Tizimli dasturlar va ma’lumotlar guruhiga tashqi tashuvchilarga xizmat qiluvchi dasturlar, servis dasturlar va dasturlar kutubxonasi kiradi.
Axborotlarning tashqi tashuvchilarga xizmat ko’rsatadigan dasturlar tashuvchilardagi mavjud axborotlarni tenglashtirish va nazorat qilishga, shuningdek, tashuvchilar va alohida fayllar bilan boshqa jarayonlarni bajarishga tayyorlash, saqlashni tashkillashtirish va dasturlarni qo’llash ishlarini yengillashtiradi. Ular o’zlarining funksional maqsadlari nuqtai-nazaridan turli-tumandir, lekin qoidaga ko’ra, ularning tarkibida matnni tahrirlash dasturlari va kutubxonalar bo’ladi. Displeydan yoki boshqa bir qancha tashuvchilardan kiritilayotgan matnlar tahrir dasturlari orqali xususiy EHMning operativ yoki tashqi xotirasiga yoziladi, bunda ular maxsus tahrir buyruqlari yordamida o’zgartirilishi mumkin. Ko’plab tahrir dasturlari mavjud, ular bir-biridan bajaradigan imkoniyatlari bilan farqlanadi va matnlarda o’zgarishlar qilish uchun ishlatiladi.
Tizimli dasturiy ta’minot (TDТ) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
— kompyuterning va kompyuterlar tarmog’ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;
— kompyuter va kompyuterlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan — asosiy(bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi(xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo’shimcha tarzda olinishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) — bu kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to’plamidan iborat.
Ularga quyidagilar kiradi:
— operatsion tizim (OТ);
— tarmoq operatsion tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |