Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali telekommunikatsiya fakulteti


Download 44.68 Kb.
bet3/5
Sana23.04.2023
Hajmi44.68 Kb.
#1391461
1   2   3   4   5
Bog'liq
Anorboyev Shermat

Iyering huquqiy davlatga faqatgina davlat hokimiyatining o’zi belgilagan tartibga o’zi bo’ysunadigan joyda, uzil kesil huquqiy barqarorlikka ega bo’lgan yerda mavjud bo’ladi, deb hisoblaydi.
yellinik konsepsiyasida davlat o’z xalqi umumiy manfaatlarining vakili sifatida, hukmronlik qiluvchi, jamiyatni yuksak darajada rivojlantirish yo’lida birgalikdagi individual, milliy va umuminsoniy manfaatlarni qondliruvchi eridik shaxs hisoblangan xalq ittifoqi sifatida ta’riflanadi.
SHershenevich huquqiy davlatni shakllantirishdagi quyidagi asosiy belgilarni qayd etadi:

  1. boshqaruvda huquq xukmronligining mavjudligi;

  2. davlatga sub’ektiv huquqlarni muhofaza qilish majburiyatining mavjudligi;

  3. hokimiyat organlarining vakolatlarining qat’iy beklgilab qo’yilishi.

Gessen fikricha, davlat o’zi tashkil etadigan hukumat singari yuridik normalarni o’zi uchun majburiy deb tan olgandagina huquqiy davlat deb ataladi. Huquqiy davlat o’z faoliyatida , hukumat va sud faoliyatini amalga oshirishda huquq bilan bo-langan va uning tomonidan cheklangan bo’ladi, hech kim huquqdan tashqarida yoki uning ustidan hukmron bo’la olmaydi.
Kotlyarovskiyning davlat va shaxsning aniq o’zaro mas’uliyatini ta’minlovchi asosiy organ sifatida sudning roli haqidagi xulosasi muhim ahamiyatga egadir.
Ammo jamiyatda bu nazariyaga qarshi fikrlar ham bo’lgan L.Kaganovich sho’ro hokimiyatining 12 yilligi munosabati bilan qilgan ma’ruzasida «biz huquqiy davlat tushunchasini rad etamiz. Bu tushuncha burjua davlatining sinfiy mohiyatini yashirish uchun burjua olimlari tomonidan ixtiro qilingan», deydi. Mustaqillikka erishgach, olimlarimiz oldida huquqiy davlat to’-risida yanada aniqroq konseptual tasavvurni ta’riflab berish vazifasi kundalang bo’ldi. SH.O’razayev, M.SHarifxo’jayev, X.Odilqoriyev, A.Saidov, O.Husanov, N.Jo’rayevlar bu borada chuqur ilmiy tadqiqotlar olib bordilar.Hamda huquqiy davlatning asosini ko’rsatib berdilar.
Huquqiy davlatning ijtimoiy asosini inson va uning xilma xil manfaatlari tashkil etishligini, axoloqiy asoslarini insonparvarlik va adolat, shaxs teng huquqligi va erkinligi, uning sha’ni va qadr qimmati nazarda tutilishi e’tirof etilgan.

Download 44.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling