zamon talablarida o‘tishi xalq ta’limi tizimida bir qator amaliyotga
tatbiq etilgan innovatsiyalarda ham ko‘rish mumkin.
Shu yo‘nalishda xalq ta ’limi tizimida ham sifatli ta’limni joriy
etish maqsadida barcha o‘qituvchilar
tushunadigan sodda va aniq
tilda “Dars muqaddas”, “0 ‘rgan-o‘rgat”, “SogTom muhit -
sogTom jamoa”, “Uzluksiz va uzviy” kabi bir qator innovatsiyalar
amaliyotga joriy etildi.
Yaxshi muallim quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi
lozim deb
hisoblaymiz:
— Q‘z fani bo‘yicha yaxshi kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi
— Dars jarayonida pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan o‘z o‘rnida samarali foydalana olishi;
— Darsga qo‘yilgan maqsadlarga erishishi, dars jarayonida har
bir o‘quvchining aqliy va m a’naviy
rivojlanishiga shart-sharoit,
imkoniyat yaratishi;
— har bir o ‘qituvchining qoTida qog‘oz va elektron shaklda
(fleshka, kompyuterda va boshqalar) fani bo‘yicha Davlat ta ’lim
standartlari, o‘quv dasturlari,
taqvim-mavzu reja, dars ishlanmasi
(konspekti) mavjud boTishi hamda o ‘qituvchi bular haqida puxta
bilimga ega boTishi lozim;
— har bir darsga mas’uliyat
bilan yondashib, puxta
tayyorgarlik
ko‘rgan
holda
mahoratini
oshirish,
elektron
darsliklardan unumli foydalanish muhim
Xalqimizning quyidagi donishmand naqliga amal qilish barcha
o‘rgan-o‘rgat jarayoni ishtirokchilariga tavsiya etiladi:
— Biladi, ko‘proq
bilishga intiladi - u olimdir, undan
o ‘rganmoq kerak.
— Bilmaydi, lekin bilmasligini
biladi - u umidli insondir, unga
o‘rgatmoq kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: