- multidasturlashtirish – bir vaqtning o’zida bir qancha dasturlarni ishlatish imkoniyati;
- dasturlararo ma’lumot almashinishnig kengaytirilgan vositalarini ishlatish.
Dastur ta’minoti ilmiy-texnik, iqtisodiy-statistik va boshqa masalalarni yechishda, shuningdek, boshqaruv ma’lumotlarini qayta ishlash uchun hisoblash tizimlari qurishda EHM texnik vositalarining imkoniyatlarini ancha kengaytiradi.
EHM dastur ta’minotining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
- dasturlashni avtomatlashtirish vositalari yordamida masalani EHMda yechishga tayyorlash;
- operator bilan EHMning eng qulay ko’rinishlardagi aloqasini tashkil qilish;
- EHMni nazorat qilish, unga diagnoz qo’yish va yuzaga kelgan nuqsonlarning kengayishiga yo’l qo’ymaslik.
EHMning dastur ta’minoti strukturasida dasturlashning modulli printsipi amalga oshiriladi, bu printsip, odatda funktsional bog’liq bo’lmagan dasturlar yoki ularning qismlari standart modullar ko’rinishida shakllanadigan va sozlanadigan bo’lishini talab qiladi. Bunday struktura yoki ularning o’rnini almashtirish, yoxud qo’shimcha modullar kiritish yo’li bilan EHMning dastur ta’minotini nisbatan oddiy kengaytirish va takomillashtirish imkonini beradi.
EHM dastur ta’minotining eng muhim tarkibiy qismi, operatsion tizim bo’lib, u turli rejimlarda EHMning eng samarali ishlashini, shuningdek, masalani EHMda yechishga tayyorlashdagi mehnat sarfining kamayishini ta’minlaydigan dasturli vositalar majmuidan iborat.
EHM funktsional maqsadiga bog’liq holda kompleks monitor imkoniyatlari foydalanuvchi tomonidan displey kiritiladigan katta sonli bo’lmagan oddiy buyruqlarning bajarilishidan tortib, to aniq vaqt davomida har xil qurilmalar bilan boshqarishgacha o’zgarib turadi. Monitorning odatdagi vazifasi xususiy EHM bilan foydalanuvchi o’rtasida o’zaro aloqadorlikni tashkillashtirish, resurslar taqsimlashni boshqarish va xususiy EHM faoliyatida talab etilgan rejimni ta’minlash, tizimli va boshqa dasturlarni ishga tushirish va bajarilishini nazorat ostiga olish, ma’lumotlar almashinish jarayonning bajarilishini boshqarishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |