Axborot texnologtyalariuniversiteti mtgranova elvira aslam gvna, pozilova shahnoza xaydaraliyevna
Ma’naviyati yuksak shaxslar yurtni tanitadi. Shaxsni esa
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish. Migranova E.A. Pozilova Sh.X
Ma’naviyati yuksak shaxslar yurtni tanitadi. Shaxsni esa
uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. M a’naviyat -- tarbiyadan boshlanadi. T a’lim-tarbiyassz ma’naviyatning bo‘lmasligi barchaga ayon haqiqatdir. Milliy pedagogika asoschilaridan bin Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir!” degan so‘zlari fikrimizga dalil boiadi. Tarbiya - m a’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o‘qituvchining o ‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Bu esa, insonni mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi, ong esa moddiy va m a’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafii mehnat va qunt, irodani talab etadi. Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni ko‘rsatadiki, faqat m a’naviyat- ma’rifat keng quloch yoygan, ilm-irfon taraqqiy etgan mamlakatdagina adolatli jamiyat qurish va unda bir-biriga mehr- oqibatli, kamolotli insonlar shakllanishi mumkin. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, yaratuvchilik ishiga, ezgulikka intilishi kuchli va jamiyat fuqarolarida sog‘lom fikr, aql-idrok har doim ustuvor bo‘ladi. Mustaqillik bizga m a’rifiy, madaniy, adolatli va insonparvar jamiyat qurish imkonini berdi. Endi bu jamiyatga har bir inson o ‘z o‘mi, mavqyeiga yarasha vijdonan hissa qo‘shmog‘i lozim. Insonning m a’naviyati uning odobi, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlari zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o ‘z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi. Fazilatlar insonning ijobiy sifatlari majmuidan iborat. Sifat — alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi axloqiy kategoriyadir. 122 F azilat - alohida shaxs, el, elat, xalq, ulusga taalluqli bo‘lgan ijobiy axloqiy sifatlar majmui. Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamoloti darajasi odob, axloq, madaniyat, m a’naviyat elementlarining unda qanchalik mujassamlanganligi bilan belgilanadi. Shu o ‘rinda bu kategoriyalarning mohiyati ustida to ‘xtalib o ‘tish joizdir. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling