Axborot texnalogiyalarining zamonaviy dasturiy ta’minoti va turlari. Windows va Unix (Lunix) oilasi operatsion tizimlari. Andriod operatsion tizim haqida tushunch. Reja


Download 43.08 Kb.
bet2/12
Sana24.01.2023
Hajmi43.08 Kb.
#1118248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Axborot exnalogiyalarining zamonaviy dasturiy ta

Birinchi operatsion tizimi.
Kompyuterlar uchun birinchi operatsion tizim GM-NAA deb atalgan. U 1955-yilda General Motors vakili Robert Patrik hamda North American Aviation vakli Ouen Mok tomonidan tuzilgan. U tizim monitorlariga asoslangan va faqat katta mashinalarda ishlashga moʻljallangan. GM-NAAʼning asosiy vazifasi eski dastur tugashi bilan yangi dasturni avtomatik ravishda bajarishdan iborat boʻlgan[3].
Meinfreymlar uchun operatsion tizim[tahrir | manbasini tahrirlash]
Meinfreym — bu katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va katta hajmdagi maʼlumotlarni saqlash uchun moʻljallangan. Shuningdek, katta hajmdagi xotiraga ega boʻlgan yuqori unumdor kompyuter (superkompyuter)dir. Dastlabki meinfreym kompyuterlar 1940-1950-yillarda ishlab chiqarilgan boʻlib, birinchisi ENIAC kompyuteri 1947-yilda AQSHda ishlab chiqarilgan va u operatsion tizimlarga ega emas edi. Keyinchalik 1964-yilda IBM tomonidan yaratilgan boʻlib, u IBM System/360 deb nomlangan.
Meinfreymlar bugungi kunda ham mavjud boʻlgan yirik korporativ maʼlumotlar markazlarida katta, koʻp qirrali mashinalar koʻrinishidagi butun zallarni egallagan. Bunday kompyuterlar shaxsiy kompyuterlardan maʼlumotlarni kiritish-chiqarish hajmi bilan farq qiladi. Meinfreymlar kuchli veb-serverlar, yirik onlayn-doʻkonlar uchun serverlar va korxonalararo tranzaktsiyalar uchun serverlar sifatida ishlatiladi.
Meinfreymlar uchun operatsion tizimlar birinchi navbatda, bir vaqtning oʻzida koʻplab amallarni qayta ishlashga qaratilgan boʻlib, ularning aksariyati juda katta hajmdagi kiritish-chiqarish maʼlumotlari (I/O)ni talab qiladi. Meinfreymlar uchun operatsion tizimlarning uch turi mavjud:

Toʻplamni qayta ishlash.
Toʻplamni qayta ishlovchi operatsion tizim deganda foydalanuvchi ishlari kirish qurilmalarida ketma-ket partiyalar sifatida qayta ishlash uchun taqdim etiladigan va qayta ishlash jarayonida foydalanuvchi va uning ishi oʻrtasida hech qanday oʻzaro taʼsir boʻlmagan tizim tushuniladi. Partiya rejimi kompyuterning periferik uskunasiga maksimal yuklanishdan foydalanadi.

Download 43.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling