Hisoblash texnikasi yordamida yaratilayotgan, saqlanayotgan va ishlov berilayotgan axborot ko’plab insonlar va texnik vositalarning harakatlarini (faoliyatini) aniqlay boshladi. Axborot texnologiyalarini insonlar faoliyatiga tadbiq qilish, insonlar uchun yangi xavfning yuzaga kelishiga olib keldi. Shu munosabat bilan, uni yo’qotish, ish samaradorligini kamaytirish yoki uning manbalarini (pul, mahsulot, qurilma) o’g’irlash maqsadida, axborotni o’g’rilash bilan bog’liq bo’lgan ziyon yetkazish ehtimolligi tezda ortib ketdi. Axborot xavfining barcha turlarini ikkita guruhga ajratish mumkin: Birinchi guruh – dasturiy va texnik vositalarning ishga yaroqlilik holatining buzilishi va ishdan chiqishi (ma’lumot tashuvchilarning ishdan chiqishi, kompyuter manbalaridan noto’g’ri foydalanish, apparatlarning eskirishi va h.k.); Ikkinchi guruh – ziyon yetkazish maqsadida oldindan rejalashtirilgan xavf. CASE-texnologiyalar CASE-texnologiyalar (kompyuterli avtomatlashtirilgan loyihalash dasturiy ta’minoti) o’ziga xos «texnologik osnastka» hisoblanadi va axborot texnologiyalarini avtomatik loyihalashni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda dasturiy ta’minotni ishlab chiqish texnologiyasida ikkita asosiy yondashuv mavjud: funksional-modulli (tarkibiy) va obyektga yo’naltirilgan. Funksional-modulli yondashuv bajarilayotgan amallarning qatiy tartibini o’rnatish va funksional elementlarni ajratish bilan algoritmik dekompozitsiyalashga asoslangan. Obyektga yo’naltirilgan yondashuv obyektlar o’zaro aloqasi terminida tizimning holatini bayon etish bilan obyektli dekompozitsiya- lashga asoslangan. CASE-texnologiya deyilganda, dasturiy ta’minotni yaratish va boshqarish jarayonlarini ta’minlovchi dasturiy vositalar kompleksi tushuniladi. U o’z ichiga talablarni shakllantirish va tahlil qilish, loyihalash, hujjatlashtirish, sifatini ta’minlash, sinovdan o’tkazish, kodni generatsiyalash, tuzilmaviy boshqaruv va loyihani boshqarishni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |