Axborot texnologiyalari va uning turlari


Download 1.13 Mb.
bet4/15
Sana06.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1330577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-ma\'ruza Axborot texnologiyalari va uning turlari

To’rtinchi avlod (tezkor berilganlar bazasi, 1965 – 1980-yillar) tezkor jo’natmali berilganlar bazasini qo’llashga asoslangan interfaol rejimda ma’lumotlarga tezkor kirishni tadbiq qilish bilan bog’liq. Tezkor berilganlar bazasi ma’lumotning har qanday elementiga sekundning ulushlarida kirishni ta’minlovchi magnit disk yoki barabanlarda saqlanadi. Bu qurilmalar va ma’lumotlarni boshqarish dasturiy ta’minoti dasturlarga bir necha yozuvlarni o’qish, ularni o’zgartirish va yangi qiymatlarni tezkor foydalanuvchiga qaytarish imkonini berdi. 1980- yillarga kelib, yozuvlar to’plamiga yo’naltirilgan, ma’lumotlarning tarmoq modeli juda ommaviylashib ketdi. Ammo, yo’naltiruvchi dasturiy interfeys darajasi yuqori emas edi. Bu axborot texnologiyalarining yanada yangilanishiga turtki bo’ldi.

Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari

Beshinchi avlod – relyatsion berilganlar bazasi: «mijoz-server» arxitekturasi (1980 – 1995-yillar) quyi darajali interfeys uchun muqobil yechim bo’ldi. Relyatsion modellar aloqa va mohiyatni bir xilda taqdim etishdan iborat. Ma’lumotlar relyatsion modeli ma’lumotlarni aniqlash, boshqarish universal tiliga ega. Bu yo’nalishdagi ishlar standart sifatida qabul qilingan SQL tilining yaratilishiga olib keldi.

Hozirgi kunda berilganlar bazalarining barcha tizimlari SQL interfeysini ta’minlaydi. Bundan tashqari, barcha tizimlarda bu standart chegarasidan tashqariga chiqqan o’zining kengaytmalari mavjud. Berilganlar bazasiga parallel ishlov berish relyatsion modellarning ikkinchi kutilmagan ustunligi bo’ldi. Relyatsion model kompozitsiya bo’yicha berk amallar to’plamini o’z ichiga oladi: har bir amal kirishda nisbat oladi va qiymat sifatida nisbat chiqaradi. Shu sababli, relyatsion amallar bir amalning chiqishini navbatdagi amalning kirishiga yo’naltirish yo’li bilan konveyerli parallelizm imkoniyatini taqdim etadi.

Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari

Oltinchi avlod (mul‟timediali berilganlar bazasi, 1995-yildan) an‟anaviy son va belgilarni saqlashdan murakkab harakatli ma’lumotlarni olgan relyatsion-obyektga o’tish bilan bog’liq. Internet mijozlari va serverlari u yoki bu turdagi ma’lumotlarni saqlovchi, ishlov beruvchi va tasvirlovchi applet va «xelper»larni qo’llash asosida qurilmoqda. Appletlar ovoz, video, elektron jadvallar va grafikani boshqaradi. Bunday appletli ma’lumotlarning har qanday turi uchun sinflar kutubxonasi mavjud.


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling