Internet marketing firmalari ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan mexanizm va keng yo-yilgan sotish tarmoqlariga ega. Biroq ular tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlarni chuqur tahlilsiz buyurtmachilarga taqdim etadilar. Bunday firmalar ommaviy talabning nisbatan oddiyroq tovarlari bozorlarini tadqiq qilishda afzalroqdir.
Konsalting firmalaridan olingan ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish kerak bo‘lganida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Odatda, konsalting firmalari ancha murakkab bozorlarda ishlaydilar (kuchli raqobat, tarmoqlangan segmentatsiya, o‘ziga xos omillarning ta’siri va hokazo).
8.3. Korxona miqyosida Internet marketing tadqiqotlarini rejalashtirish
Iqtisodiy adabiyotlarda shu vaqtgacha ilg‘or Internet marketing qurollarini keng va har tomonlama hisobga oladigan Internet marketing tadqiqotlarini olib borishning to‘liq chizmasi chop etilmagan. Bu nuqsonni quyidagicha izohlash mumkin:
Birinchidan, Internet marketing tadqiqotini olib borish algoritmi uning maqsadi va vazifalariga ko‘p darajada bog‘liq.
Ikkinchidan, Internet marketing tadqiqotlarini rejalashtirish chizmasini amaldagi maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda ongli ravishda soddalashtirish.
Uchinchidan, tadqiqotlarni olib borish usullari va metodlarining doimiy ravishda yangi ishlanmalar bilan to‘ldirilib borishi.
Internet marketing tadqiqotlarini rejalashtirishning umumiy chizmasi
Dastavval aytish kerakki, korxonada Internet marketing tadqiqotlarini rejalashtirishning eng to‘liq chizmasi hamma sanab o‘tilgan faoliyat yo‘nalishlarini hisobga olishi kerak. Umuman, aytilganlardan kelib chiqqan holda, Internet marketing tadqiqotlarining algoritmi Z.Z-rasmda keltirilgan ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Keltirilgan chizma umumiy harakterga ega, shuning uchun bozorning turli xil sub’ektlarini tahlil qilish uchun muqobil yondoshuvlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Muayyan sharoitlarni hisobga olgan holda tadqiqotning birorbir bosqichlari hal etilayotgan muammoning hajmi, xususiyatlari va muhimligiga bog‘liq holda tushirib qoldirilishi mumkin.
Qayd qilish kerakki, keltirilgan chizma Internet marketingning muayyan bo‘limlari bo‘yicha tahlilning maxsus turlarini hisobga olmaydi (masalan, narxlashtirish yoki reklama kompaniyasi samaradorligining tadqiqotlari).
Endi esa chizmaning ba’zi bosqichlarini — uning metodologik asoslarini, imkoniyatlarini, amaliyotda sinalgan uslubiyatini chuqurroq baholashga harakat qilaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |