18 mingta elektron lampali ulkan elektron hisoblash mashinasi «ENIAC»ni (Electronic Numerical Integrator And Calculator) qurishdi. U sekundiga 300 ta ko’paytirish va 5000 ta qo’shish amalini bajara olardi. Uning tezligi elektromexanik releli mashinalarga nisbatan 1000 marta katta edi. Shu bilan “ENIAC” elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi. ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR. Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan yaratilgan. Dastlab yaratilgan maskur shaxsiy kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977 yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple Computer" firmasi tomonidan mukammallashtirilib, keng ko’lamda ishlab chiqarila boshlangan. Download 48.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling