Axborot malumot jarayonida ishlatiluvchi asosiy lug’atlar Guruh: 022-18 guruh Bajardi: Baxriyeva Gulchexra Toshkent 2023 Axborot malumot jarayonida ishlatiluvchi asosiy lug’atlar


Download 47.09 Kb.
bet9/10
Sana04.04.2023
Hajmi47.09 Kb.
#1328740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Axborot malumot jarayonida ishlatiluvchi asosiy lug’atlar

Asar matnini tahlil qilish. Asar turi (alohida, to‘plam, ko‘p jildli nashrning bir qismi, ruknli nashrning qismi) aniqlanadi. qaysi masala, muammo, mavzu yoki bilim sohasiga bag‘ishlanganligi ko‘rsatiladi. Nashr tuzilishi va materialning guruhlanishiga e’tibor qaratiladi. Materialning qay usulda berilishini yoki izohlanishini aniqlash kitobxonlar guruhini aniqlashga yordam beradi. Tahlilda so‘zboshi, kirish so‘zi, eslatmalardan, qo‘shimcha tanqidiy materiallardan foydalaniladi.
Qo‘shimcha manbalarni o‘rganish. Mavzuga oid asarlar, taqrizlar, tanqidiy maqolalar, biografik materiallar, fan va madaniyat tarixiga oid asarlar tegishli ma’lumotnoma-nashrlar va bibliografik qo‘llanmalar yordamida topiladi va o‘rganiladi.
Ma’lumotlarni to‘plash. Asarlarga annotatsiya berishda muallif haqida avtobiografik ma’lumotlar, asarning hozirgi davr uchun ilmiy va badiiy qimmati haqida ma’lumot beriladi. Zamonaviy asarlarga annotatsiya berishda, unga haqqoniy va obyektiv baho beriladi, muallifining shaxsiy tasavvuri yoki taassurotiga suyanib qolish kerak emas. Ba’zida muallif fikri, ba’zi annotatsiyalarda tanqidchi fikri, voqea yoki hodisa ishtirokchisi, mualliflar xotirasi keltiriladi.
Adabiy tahrir yoki annotatsiyani rasmiylashtirishda eng asosiy ma’lumotni ajratib olish zarur. Kitobxon e’tiborini jalb etish uchun, tavsiya annotatsiyasida eng qiziq faktlar haqida axborot berish kerak. „Kitob juda qiziq...“ yoki „Kitob qiziqarli hikoya qiladi...“ kabi fikrlardan qochish, bibliografik tavsifdagi ma’lumotlarni takrorlashdan tiyilish lozim.
Referatlash birinchi darajali hujjatdagi axborotni analitiksintetik tahlil qilishdir. Hujjatdagi eng zarur faktlarni —asosiy holat, faktik ma’lumotlar, natija va xulosalarni ajratib olish kerak bo‘ladi. Referat matni o‘zining aniqligi, to‘g‘riligi, mantiqiyligi bilan ajralib turadi, unda ikkinchi darajali axborot — tanqid, isbot, dalil, misollar bo‘lishi mumkin emas.
Xulosa.
Hozirgi paytda bibliografik kirish deganda matn bilan tanishishdan avval asar haqidagi eng zarur, qisqa ma’lumotlarni aks ettiruvchi titul (sarvaraq) sahifasi tushuniladi. Qadimgi antik adabiyotda bunday ma’lumotlar „Bilim beruvchi“ didaktik, hikoya va qo‘shiq janridagi asarlarda qo‘llanilgan. 22 ta adabiy yodgorliklarda ana shunday ma’lumotlar borligi aniqlangan. Bibliografik kirish tuzilishi o‘sha davr uchun xos bo‘lgan shaklda, ma’lum bir tartibda berilgan — asar muallifi yoki shaxs haqida ma’lumot, ba’zan qo‘shimcha titul varag‘ida muallifning kasbi, shajarasi, agar otasi yoki ustozi mashhur shaxs bo‘lsa, ular haqidagi ma’lumot, asar sarlavhasi, uning yaratilishi sabablari, muallifning o‘z asariga bergan bahosi keltirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar




  1. Download 47.09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling