Axborot texnologiyalari fakulteti
Innovatsion jarayonlar va zamonaviy biznes modellari
Download 387.04 Kb.
|
Murodjon
Innovatsion jarayonlar va zamonaviy biznes modellari:Ko‘pgina zamonaviy tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda kompaniyalar yangi g‘oyalarni taklif qilishni, bozorga kirishning yangi usullarini ishlab chiqishni, ularning sanoat bilimlarini tijoratlashtirish bosqichiga o‘tkazishi lozim. Oldingi yondashuv asosan chiziqli modelga asoslangan bo‘lib, kompaniyalar o‘z g‘oyalarini yaratishi, keyin ularni ishlab chiqishi, ular asosida mahsulot yaratishi, u bilan bozorga kirishi, u 44 yerda tarqatishi, so‘ngra unga xizmat ko‘rsatishi, moliyalashtirishi va qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Bozorda katta resurslarga, kuchli ilmiy-tadqiqot bazasi va uzoq muddatli tadqiqot dasturlariga ega bo‘lgan yirik kompaniyalargina raqobatlasha oladi. Genri Chesbro tomonidan “yopiq innovatsiya” paradigmasi deb nomlangan ushbu paradigma kompaniyalarni faqat o‘zlariga ishonishga majbur qildi. Ular ilmiy-tadqiqot ishlariga pul sarfladilar, buning natijasida ulkan kashfiyotlarni oldilar.[3] Ushbu kashfiyotlar kompaniyalarga yangi mahsulot va xizmatlarni taklif qilish, mahsulotlarning yuqori sotuv hajmiga erishish va undan katta foyda olish imkonini berdi. Ular katta ilmiy-tadqiqot ishlariga sarmoya kiritdilar va bu yana keyingi kashfiyotlarga olib keldi. Ichki ilmiy-tadqiqot ishlaridan kelib chiqadigan intellektual mulk ehtiyotkorlik bilan himoyalanganligi sababli, boshqa kompaniyalar ushbu g‘oyalardan foyda olish uchun foydalana olmaydilar. “Yopiq innovatsiya” paradigmasi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini boshqarish quyidagicha: Kompaniya chegarasi: Asosiy texnologik yutuqlar Ilmiy-tadqiqot va innovatsionlarning o'sishi Yangi mahsulotlar Foyda va sotish xajmining o’sishi. Download 387.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling