Axborot-maslahat xizmati va uning qishloq xо‘jaligi rivojidagi tutgan о‘rni


Qishloq xо‘jaligida axborot texnologiyalari konsaltingini qо‘llash kо‘lami va о‘ziga xos xususiyatlari


Download 62.5 Kb.
bet4/4
Sana23.03.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1289559
1   2   3   4
Bog'liq
2 seminar konsalting (4)

Qishloq xо‘jaligida axborot texnologiyalari konsaltingini qо‘llash kо‘lami va о‘ziga xos xususiyatlari.
Zamonaviy axborot ta’minoti tizimining iqtisodiyotni moderinizatsiyalash sharoitida fermer xо‘jaliklari boshquruvida dolzarbligini qishloq xо‘jaligida iqtisodiy islohotlar izchilligi va samaradorligini oshirish zaruriyati, iqtisodiy omillar va ishlab chiqarish salohiyatidan yetarli foydalanilmayotganligi, huquqiy-meyoriy hujjatlar va boshqa axborotlar asosidagi marketing tadqiqotlarining past darajadaligi, mutaxassis malakasining yangi iqtisodiy muhitga – bozor munosabatlariga moslashuvining sustligi, fermer xо‘jaliklarining yer uchastkasini ijara shartnomasida iqtisodiy- mulkiy mustaqillikning va pirovard natijadan о‘zaro manfaatdorlik va ma’suliyat xissining yetarli darajada shakllanmaganligi, xodimlar bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) usulida hisob-kitob yuritilishi munosabati bilan axborot hajmining ortishi va boshqalar bilan izohlash mumkin.
Fermer xо‘jaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga axborot texnologiyasining tatbiq etilishi mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ya’ni realizatsiya qilish faoliyatini samarali muvofiqlashtirilishi, biznes-rejalar tuzishda iqtisodiy salohiyatdan tо‘liq foydalanish, harajatlar hisobini va narx belgilashni takomillashtirish, mehnat shartnomasiga kо‘ra, har bir xodim manfaatdorligini ta’minlash, shartnomalar tuzilishi va bajarilishining monitoringini olib borish, iqtisodiyotni moderinizatsiyalash sharoitidagi keskin va kutilmagan о‘zgarishlarga yengil va ixcham moslashish, fermer xо‘jaligining tayyorlov, xizmat kо‘rsatish tashkilotlari va boshqa hamkorlar va davlat muassasalari bilan moliyaviy munosabatlardagi noqulayliklarni о‘z vaqtida bartaraf etish xamda barqaror va izchil iqtisodiy о‘sish hamda yuqori daromadga erishish kabi maqsad va vazifalarni aniq va tо‘liqhal etilishini ta’minlaydi:
Fermer xо‘jaliklarida axborot ta’minotini amalga oshirish tufayli moliyaviy – iqtisodiy, agrotexnik-texnologik, xuquqiy-meyoriy axborot-larning ishonchliligi, о‘z vaqtida ta’minlanishi va ishlatilish samaradorligining oshishi, xodimlarni ishlab chiqarishning pirovard natijalaridan ijtimoiy adolat tamoyillari asosida bahramand qilishga erishish, aqliy mehnat xodimlarini mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishni keskin oshirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni kо‘tarish, mutaxassislarda bozor kо‘nikmalarini mustahkamlanishini jadallashtirish, xatarliligi kam bо‘lgan ilmiy asoslangan ishlab chiqarish salohiyatini tо‘liqhisobga olgan biznes reja tuzish, marketing tadqiqotlari uchun yetarli axborot omborini yaratish kabi agrar-iqtisodiy va moliyaviy natijalarga erishiladi.
Hozirgi kunda respublikamizda olib borilayotgan tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, О‘zbekistonda agrofirma va fermerlar uchun konsalting xizmatlarining barcha turlaridan asosan auditorlik xizmatlari, buxgalteriya hisobi, soliq bо‘yicha maslahatlar, tovar va xizmatlar bozorining iqtisodiytahliliga asoslangan marketing strategiyasini yaratish, biznes reja bо‘yicha ma’lumotlar(biznesni ochishda yordam, yuridik maslahatlar, hamkorlarni topishda yordam), kadrlar konsaltinggi, ya’ni asosan – personalni tanlash kabi xizmatlar talab qilinmoqda.
Bunda shuni ta’kidlash kerakki, konsalting xizmatlarining boshqa turlariga bо‘lgan talab ancha pastdir. Buni maslahatchi rolini tushunmaslik, ya’ni u mening biznesimga nima berishi mumkin, mutaxassislarni jalb qilishga sarflangan pullar oqlanadimi? Tashqi maslahatlarga ishonmaslik, ya’ni tavsiyalarni ishlab chiqishva tahlil qilish uchun maslahatchilar kо‘pincha ichki, buyurtmachi-firmaning sirli ma’lumotlariga ishonmasligi shuning natijasida fermer xо‘jaliklariga xizmat kо‘rsatuvchi mashhur konsalting firmalarni yoki о‘zlari ishongan maslahatchilarni taklif qilishga majbur bо‘lishlari, mulkdorlar yoki kompaniyaning menejmentlari tomonidan о‘zgarishlarni istamasligi, konsalting kompaniyalarning barqarror va jadal reklamasining yо‘qligi, kо‘p tadbirkorlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida biznesni boshqarish asoslarini bilmasligi, menejer maslahatchilarining tavsiyalarini qabul qilish va qо‘llashga tayyor emasligi, ya’ni biz о‘zimiz hamma narsani bilamiz kabi bir nechta sabablar bilan asoslashimiz mumkin.
Shunga qaramasdan О‘zbekistonda konsalting xizmatlariga bо‘lgan talab о‘sib bormoqda. О‘sish nafaqat iste’molning umumiy miqdori bо‘yicha, balki konsalting xizmatlarning ayrim turlari bо‘yicha ham amalga oshirilmoqda.
Fermer uchun har qanday maslahatli xizmat kompaniya mulkdorlari va menejerlari tomonidan о‘zgarishlarga ehtiyojni anglash bilan boshlanadi.
U yoki bu maslahatchilar fermer xо‘jaliklariga konsalting xizmati kо‘rsatuvchi kompaniyasining qaysi faoliyat sohasi о‘zgarishlarga tegishli ekaniga qarab murojaat qilishadi.
Boshqa tomondan, maslahatning yо‘nalganligi maslahat beruvchi kompaniyaning rivojlanish bosqichi, ya’ni yangi kompaniyaning ochilishi yoki biznesning tiklanishi yoki inqirozga uchrashi bilan aniqlanishi mumkin. Fermer xо‘jaliklariga maslahat beruvchi kompaniya faoliyatning yangi yо‘nalishini topish, harajatlarni pasaytirish uchun resurslarni tejashning ichki zahiralarini kо‘rsatish, yangi bozorlarni, raqobatchilarni, iste’molchilarni tekshirish, mahsulot va xizmatlarni diversifikatsiyalash yoki korxonaning marketing strategiyasini ishlab chiqish kabi turli vazifalarni hal qilishi mumkin.


1


2


3


Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling