Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi internet marketing
Pochta orqali savoljavob o‘tkazish
Download 212.49 Kb.
|
I BOB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telefon orqali intervyular
Pochta orqali savoljavob o‘tkazish axborotni olishning nisbatan arzon usulidir. Ko‘p vaqtga ega bo‘lib, so‘raluvchi o‘ylashni talab qiladigan ancha qiyin savollarga javob berish imkonini beradi. Pochta orqali so‘rashlarning muhim kamchiligi anketalar qaytarilishi darajasining pastligidir (maksimum 10—15%). Tarqatishga va to‘ldirilgan anketalarni qaytarib olishga ko‘p vaqt talab etiladi.
Telefon orqali intervyular — so‘rovlarni o‘tkazishning eng tezkor va arzon usulidir. U yuqori natijaviylikka ega (javoblarning 80—90%). Biroq so‘rovlarni o‘tkazishning bunday usuli beriladigan savollar kam sonligi bilan cheklangan. Hamma hollarda so‘rovchilar bilan aloqalar maxsus ishlangan anketalar asosida o‘rnatiladi. Savollar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin (ya’ni, oldindan tayyorlangan javoblar variantlari bilan yoki ularsiz). Shuningdek, bevosita va bilvosita savollar farqlanadi (respondent savol maqsadini tushunadi yoki tushunmaydi). Asosiy savollar bilan bir qatorda nazorat savollari ham kiritilishi mumkin. Tadqiqotni ishga tushirishdan oddin sinov savoljavoblari — «pilotaj »ni o‘tkazish kerak. Uning maqsadi bo‘lib anketani «me’yoriga yetkazish», xatolar, noaniqlik, ikki ma’nolilik va yo‘nalish beruvchi elementlardan holi qilish hisoblanadi. Internet marketing tadqiqoti davomida olingan axborot statistik (natijalarni umumlashtirish), korrelyatsion (aloqalar va bog‘lanishlarni topish), regression (sabablarni axtarish) va ehtimol tahlilidan o‘tkaziladi. Shunga ko‘ra asosiy xulosalar shakllanadi, ishchi gipotezalar tasdiqlanadi yoki inkor etiladi va buyurtmachilarga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga tavsiyalar beriladi. Anketa so‘rovlari yordamida aniqlanadigan axborotning sifati ko‘p jihatdan so‘rov uchun mas’ul shaxslarni (registratorlarni) tanlash va ishning tashkil etilganlik darajasiga bog‘liq. Anketa so‘rovining yakuniy bosqichi bo‘lib so‘rov natijalari bo‘yicha hisobotni tuzish va takliflarni ishlab chiqish hisoblanadi. Hisobot, odatda, o‘z ichiga uch bo‘limni oladi: kirish, so‘rov natijalari, xulosalar va takliflar. Internet marketing tadqiqotlari ham o‘z kuchi bilan, ham jalb etilgan mutaxassislar yordamida o‘tkazilishi mumkin. Mutaxassislar kasbiy malakasi va turli xil tadqiqotlarni olib borish tajribasi tufayli chuqur bilimga ega bo‘ladilar. Ular muammoga «yangi ko‘z bilan», mustaqil va ob’ektiv qarashlari mumkin. Rivojlangan mamlakatlar bozorlarida Internet marketing tadqiqotlarini olib borish uchun tashkilotlarning ikki guruhi jalb etiladi: Internet marketing va konsalting firmalari. Download 212.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling