Axborot texnologiyalari tushunchasi va ularning turlari. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi roli


Download 39.77 Kb.
bet5/7
Sana04.04.2023
Hajmi39.77 Kb.
#1328179
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TUSHUNCHASI VA ULARNING TURLARI

Tashkilotning axborot tizimi. Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari haqida, boshqariluvchi jarayon holati haqida, boshqaruvchi ta’sirlar haqida axborotga ega bo'linadi va uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, shuningdek, axborotlarni ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur tashkilotning 'axborot tizimini tashkil etadi. Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o'zgarishlarga uchraydi, uning tezligi tashkilot bajarayotgan vazifalarga bog‘liq. Axborot tizimiga kiradigan ma’lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig‘ish tizimi ko‘rib chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang‘ich yig‘ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o‘zaro bog‘liq.
Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyuteming o‘zaro harakatlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protseduralarni tashkil etish, MQIT texnik vositalari ishlashini nazorat va diagnostika qilish uchun xizmat qiladi.
Amaliy dasturiy ta’minot axborot tizimi funksional vazifalarini hal etishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar yig'indisini o‘zida namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar omborini boshqaruv tizimlari) va maxsus vositalar — funksional kichik tizimlami amalga oshiruvchi turli xil (iqtisodiy, muhandislik, texnik va boshqa) obyektlar sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Texnik ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi faoliyat ko‘rsatishi uchun qo‘llaniluvchi texnik vositalar kompleksidir. Ushbu ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlovchi, namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalami o‘z ichiga oladi. Bunday qurilmalarga kompyuterlardan tashqari, atrof (periferiya) texnik vositalari, turli xil tashkiliy texnika, telekommunikatsiya va aloqa vositalari ham kiradi.

Download 39.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling