Axborot texnologtyalariuniversiteti mtgranova elvira aslam gvna, pozilova shahnoza xaydaraliyevna
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish. Migranova E.A. Pozilova Sh.X
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchi vazifa
Beshinchi vazifa: Pedagogning yana bir ijtimoiy vazifasini
aytib o‘tish lozim: bu jamiyat tomonidan yoshlar olamini yuqori avlod oldida ifodalashga vakolat berilgan shaxs vazifasidir. Professional pedagog boshqa hech kim bilmaydigan darajada bolalar, o‘smirlar, yigitlar va qizlarning fiziologik va ruhiy xususiyatlarini, ularning yosh davrlaridagi har tomonlama rivojlantirishning o‘ziga xoslikligi va imkoniyatlarini biladi. Shuning uchun ham, u jamiyat oldida yoshlar tarbiyasi haqida o ‘z kompetent fikrlarini bildirishga qodir va o‘z ishini bilgani uchun, tarbiya amaliyoti va nazariyasining dolzarb muammolari bo‘yicha jamoatchilik fikrini yaratishga m a’nan haqlidir. 172 Oltinchi vazifa: Nihoyat, pedagogning yana bir, sal kam eng asosiy ijtimoiy vazifalaridan biri - yoshlaming m a’naviy olamini aniq bir jamiyat tamoyillari va qadriyatlariga muvofiq shakllantirishdir. Aynan mana shu g‘oya ustida pedagog doimiy ish olib boradi, o ‘sayotgan yosh avlodga insonlaming m a’naviy, huquqiy, estetik tamoyillari va m e’yorlari asosida birga yashash bo‘yicha bilimlar va tushunchalar, e’tiqodlar va qoidalami shakllantirib boradi. Pedagog yoshlarda umuminsoniy qadriyatlar to ‘g‘risidagi tasavvurlami tarbiyalab, ulaming o‘z xulq-atvorlarini ushbu qadriyatlarga muvofiq boshqarishga, ezgulik va rahmdillik, sabrlilik, boshqalarga nisbatan hurmat va insonparvarlik tamoyillari asosida yashashni o‘rgatadi. Shunday qilib, pedagogning zamonaviy jamiyatdagi roli yuqorida sanab o‘tilgan uning ijtimoiy vazifalarida namoyon bo‘ladi. Haqiqatda esa ushbu vazifalar bir-biridan ajralmagan holda, majmuaviy k o ‘rinishda ifodalanib, hayotning turli tomonlari va hodisalarining murakkab aloqalarini aks ettiradi. Mustaqillik yillarida ta ’lim-tarbiya sifati va samaradorligini zamon talablari darajasiga ko‘tarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda ustuvor vazifa sifatida sifatli taiim -tarbiya berish, ta’limning samaradorligini oshirish masalasi qo‘yildi.. Mamlakatimizda butun dunyoda noyob deb tan olingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” amalga oshiriknoqda. Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishi barcha ta iim muassasalarida taiim -tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni talab etmoqda. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling