Axborot texnologtyalariuniversiteti mtgranova elvira aslam gvna, pozilova shahnoza xaydaraliyevna
Ma’lumki, qaysi davlatda kadrlar tayyorlash siyosati to‘g‘ri
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish. Migranova E.A. Pozilova Sh.X
Ma’lumki, qaysi davlatda kadrlar tayyorlash siyosati to‘g‘ri
va omilkorlik bilan tashkil etilsa, o‘sha davlatda har doim taraqqiyot bo‘ladi. Ta’lim har bir jamiyatning ajralmas qismi, madaniyati va rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichidir. Har qanday mamlakat istiqbolli rejalar tuzar ekan, avvalo ta’limga e ’tibomi kuchaytiradi. Shu m a’noda mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlaboq, davlatimiz rahbarining «Kelajak bugundan boshlanadi», «Hozir tarbiya masalasiga e ’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi», «Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz» degan da’vatlari ostida ta’lim tizimmi isloh qilishga kirishildi. Mamlakatimiz xalq xo‘jaligini yanada yuksaltirish, respublikaning aql zakovat salohiyatini o ‘stirish, davlatimiz qudratini oshirish, uning mustaqilligini mustahkamlash uchun xizmat qiladigan 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ishlab chiqildi. Ta’lim tizimining moliyaviy va moddiy ta’minoti qonuniy yo‘l bilan ijobiy hal etildi. Faqat o'tish davrining o'zida mazkur dastur uchun 65 mlrd. so‘m ajratish ko‘zda tutilgan. 1999-yilda bu maqsadlar uchun 34 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 8-10 foizga teng qismi m a’rifat, ta’lim va tarbiyaga ajratilmoqda - bu katta miqdordagi mablag‘dir. Masalan, respublikamizda «Kadrlar tayyorlsh milliy dasturi» doirasidagi ta’lim xarajatlari 1999-yili 159, 2 mlrd. so‘m, 2000-yili 248, 8 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2001-yili 336, 1 mlrd. so‘m sarflangan. 1997-yilda tashkil topgan «Umid» va boshqa jamg‘armalarning ko‘magida iqtidorli yoshlar rivojlangan davlatlardagi nufuzli o ‘quv markazlarida tahsil olmoqdalar. Yoshlar xorij hayotini ko‘rib, xalqaro hayotiy tajriba orttirib, chet tillarini mukammal egallab, 127 zamonaviy bakalavrlik va magistrlik darajasiga respublikamizning turli bosqichdagi kadrlar xorijiy ta’lim markazlarida tajriba va malaka orttirib kelmoqdalar. Bunday yondashuvlar ham 0 ‘zbekiston ta’lim tizimining yorqin istiqboliga va uning mavqyeini oshirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda kelajagi buyuk davlatni qurish tafakkuri, dunyoqarashi zamon talablariga mos ravishda o‘zgargan mutaxassislarimizga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Yangicha fikrlaydigan, yangi bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo‘jalik yuritadigan yuksak malakali, chuqur bilimli mutaxassislami tayyorlash davr talabi va haqiqat taqozosidir. Kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiya muammosini amalga oshirish uchun qator muammolami hal etishga e’tiborni qaratish kerak. Ular: 1.0 ‘qitish jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiya va axborot texnologiyasi asosida uyushtirish; 2. Talaba va ustoz o ‘rtasidagi axloqiy hamda aqliy saviyani oshirishga erishish; 3. Ta’lim-tarbiya masalalarining qat’iy reja asosida olib borilishi; 4. 0 ‘quv muassasasida ijobiy emotsional sharoit yaratish; 5. Ta’lim oluvchilaming o ‘quv muassasasining umumiy tartib, hayot tizimiga rioya qilishiga erishishni ta ’minlash. Shunday qilib, yagona ta’lim-tarbiya jarayonida axloqiy tarbiya ishini amalga oshirishda suhbat, munozara, m a’ruza kabi metodlardan, axloqiy odatlami esa mashq, turli faoliyatni uyushtirish orqali amalga oshirish mumkin. “Avvalam bor oliy ta’lim haqida juda ko‘p bahslar bo‘lgan. Ba’zi akademiklar o‘z akademiklik mavqelari uchun kasbiy tayyorgarlikni xo‘rlashdek deb bilar edilar. Lekin, kasbiy amaliyot va ta’lim olayotganlar uchun katta mas’uliyatdir. Shu nuqtai nazarda ta’limdagi ilg‘or tajriba ko‘p yillik mehnat samarasidir. Bu ta’lim jarayonini yutuqlarini belgilash va kamchiliklarini aniqlash maqsadida olib boriladigan doimiy nazoratga bog‘liq. Ko‘p yillar davomida AQSHda ta’limni baholash uslublari o‘zgargan, chunki talabalar anketa so‘rovlari umumiy tarzda edi. 128 Lekin Buyukbritaniya va Avstraliya universitetlarida baholash shakllantirish va rivojlantirishdan ustun turadi (sifat oshadi), va diqqat markazida komanda treninglari, va lektorlar turadi. Shuning uchun ko‘p sohalarda turli bacholash sifatini amalga oshirish maqsadida 1980-yillardan boshlab ko‘p urinishlar amalga oshirilib kelindi. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling