Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali telekommunikatsiya fakulteti
Download 44.68 Kb.
|
Anorboyev Shermat
Huquqiy davlat tushunchasi.
Huquqiy davlat – jamiyatning irodasini ifoda etuvchi va uni aks ettiruvchi, qonunning ustuvorligiga asoslangan umumiy tashkilotdir. Huquqiy davlatning belgilari: 1. qonunning ustuvorligiga asoslanadi; 2. barcha fuqarolar, mansabdor shahslar, davlat organlari va tashkilotlarining qonunlarni ogishmay bajarishlari va unga rioya qilishlarini taqozo etadi; 3. fuqaro va davlatning amaldagi qonunlar doirasida o’zaro javobgarligini nazarda tutadi; 4. siyosiy, mafko’raviy, iqtisodiy hurfikrlikka, fikrlarning hilma-hilligiga tayanadi; 5. fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ta'minlaydi; 6. Huquqiy madaniyatni yo’qsak darajaga kutaradi. Jamiyatda xuquqiy davlatning roli quyidagilarda ifodalanadi: 1. Jamiyatda faoliyat kursatuvchi demokratik institutlarning rivojlanishi va barqarorligini ragbatlantira oladigan xuquqiy hujjat chiqarish va joriy etish. 2. Fuqarolarning xuquq va erkinlarini muhofaza qilish, ularning ijtimoiy himoyalanganligiga doir amaliy choralar qabul qilish. 3. Fuqarolarning xuquq va erkinliklariga tajovo’z qiluvchi mansabdor shahslarni tegishli shaklda xuquqiy javobgarlikka tortishning xuquqiy mehanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish. Jamiyat hayotida xuquqiy davlat quyidagilarni ta'minlaydi: - davlat mehanizmining barcha buginlari aniq va bir maromda ishlashini; - Huquqiy davlat organlari faoliyatida xuquqiy ijodkorlik va xuquqni qo’llaishning samaradorligi; - hokimiyat vakolatlarini taqsimlash printsiplarini turmushga joriy etishni; - davlat – huquqiy va siyosiy institutlarni barqarorligini; erkin bozor iqtisodiyotini. Huquqiy davlat barqarorligining huquqiy asosi – jamiyatda fuqarolarning irodasiga, ularning huquq va erkinliklarining himoyalanganligiga asoslangan qonuniylik va huquqiy tartibotning mustahkamligidir. Huquqiy davlat barqarorligining siyosiy asosi – siyosiy plyuralizmga asoslangan demokratik siyosiy tizimning mavjudligi va barqaror faoliyat kursatishidir. Huquqiy davlat barqarorligining ijtimoiy asosi – aholining davlat tomonidan teng himoyalanishida ko’rinadi. Huquqiy davlat barqarorligining iqtisodiy asosi – erkin tadbirkorlikka va hilma-hil mulk shakllarini rivojlantirishga qaratilgan bozor munosabatlarining mavjudligidir. Insonparvar xuquqiy davlatning belgilari: 1. Konstitutsiya va qonunning ustuvorligi. 2. Davlat hokimiyati tizimining taksimlanish printsipi. 3. Insonning xuquq va erkinliklariga rioya etish va ularni himoyalanishi. 4. Oliy qadriyat sifatida inson ququq va erkinliklarini joriy etish shart-sharoitlarning yaratilishi. 5. Demokratlilik. 6. Siyosiy va xuquqiy madaniyat darajasini yo’qsalishi. 7. Adolatli fuqarolik jamiyatini yaratilishi. 8. Sud – xuquqiy islohotlarining o’tkazilishi. 9. Sudning mustaqilligi. 10. Hokimiyat vakolatlarini taksimlash va xuquqiy davlat tizimini yaratish maqsadida qonunlarni chiqarish va takomillashtirish. I.A. Karimov ta'biri bilan aytganda xuquqiy davlatning asosiy belgisi barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta'minlashidir. Huquqiy davlatda eng oliy qadriyat inson hisoblanadi. Davlat faqat huquq normalarini yaratib qolmay, oʻzi ham ularga amal qilishi Huquqiy davlatning eng muhim xususiyatidir. Huquqiy davlat demokratiyaning ajralmas belgisidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida Oʻzbekiston xalqi insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni koʻzlab oʻzining muxtor vakillari siymosida davlatimizning asosiy qonunini qabul qilishi taʼkidlab oʻtilgan. Oʻzbekistonning mustaqil davlatchiligi davrida konstitutsiya va qonunlarning ustunligi gʻoyasi xalq ijtimoiy ongining tarkibiy qismiga aylandi. Qonunni chetlab oʻtish emas, aksincha, qonun talablari asosida, unga mos va muvofiq ravishda yashash lozimligi kishilar ongiga tobora singib bormoqda. davlat inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashning izchil huquqiy mexanizmini yaratish tadbirlarini amalga oshirdi (yana qarang Qonun ustuvorligi). Huquqiy davlatning shakllanishi va faoliyat yuritishning muhim shart-sharoitlaridan bo'lib quyidagilar hisoblanadi: mamlakatda fuqarolik jamiyatining shakllanganligi; jamiyatning barcha yoki ko'pchilik a'zolarining siyosiy va huquqiy ongining yuqori darajada ekanligi; ularning mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok eta olishi uchun umuminsoniy madaniyatga ega boʻlishi; mamlakatda bir-biriga zid bo'lmagan yagona qonunchilik tizimining mavjudligi. Huquqiy davlat nazariyasi bilan uni amalga oshirish o'rtasida katta farq bor. Hozirgi paytda huquqiy davlat nazariyasi dunyodagi koʻpgina davlatlarning konstitutsiyalarida o'z aksini topgan. Masalan, 1978-yilda qabul qilingan Ispaniya Konstitutsiyasining 1- moddasi 1-bandida quyidagilar mustahkamlab qo'yilgan: "Ispaniya - bu sotsial, huquqiy va demokratik davlat boʻlib, bu davlatda oliy qadriyat erkinlik, adolat, tenglik va siyosiy hurfikrlilik hisoblanadi". 1949-yilgi GFR asosiy qonunga ko'ra "Germaniya Federativ Respublikasi demokratik va sotsial federativ davlat boʻlib hisoblanadi" (20-modda) hamda ularning konstitutsiyaviy tuzilmasi Asosiy Qonunga zid kelmasligi kerak (28- modda). Huquqiy davlat to'g'risidagi g'oyalar Avstriya, Gretsiya, Italiya, Fransiya, Shvetsiya, Shveytsariya va boshqa bir qator yuqori darajada rivojlangan davlatlarning konstitutsiyalarida belgilab qo'yilgan. 1993-yilgi Rossiya Konstitutsiyasida huquqiy davlat to'g'risidagi g'oya to'g'ridan-to'g'ri o'z aksini topgan. Uning birinchi moddasida "Rossiya Federatsiyasi - Rossiya respublika boshqaruv shaklidagi demokratik, federativ. huquqiy davlatdir" , -deb yozib qo'yilgan. 1992-yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini muqaddimasida ham huquqiy demokratik davlat toʻgʻrisidagi g'oya o'z ifodasini topgan. Huquqiy davlat to'g'risidagi g'oya va nazariyalarni dunyodagi ko'pchilik mamlakatlar tan olsalarda, ammo uni amaliyotda hamma davlatlar to'laligicha qoʻllamaydilar. Hozirgi paytda huquqiy davlat to'g'risidagi g'oyani to'liq hayotga tatbiq qilgan biron-bir davlatni uchratmaysiz. Huddi shu ma'noda huquqiy davlat to'g'risidagi nazariyalar har qanday demokratik davlat intilishi kerak boʻlgan ideal, etalon vazifasini o'taydi Huquqiy davlat iborasi ilk bor X1X asrda yashagan nemis olimlari K.Velker va I. Frayxer fon Aretin asarlarida uchraydi. 1832 yilda Robert fon Mol huquqiy davlat haqidagi ta’limotga uzluksiz rivojlanib boruvchi kategoriya sifatida qaragan. Keyinchalik huquqiy davlat iborasi keng tarqalib Rossiyada B. CHicherin, P.Novgorodsev, N.Korkunovlar tomonidan o’rganilgan. Download 44.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling