Axborot-maslahat xizmati va uning qishloq xо‘jaligi rivojidagi tutgan о‘rni


Download 62.5 Kb.
bet3/4
Sana23.03.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1289559
1   2   3   4
Bog'liq
2 seminar konsalting (4)

Birinchidan, jamoaning texnik profili topshiriqning texnik profiliga mos kelishi. Ravshanki, professional shtatning tanlash konsalting firmaning о‘lchamlariga mos ravishda о‘zgaradi. Ba’zi bir yirik konsultativ firmalar salohiyatli maslaxatchilar va kompyuter dasturlari bilan ishlarini rivojlantirib boradi. Kichik firmalar esa cheklangan muhitda ish olib boradi, universal va qobiliyatli mutaxassislarni yollashlari zarur. Bu umumiy operatsion jarayondagi kichik bir muammolardan biri bо‘lishi mumkin.
Ikkinchidan, shaxsiyat omili (faktori)ning mavjudligi. Mijozning muvofiqligi va konsultant shaxsi yaxshi va yomon topshiriqlar о‘rtasida ahamiyat kasb etishi mumkin. Mijozning muhimligidagi boshqaruvni yoqtirish va yoqtirmaslik jihatdan, odatlar, qiziqish va umumiy hayot tarzi, kontrakt tuzilgan konsultant tomonidan ta’minlangan bо‘lishi kerak .
Mijoz va konsultant о‘zining xoxishi bilan almashtirish kabi imtiyozlari ham mavjud. Biroq firma bir-biriga tо‘g‘ri kelmaydigan odamlarni qо‘yishdan qochishlari zarur. Qandaydir darajada shuni kutish kerak, xar bir konsultant normal va о‘zgarib bо‘lmaydigan farqqa moslashadi.
Uchinchidan, jamoa rahbari va a’zolari bir-birini tushunishlari kerak. Konsultant xar doim xar bir savolga alahida e’tibor berishmaydi, xuddi qolganlarga о‘xshab.
Insoniy fazilatlar va guruhdagi muhit topshiriqqa, xuddi jamoa a’zolari va rahbardagi is’tedodga о‘xshagan holda ta’sir kо‘rsatadi. Professional firmalar konsultantlar topshiriqlari о‘rtasidagi kadrlashtirish topshiriqlarini tengsizlikka olib kelishiga qaramasdan, ogohlantirmaydigan va moslashuvchan bо‘lishlari shart. Jamoa rahbari, ishlariga ma’sul xodimlarni о‘z jamoalariga qо‘shishni afzal kо‘rishadi. Bajaruvchi konsultantlarni afzal kо‘rish rahbarlar tomonidan nazoratga olingan. Agarda barcha shaxsiy afzalliklarni va tanlovlarni jamoatchilik xurmat qilmasa ham, о‘quv va rejalashtirish kareralarida kerakli xulosalarni chiqarishlari zarur. Agar rahbarlarning topshiriqqa о‘zlari ixtiyoridagi qatnashuvchilarni tanlashsa xam, ba’zi bir konsultantlar boshqalarga qaraganda katta talabga ega bо‘ladi. Firma menedjerlari bunaqangi ichki boshqaruv tanlovlari bilan tо‘qnash kelishlari kerak, ammo ba’zi bir xodimlar talabga javob berishlari uchun о‘z ustilarida ishlashga tо‘g‘ri keladi.
Kо‘pincha, jamoaning dastlabki taklifiga о‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Odatda, bu mijoz tomonidan topshiriq topshirilishi va uning yakuniga yetish oralig‘i va yangi topshiriq berilish muddatlari orasidagi vaqt oralig‘i sabab bо‘lishi mumkin. Bunga о‘xshash turli holatlar rejani о‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Lekin bu kutish davrlaridan kechib bо‘lmasa, demak kutib turishlikka qaror qilish kerak bо‘ladi. Maslahatchi bu paytda bir necha mijozlar ichida qaysi biri bilan ishlash bо‘yicha tanlashiga va eng dolzarbini tanlay olishi kerak bо‘ladi(boshqa mijozlar bunga kunishi va kutib turishga rozi bо‘lishsa albatta). Yoki bunda rahbar tomonidan asosiy deb olingan mijoz ishi bir necha oy keyinga surilishi mumkin. Bu holatga mijoz rozi bо‘ladimi? Raxbarni boshqa ishchi guruxga о‘tkazish kerakmi? Ular kutishga majbur bо‘ladimi? Bu tо‘g‘ri tanlangan yо‘lmi? Mijoz shuncha vaqt kuta oladimi?
Bu holat belgilangan topshiriqni rejada belgilangan muddatdan ortiqcha vaqt sarflanishi sababli sodir bо‘lishi mumkin hamda keyingi mijozga va’da qilingan ishni orqaga chо‘zilish havfini keltirib chiqarishi mumkin. Bu yakuniga yetib qolayotgan ishni tugatmasdan turib, yangi ishga kirishib ketishlik noqulay holat va bunda birinchi topshiriqni bajarib bо‘lgan xodimlar asta-sekin ikkinchi ishga kirishilari haqida ikkala mijoz bilan kelishib olishi kerak. Bunday holatlar rо‘y bermaslik uchun bunga e’tibor berish kerak va mijoz bilan shartnoma tuzayotganda bularga alohida e’tibor berish kerak. Albatta, bunda mijozlar о‘zlarining loyihalarini amalga oshirishlari uchun ikkala tomonga xam ziyon yetkazmagan holda ish olib borishlariga rozi bо‘ladi.
Va nihoyat, har qanday reja tuzishdan oldin oltinga teng bо‘lgan quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

  • hech qachon maslahatchilarni bо‘sh qoldirmang! Agarda topshiriqlar orasida kutishga tо‘g‘ri kelsa, bо‘sh qolgan maslahatchini foydali ishlarga jalb qilish kerak. Bu holda konsalting firmasi maslahatchilarni о‘z ustilarida ishlashlariga va tajribalarini oshirishlariga zamin yaratishi kerak (о‘quv kurslarini tashkil etib yoki eski mijozlaridan suhbatlashib о‘z ishlaridagi kamchiliklarni о‘rganib chiqishlari zarur).

  • maslahatchi ham mijoz ham topshiriqning moliyaviy tomonidan xavotirlanadilar. Mijoz albatta vazifaning yaxshi bajarilayotganidan mamnun bо‘ladi, lekin maslahatchi uchun tо‘layotgan mablag‘lari va sarf qilayotgan pullariga topshiriqning bajarilish sifati mos kelishini solishtirib kо‘radi.

Konsalting firmaning ham о‘zaga yarasha xavotiri bо‘ladi. Agar shartnomada topshiriq uchun tо‘lov belgilab berilgan bо‘lsa, maslahatchi va kо‘zatuvchi ishni muvofaqiyatli bajarish uchun qо‘shimcha resurslardan foydalanish harajatlarni nazorat qilib borishlari kerak. Meyorga amal qilmagan va e’tiborsizlik tufayli topshiriq bilan tanishuv va uni tahlil qilishga kо‘p vaqt sarflab qо‘ygan holatlarda bunga duch kelish mumkin, unda maslahatchi belgilangan muddatda va belgilangan harajatlar bilan topshiriqni oxirigacha bajara olmaydi.
Shunga qaramay maslahatchi mijozdan sifatli bajarilgan topshiriq uchun tо‘lanadigan harajatlarni tо‘liqligicha ya’ni qо‘shimcha harajatlari uchun ham tо‘lashini talab qiladi. Lekin mijoz xar nima bо‘lganda xam bu tо‘lovlarni tо‘lashga majbur bо‘lsa, ular orasida tushunmovchilik va konflik(nizo) holati kelib chiqadi. Bunday muhitda mijoz tomonidan berilgan topshiriq tо‘xtatilishi mumkin va shu bilan birga maslahatchi shu mijoz bilan kelajakda ishlash imkoniyatini yо‘qotishi mumkin.
Konsalting firmasi harajatlarni tо‘g‘ri boshqarishi zarurligiga yana bir sabab mavjud. Ular xizmat turlari, topshiriq dizayneri, ishni tashkil etish harajatlari, shtat tuzilmasi boshqaruv personallari va maslahatchilarga tо‘lanadigan harajatlarni qoplashlari uchun qaysi ish foydaliylik darajasi yuqoriligini bilishlari zarur. Shuning uchun xar bir konsalting firmasi topshiriqlardan olinadigan foydani va harajatlarni nazorat qilib borishlari zarur.





Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling