Axborot texnologtyalariuniversiteti mtgranova elvira aslam gvna, pozilova shahnoza xaydaraliyevna
Odob - har bir insonning o ‘zi bir inson yoki jamoa bilan bo‘lgan muloqotida hamda yurish-turishida o‘zini tuta bilishidir. Axloq
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish. Migranova E.A. Pozilova Sh.X
- Bu sahifa navigatsiya:
- M adaniyat - jamiyatning va unda yashovchi fuqarolaming faoliyati jarayonida to ‘plangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi. M a ’naviyat
Odob
- har bir insonning o ‘zi bir inson yoki jamoa bilan bo‘lgan muloqotida hamda yurish-turishida o‘zini tuta bilishidir. Axloq - jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan m a’qullangan xulq-odob normalari majmui. M adaniyat - jamiyatning va unda yashovchi fuqarolaming faoliyati jarayonida to ‘plangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi. M a ’naviyat — inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy, intellektual fazilatlar majmuasi. Kamolotga erishgan, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash jarayoni uning doimiy, muntazam izchil va bir tizimga kirgan shaklda hoMishini taqoza etadi. Bu yo‘lda kasbiy ta ’lim muassasalarida ta ’lim jarayonini takomillashtirish, professional fanlar singari g‘oyaviy mazmuni talabalarga yangi jamiyatning har bir mutaxassisiga zarur bo ‘lgan ijtimoiy dunyoqarashni shakllantiruvchi tasawurlar zahirasini hosil qilishi lozim bo ‘lgan ijtimoiy gumanitar fanlami o‘qitishga yangicha yondoshuv asosida axloq malakalarini hosil qilish mumkin. Talaba yoshlarda yagona pedagogik jarayonda m a’naviy-axloqiy odatlarni tarbiyalashda quyidagi vazifalar hal etilishi lozim: - sho‘rolar hokimiyati davrida ta ’lim sohasidan o ‘rin olgan mafkuraviy mahdudlikdan xalos bo‘lish; - o‘zbek milliy mentaliteti va jahon sivilizatsiyasi yutuqlariga tayanadigan m a’naviy qadriyatlar tizimini mustahkamlash; - Sharq mutafakkirlari asarlarida ko‘tarilgan Komil inson g ‘oyasi ta ’limotlariga amal qilish; - 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida ta ’lim-tarbiya xususan hozirgi zamon yoshlari qanday bo ‘lishi kerak degan ta ’limotiga nisbatan javoblarga to ‘la amal qilish kabilar. 123 0 ‘zbekiston Respublikasning birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘Iiga asoslangan holda bozor iqtisodiyotiga to‘la ishonch bilan o ‘tib bormoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasning birinchiPrezidenti I.A.Karimov aytganlaridek, «Siyosiy mustaqillik rivojlangan, o‘zaro mutanosib, to‘laqonli iqtisodiyot bilan mustahkamlanmas ekan, u bor-yo‘g‘i quruq, balandparvoz gaplar, soxta obro'-e’tihor orttirish vositasiga aylanib qolaveradi». Mustaqillikning bosib o‘tgan yil lari davomida milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, inqiroz holatidan chiqarildi va uning ko‘pgina sohalarida barqaror o'sisbga erishildi. Bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirildi, hozirgi kunda esa iqtisodiy islohotlami chuquriashtirisb, iqtisodiyotni har taraflama erkinlashtirish amalga oshirilmoqda. Eng muhimi shu davr ichida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllanib, kishilarimiz ongiga singib bormoqda. Mamlakatimiz 0 ‘zbekiston Respublikasning birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek, «Istiqlol mafkurasi ko ‘p millatli 0 ‘zbekiston xalqining ezgu g‘oya-ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi asriy orzu intilishlari, hayotiy ideallarini o ‘zida aks ettiradi» Bu qo‘yilgan dastlabki qadamlarimiz natijasida shakllanib kelayotgan milliy iqtisodimiz yangi XXI asrda biz yashamoqchi bo'lgan umumiy uyimiz, ya’ni yangilanayotgan vatanimizning hayotiy asosini, uning kelgusidagi taraqqiyot manbaini tashkil etadi. Bugungi kunda xalqning boy zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish 0 ‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. 0 ‘zbekiston Respublikasning birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Bugungi kunda oidimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning 124 samarasi taqdiri bulaming barchasi, awalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz». Ta’lim individning jamiyat hayotining turli sohalariga jamiyatda mavjud madaniyatga tayyorlash va moslashtirish vazifasini bajaruvchi ijtimoiy institutdir, Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, har qanday sohada bo ‘lganidek ta’lim sohasida ham muammolar mavjud. Bu kabi muammolar mustaqil respublikamizni ham chetlab o‘tgan emas. Ushbu muammolami hal etish hamda ta’lim sohasida zaruriy islohotlami amalga oshirish maqsadida ta ’lim tizimining huquqiy asoslari yaratildi. «Ta’lim to ‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga ko‘ra mamlakatimizda yagona uzluksiz ta ’lim tizimi tashkil qilinib, ta’lim islohoti va uning istiqbollari quyidagi tamoyillar asosida belgilandi: a) millati, dini, irqi, e’tiqodidan qat’iy nazar, barcha fiiqarolar uchun ta’lim olish imkoniyati yaratilganligi. b) ta’lim tizimining uzluksizligi, ilmiyligi, dunyoviyligi va izchilligi. v) ta’limda umummilliy, umuminsoniy, m a’naviy-ma’rifiy qadriyatlarning ustuvorligi. g) ta’limning insonparvarligi, demokratiyaliligi, ta ’lim-tarbiya muassasalarining siyosiy partiya va boshqa ta ’sirlardan xoliligi. Demak, yuqoridagi tamoyillar amalga oshirilayotgan ekan, jamiyatimizning har bir a ’zosi, xoh duradgor, hisobchi, korxona rahbari yoxud mashhur siyosatchi bo ‘Isin, bu sohaga yuksak hurmat-e’tibor bilan munosabatda bo ‘lishi lozim. Vaholanki, 0 ‘zbekiston Respublikasning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, aqlli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart» degan shiori hamisha har birimizning diqqat markazimizda bo‘lishi shart. Kasbiy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlaming mohiyati - uning milliy istiqlol mafkurasiga asoslangan, m a’naviy- axloqiy, huquqiy, vatanparvarlik, fuqaroviy, mehnat, madaniy- maishiy, ekologik va shu singari yo‘nalishlar bilan erishiladigan 125 g‘oyaviy a ’mol va ideallarga mos holda olib borilishi maqsadga moiik masaladir. Bu muammolarni amalga oshirish barcha pedagoglaming oldida turgan yuksak vazifadir. Mustaqillik sharoitida talaba-yoshlami m a’naviy-axloqiy tarbiyalashda qator vazifalarni hal etish talab etiladi. Jumladan: - Har bir ta’lim oluvchining ongida davlat mustaqilligi xalqning oliy g‘oyaviy-axloqiy qadriyati ekani, o‘z vatani bilan faxrlanish, uning xavfsizligini ta ’minlash va O ‘zbekistonning ulug‘ tarixiy o‘tmishiga, bozor munosabatlariga asoslangan yangi demokratik jamiyat qurishda tanlab olgan o‘ziga xos yo‘lini mustahkamlash, islom dini ruhi bilan sug‘orilgan oliy ma’naviy- axloqiy qadriyatlami to‘g ‘ri tushuntirish va uni e’tiqodga aylantirish; - Ta’lim oluvchilar ongiga umuminsoniy qadriyatlami singdirish, ulami zamonaviy qadriyatlar ehtiyoj i - o‘zini yuqori tutish va viqor saqlash, oilaviy tantanalarda o‘zini ko'rsatishga urinish, xizmat vazifasidan shaxsiy maqsadlar uchun foydalanish kabi illatlarga murosasiz bo‘lish mhida tarbiyalab borish ulami yuqori axloq malakalari bilan qurollantirishning garovi bo ‘lib hisoblanadi. Umuman olganda, axloqiy tarbiya tarbiyaviy ishlar kompleksida yetakchi o‘rin tutadi. Kasb ta’limi muassasalarida talaba-yoshlarda axloqiy tarbiyani amalga oshirishda awalo axloqiy tushuncha va ishonch hissini yaratishdan boshlagan ma’qul. Chunki yoshlarda axloqiy tushuncha e ’tiqodlami tarkib toptirmay turib, axloqiy odatlami, xatti-harakat bilan bog‘liq malaka va odatlami hosil qilib bo‘lmaydi. Bunda asosan yoshlarga axloq-odob norma va qoidalari mazmuniga oid bilim berishga katta ahamiyat berish lozim. 0 ‘zbekiston Respublikasida chuqur keng koiam li islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda, zamon talablariga javob beradigan oliy ma’lumotli iqtisodchi mutaxassislami tayyorlashga ixtisoslashtirishgan uzluksiz iqtisodiy ta’lim tizimini shakllantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasning birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Biz qiyin sharoitda kelajagimiz poydevorini 126 qurih oldik. Bunga o‘mimizga keladigan yosh avlod qanday baho beradi, loyiha! arimiz, ishlarimizni taroziga solib ко‘rib nima deydi? Har birimiz rnana shu savolni dilga tugib mehnat qilishimiz lozim. Mening ishonchim komilki, 0 ‘zbekiston xalqi farovon turmush kechiradigan buyuk davlat bo‘ladi». Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling