Axborot texnologiyalarining texnik ta'minotini va uning vazifalari


Download 21.7 Kb.
bet1/3
Sana15.11.2023
Hajmi21.7 Kb.
#1774358
  1   2   3
Bog'liq
Axborot texnologiyalarining texnik ta\'minotini va uning vazifala

AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TEXNIK TA'MINOTINI VA UNING VAZIFALARI

  • TAYYORLADI:MALIKOV SAMANDAR HBA 71-GURUH
  • Axborot texnologiyalar ta’minoti. Texnik ta’minot, dasturiy ta’minot
  • Reja:
  • 1.Zamonaviy axborot texnologiyalari va vositalari. Kompyuterlar , aloqa va hisoblash qurilmalari, telifakslar,teletayplar.
  • 2. Matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari. Hujjatlarni qayta ishlash, axborotlashtirish texnologiyalari.
  • 3. Ma’lumotlar bazasi va banki haqida ma’lumotlar. MB ning tarkibiy qismi, ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan banki.
  • Dasturiy taʼminot yoki SOFTWARE bu -Komputerda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir.
  • Aynan shu dasturiy taminotgina Komputer — „quruq temir“ degan atamani yoʻqqa chiqargan. Dasturiy vositalar Komputer tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar toʻplamidir. Ingiliz tilida bu atama SOFTWARE yaʼni „soft“-yumshoq, „ware“-"mahsulot" degan maʼnoni bildiradi.
  • Dasturiy taʼmonot 3 guruhga boʻlinadi :
  • 1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi : Task Manager (Windows OSda mavjut)),
  • 2-Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan : Microsoft OfficeAdobe CC),
  • 3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlash uchun ishlatiladigan dasturlar)
  • Matematik va dasturiy ta’minot – axborot tizimi maqsad va vazifalarini amalga oshirish bo’yicha matematik usullar, modellar, algoritmlar va dasturlar mosligi bo’lib, texnik vositalar kompleksining normal ishlashini ta’minlaydi.
  • Matematik ta’minot vositalariga boshqaruv jarayonlarini modellashtirish vositalari, boshqaruvning o’ziga xos masalalari, matematik dasturlash usullari, matematik statistika, ommaviy xizmat ko’rsatish nazariyasi va boshqalar kiradi.
  • Dasturiy ta’minot tarkibiga umumtizim va maxsus dasturiy mahsulotlar hamda texnik hujjatlar kiradi.
  • Umumtizim dasturiy ta’minotiga foydalanuvchilarga qaratilgan va axborotga ishlov berishning o’ziga xos masalalarni yechish uchun mo’ljallangan dasturlar to’plami kiradi. Ular kompyuterning funksional imkoniyatlarini kengaytirish, ma’lumotlarga ishlov berish jarayonini boshqarish va nazorat qilish uchun xizmat qiladi.
  • Maxsus dasturiy ta’minot aniq bir axborot tizimini yaratishda ishlab chiqilgan dasturlarning o’zaro mosligini ifodalaydi. Uning tarkibiga real obyekt bajarilishini ifoda etuvchi amaliy dasturlar paketlari kiradi.
  • Dasturiy vositalarning texnik hujjatlari masalalar, nazorat namunalari, masalaning iqtisodiy-matematik modeli, algoritmlash masalalarining bayonlarini o’z ichiga olishi lozim.
  • Texnik ta’minot – bu axborot tizimining bajarilishi uchun talab qilinadigan texnik vositalar va jarayonlardir (hujjatlari bilan birga).
  • -Texnik vositalar o’z ichiga quyidagilarni:
  • -ixtiyoriy rusumli kompyuter;
  • -axborotni qabul qilish, yig’ish, qayta ishlash, saqlash va uzatish uchun vositalar;
  • -ma’lumotlarni uzatish uchun aloqa tarmoqlari va qurilmalari;
  • -tashkiliy texnika (orgtexnika), sarf materiallari va h.k.
  • Hujjatlar yordamida tanlangan texnik vositani ishga tushurishni tashkillashtirish, axborotga ishlov berish texnologik jarayonlari bayon etiladi.
  • Hujjatlarni uch guruhga bo’lish mumkin:
  • 1. Texnik ta’minotning davlat va tarmoq standartlari.
  • 2. Texnik ta’minotni yaratish bo’yicha usullar majmui.
  • 3. Texnik ta‟minot bo’yicha moliyaviy hisobotlarda qo’llaniladigan hujjatlar.
  • Hozirgi kunda texnik ta’minotni yaratish bo’yicha ikkita asosiy tur mavjud: markazlashgan va markazlashmagan texnik ta’minot.
  • Markazlashgan texnik ta’minot axborot tizimlarini katta EHM larda va hisoblash markazlarida qo’llashga asoslangan.
  • Markazlashmagan texnik ta’minot shaxsiy kompyuterlar asosidagi ishchi o’rinlarida tadbiq etishga asoslangan.
  • Kompyuterlarning texnik ta’minoti. Kompyuter – inglizcha so‘z bo‘lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda hisoblovchi bo‘lmasada, matnlar, tovush, video va boshqa ma‘lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – Kompyuter saqlangan.
  • Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
  • Uning asosiy vazifasi turli ma‘lumotlarni qayta ishlashdan ibora. Avvalo shuni aytish lozimki, ko‘pchilik tushunchasida go‘yoki biz kundalikda foydalaniladigan faqat SHK bor xolos. Bunga albatta sabablar ko‘p. Shulardan biri hozirgi zamon SHK lari ilgari universal deb hisoblangan Kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketgan bo‘lsada, ikkinchi tomondan ko‘p masalalarni yechish uchun bu Kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir.
  • Hozirgi Kompyuter termini ko‘p uchrasada, shu bilan birga EHM (Elektron Hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko‘p ishlatilib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat Kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud:
  • Raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtrilgan. Ammo, raqamli Kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi uchun, ulardan ko‘proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda Kompyuterlarning 5 guruhi keng qo‘llanilmoqda
  • Kompyuterlarni xotirasining hajmi, 1 sek. da bajaradigan amallar tezligi, ma‘lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, 5 guruhga bo‘lish mumkin:
  • super Kompyuterlar (Super Computer)
  • blok Kompyuterlar (Manframe Computer)
  • mini Kompyuterlar (MiniComputer)
  • shaxsiy Kompyuterlar (PC- Personal Computer)
  • bloknot (Noutbook) Kompyuterlar.
  • Axborot texnologiyasi deganda, mavjud axborotlar negizida yangi sifatdagi axborotni olish jarayoni uchun uchun zarur bo'lgan vositalar va uslublar jamlanmasi tushuniladi. Axborot texnologiyasining maqsadi - inson tomonidan tahlil qilish va uning asosida qandaydiy xatti-harakatlarni bajarish bo'yicha aniq qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan axborotni ishlab chiqarishdan iborat ekan.
  • Turli texnologiyalarni qo'llagan holda bitta moddiy resursning o'zidan bir nechta buyum yoki turli sifatdagi mahsulotlarni olish mumkin bo'lsa, bu holat axborotni qayta ishlash texnologiyalari uchun ham o'rinlidir.
  • Axborot texnologiyasi jamiyatning axborot resurslaridan foydalanish jarayonining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtga kelib u bir nechta evolyutsiya bosqichlaridan o'tdi, bu bosqichlarning almashinishi asosan ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo'lishi bilan belgilanadi.
  • Shaxsiy kompyuter zamonaviy jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyasining asosiy texnik vositasi bo'lib xizmat qiladi, u texnologik jarayonlarni qurish va foydalanish konsepsiyasiga ham, natijali axborot sifatiga ham jiddiy ta'sir o'tkazdi. Axborot sohasiga shaxsiy kompyuterni joriy etish va aloqaning telekommunikatsiya vositalari qo'llanishi axborot texnologiyalarining rivojlanishida yangi bosqichni belgilab berdi va oqibatda "yangi", "kompyuter" yoki "zamonaviy" sinonimlaridan birini qo'shish hisobiga uning nomini ham o'zgartirdi.
  • Kompyuter (ing . computer — hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) — oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma.
  • Hisoblash texnikasi - hisoblash jarayonlarini, axborotlarni toʻplash, saqlash va uzatish masalalarini hal qilishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari majmui; texnikannng hisoblash mashinalari va qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi.

Axborot texnologiyasining yana bir maqsadi insonparvarlik g’oyalarini targ’ib etish bilan birga umumiy emas, aniq bir shaxs tarbiyasiga qaratilgandir. Ya’ni hozirgi har bir o’quvchining va talabaning boshqa zarur sifatlardan tashqari mustaqil, erkin, xur fikrli bo’lib voyaga yetishga butun diqqat e’tibor qaratilgan. Hozirgi yangi pedagogik texnologiya, ta’lim standartlari, ular asosida tayyorlanayotgan darsliklar va qo’llanmalar o’zining mazmun-mohiyati bilan yoshlarning ana shunday mustaqil fikrli qilib tarbiyalashga qaratilgan.

  • Axborot texnologiyasining yana bir maqsadi insonparvarlik g’oyalarini targ’ib etish bilan birga umumiy emas, aniq bir shaxs tarbiyasiga qaratilgandir. Ya’ni hozirgi har bir o’quvchining va talabaning boshqa zarur sifatlardan tashqari mustaqil, erkin, xur fikrli bo’lib voyaga yetishga butun diqqat e’tibor qaratilgan. Hozirgi yangi pedagogik texnologiya, ta’lim standartlari, ular asosida tayyorlanayotgan darsliklar va qo’llanmalar o’zining mazmun-mohiyati bilan yoshlarning ana shunday mustaqil fikrli qilib tarbiyalashga qaratilgan.
  • SHu nuqtai nazardan «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunning yangilanishi tabiiy hol. Lekin mazkur qonunni oldingi qonundan farqli ravishda yana bir muhim hujjat «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bilan birgalikda qabul qilinishi uning ahamiyatini yana ham takomillashtirib yubordi. CHunki milliy dasturda ta’lim tizimimiz erishgan muvaffaqiyatlar, hal etilgan muammolar, ta’limni isloh qilishni unda ko’zda tutilgan barcha maqsad va vazifalarni amalga oshirish axborot berilgan.

Axborot texnologiyalari va ularning ta’limda qo’llash. «Axborot texnologiyasi» haqida tushunchalarni oydinlashtirish uchun quyidagi misolga murojaat qilaylik: Respublikamizda har kuni yuzlab ro’znomalar chop etiladi. Har qanday ro’znomalarni tayyorlanishi eng avvalo turli manbalardan (malliflardan, axborot agentliklaridan) olingan axborotlarni saralash va tahlil etish chiqishdan boshlanadi. Mazkur jarayon natijasida tanlangan materiallar tahlil uchun muharrirga beriladi. Ular chop etishga tayyor bo’lgach, ro’znomalarni sahifalarga joylashtirish maqsadida yana bir bor ko’rib chiqiladi va har bir material uchun talab etilayotgan satx aniqlanadi. Endi ana shu satxlarni ro’znomaning sahifalariga joylashtirb chiqiladi va shu tariqa ro’znomalarning bo’lg’usi soni maketi tayyor bo’ladi. Bu maket chop etish uchun bosmaxonaga topshiriladi. Xarf teruvchilar mos shrift tanlab bo’lgach, ro’znoma ko’plab nusxada chop etiladi. Ko’rinib turibdiki, bir qancha jarayonlar bosqichma-bosqich bajarilmoqda. Mazkur jarayonlar ro’znomalarni chop etish texnologiyasini tashkil etadi. Demak, texnologiya deganda ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchilik faoliyati tushuniladi.

  • Axborot texnologiyalari va ularning ta’limda qo’llash. «Axborot texnologiyasi» haqida tushunchalarni oydinlashtirish uchun quyidagi misolga murojaat qilaylik: Respublikamizda har kuni yuzlab ro’znomalar chop etiladi. Har qanday ro’znomalarni tayyorlanishi eng avvalo turli manbalardan (malliflardan, axborot agentliklaridan) olingan axborotlarni saralash va tahlil etish chiqishdan boshlanadi. Mazkur jarayon natijasida tanlangan materiallar tahlil uchun muharrirga beriladi. Ular chop etishga tayyor bo’lgach, ro’znomalarni sahifalarga joylashtirish maqsadida yana bir bor ko’rib chiqiladi va har bir material uchun talab etilayotgan satx aniqlanadi. Endi ana shu satxlarni ro’znomaning sahifalariga joylashtirb chiqiladi va shu tariqa ro’znomalarning bo’lg’usi soni maketi tayyor bo’ladi. Bu maket chop etish uchun bosmaxonaga topshiriladi. Xarf teruvchilar mos shrift tanlab bo’lgach, ro’znoma ko’plab nusxada chop etiladi. Ko’rinib turibdiki, bir qancha jarayonlar bosqichma-bosqich bajarilmoqda. Mazkur jarayonlar ro’znomalarni chop etish texnologiyasini tashkil etadi. Demak, texnologiya deganda ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchilik faoliyati tushuniladi.

Axbrotlarni qabul qilib qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan shug’ullanuvchi texnologiyalarni kompyuter asosida joriy etish yangi axborot texnologiyalarini (YaAT) vujudga keltirar ekan. Hozir zamonaviy mutaxassisni uning kompyuter savodxonligisiz tasavvur etib bo’lmaydi, chunki zamonaviy ishlab chiqarish va uni boshqa jarayonlarni YaAT dan u yoki bu darajada foydalanishni taqozo etadi.

  • Axbrotlarni qabul qilib qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan shug’ullanuvchi texnologiyalarni kompyuter asosida joriy etish yangi axborot texnologiyalarini (YaAT) vujudga keltirar ekan. Hozir zamonaviy mutaxassisni uning kompyuter savodxonligisiz tasavvur etib bo’lmaydi, chunki zamonaviy ishlab chiqarish va uni boshqa jarayonlarni YaAT dan u yoki bu darajada foydalanishni taqozo etadi.
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling