Axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz? Texnologiya
Download 18.39 Kb.
|
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI DEGANDA NIMANI TUSHUNASIZ
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI DEGANDA NIMANI TUSHUNASIZ? Texnologiya — so`zi yunoncha (techne) sanoat, mahorat, o`quv ma'nolarini anglatadi, bu esa jarayonlar demakdir. Jarayon deganda oldiga qo`yilgan maqsadga erishishga yo`nal-tirilgan harakatlarning muayyan yig’indisi, jamlanmasi tushuniladi. Jarayon inson tomonidan tanlangan strategiyaga qarab belgilanishi hamda turli vosita va uslublar jamlanmasi yordamida amalga oshirilishi kerak. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyalari deganda xomashyo yoki materialning holati, xususiyatlari, shakllarini qayta ishlash, tayyorlash, o`zgartirish vosita va uslublari jamligini belgilovchi jarayon tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maq-sadlarida materiyaning sifati yoki boshlang’ich holatini o`zgartiradi (3.9-rasm). Moddiy mahsulot ma`lu- Axborot Zaxiralar motlar mahsuloti
Axborot ham neft, gaz, foydali qazilmalar va boshqa shu kabi an'anaviy moddiy zaxira turlari kabi jamiyatning qimmatli zaxiralaridan biridir, demak, uni qayta ishlash jarayonini moddiy zaxiralarni qayta ishlash jarayonlari bilan qiyoslaganda texnologiya sifatida qabul qilish mumkin. Shunda quyidagi tushunchani keltirish ayni muddao bo`ladi. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyalarining maqsadi — inson yoki tizim ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqa-rishdir. Axborot texnologiyalarining maqsadi inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish bo`yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi obyekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti) ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma'lumotlar (boshlang’ich axboroti) ni to`plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir. Ma'lumki, turli texnologiyalarni moddiy zaxiralarga qo`llay borib, turli mahsulotlarni olish mumkin. Axborotni qayta ishlash texnologiyalari uchun ham bu hol o`rinli hisoblanadi. Qiyoslash uchun 3.4-jadvalda bu ikki turdagi texnologiyalar-ning asosiy komponentlari keltirilgan. Download 18.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling