Axborot texnologiyalarining bugungi kundagi natijalari. Xadjayeva Tamila Ergashboyevna


Download 0.58 Mb.
Sana03.12.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1800518
Bog'liq
Tamila Ergashboyevna


Axborot texnologiyalarining bugungi kundagi natijalari.
Xadjayeva Tamila Ergashboyevna
Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim
tizimi esa davlatning bugungi va ertangi taqdirini hal etishda shubhasiz beqiyos o‘rin tutadi.
Ta’lim tizimi esa davlatning bugungi va ertangi taqdirini hal etishda shubhasiz beqiyos o‘rin tutadi. Shu ma’noda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni hamda «O‘rta maxsus, kasb­hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora­ tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori har jihatdan yetuk, ma’naviy barkamol, chuqur bilimga ega, zamon talablariga javob beradigan, mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda zamon talablariga javob beradigan ta’lim tizimi yaratilgan. Navbatdagi asosiy masala uning sifatini oshirish, tizimda yuzaga kelayotgan muammolarni bosqichma­bosqich hal etishdan iboratdir. Axborot­kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishdan maqsad ham aynan o‘quvchilarni zamonaviy axborotlar, texnika vositalari bilan tanishtirish, bu sohada savodxonlik darajalarini oshirish, eng asosiysi, mazkur axborotlardan to‘g‘ri foydalanish malakalarini oshirishdan iboratdir.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari – bu insonlarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo’yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalardir.
Yana shuningdek, axborot kommunikatsiya texnologiyalari deganda, ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi.
Hozirki kundagi ta’lim muassasalari faoliyatida qo’llash samaradorligi yuqori ilg’or axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keltirishimiz bo’lgan quyidagi mumkin: ­ ­ ­ ­ ­ ­ ­ ­ ­ ­ kompyuterlar (notebook, netbook, statsionar komyuter); I­Pod; aqlli telefonlar; aqilli televizorlar; interaktiv proyektorlar; 3D monitorlar; interaktiv doska; yuqori sifatli veb kameralar; tarmoq texnologiyalari (wi­fi router, kommutator, repitor, ADSL­modem); 3D printerlar va hokazo.
Ta’lim­tarbiya jarayoniga AKT joriy etilishi quyidagi afzalliklarga ega: ­AKT vositalari o‘quvchilarni ta’lim jarayonida fanlarni o‘zlashtirishga alohida jalb etish va qiziqishlarini oshirishda muhim omillardandir; ­o‘quvchilarni intellektual faoliyatga undaydi; ­ o’quvchilarda axborot bilan ishlash mahoratini shakllantirish, ­o’quvchilarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish; ­ o’quvchilarning mustaqil va algoritmik qobiliyatini shakllantirish; ­ «axborotlashgan jamiyat» shaxsini tayyorlash; ­ o’quvchilarning o’zlashtirish imkoni darajasidagi va yetarli miqdorda axborot bilan ta’minlash; ­ o’quvchilarda tadqiqotchilik mahoratini, optimal qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish.
o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi; ­o‘qituvchining o‘z kasbiga ijodiy yondashuvi uchun ko‘plab imkoniyatlar taqdim etadi; ­o‘qituvchining mustaqil ta’lim olishi, masofaviy malaka oshirishi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. ­o‘quvchilarni fanlar bo‘yicha turli olimpiada, viktorina, tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rishlarida ijobiy imkoniyatlarni taqdim etadi.
Shuningdek AKT o‘quvchilarning ijodiy tafakkurlari rivojlanishiga va dunyoqarashini kengaytirishiga ham kuchli ta’sir etadi. O‘quvchilarga bilim berish jarayonida axborotlarning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini yanada boyitib, oson o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Xulosa
Zamonaviy o‘qituvchi o‘quvchilar bilan axborotlashgan ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlikda muloqot qilishi uchun ham axborot texnologiyalariga oid bilim va malakalarga ega bo‘lishi, ta’lim jarayonidagi turli vaziyatlarda o‘z bilim va malakasi bilan o‘quvchilarning talablariga javob berishi zarur. AKTdan foydalanib, yangi metodik masalalarni hal etishi, fanga oid bilimlarini chuqurlashtirishi, o‘z kasbiy mahorati darajasini oshirishi zarur. AKTga oid savodxonlik o‘qituvchining o‘quvchilar, hamkasblar, ota­onalar oldida obro‘yini oshirish omillaridan biri. Kompyuter o‘qituvchiga o‘quvchilar o‘zlashtirishini kuzatish uchun monitoring bazasini tashkil etish, o‘quvchilar erishayotgan natijalarini samarali kuzatish vositasi sifatida foydalanishni bilish, o‘qituvchilik kasbiy­mutaxassislik faoliyatiga ijodiy yondashishga rag‘batlantiruvchi vosita sifatida foydalana bilish zarur.
E'tiboringiz uchun
rahmat
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling