quwati, kommutatsion qurilmalar va hokazolar tanlanadi, demak, kapital
mablag‘ning qiymati aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda hisobiy yuklamani aniqlash usullari ko‘p. Hisobiy yuklamani
aniqlashning qator usullarini ko‘rib chiqamiz.
Yuklamaning solishtirma quvvat zichligi usuli. Elektr ta’minotini
loyihalashning dastlabki bosqichida, yuklamaning taxminiy qimmatini aniqlashda
bu usuldan foydalaniladi.
Bu usul bo‘yicha har bir sexning yuzasini F (m 2) bilgan holda, har bir sohaning
solishtirma quwatini maMumotnomalardan olib, butun korxona sexlarining
taxminiy quwatini aniqlaymiz.
Ishlab chiqariladigan mahsulotga sarflanadigan quwat asosida ham butun
korxona yoki sexning umumiy quwatini aniqlash mumkin. Masalan, bir juft
poyabzal (ko'rinishiga qarab) ishlab chiqarish uchun A = A Q- My elektr energiya
sarflandi deylik, bu raqam maMumotnomalarda beriladi. Shunga asoslanib, bir yil
davomida sarflanadigan elektr energiya hisoblanadi. Bu formulada: My — bir
yilda ishlab chiqariladigan mahsulot. Agar korxona ikki-uch xil mahsulot ishlab
chiqarsa, ulaming yig‘indisi olinadi. Butun korxonaning elektr energiya iste’moli:
Bu ifodaning ikkinchi tashkil qiluvchisi elektr ta’minlash tarmog‘i isrofmi
hisobga oladi. Bu ham taxminiy hisoblash usulidir va faqat loyihalashtirishning
dastlabki bosqichlarida qo‘llaniladi.
Bir fazali iste’molchilar asosan yoritish asboblari bo‘lib, tok fazalararo
taqsimlanadi. Taqsimlashda har bir fazadagi yuklamaning bir-biridan farqi 15 %
dan oshmasligi shart. Sanoat korxonalarida yoritish yuklamasi umumiy
yuklamaning 7—15% ini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: