Kar bolalar maxsus maktab Internati aniq va tabiiy fanlar uslub


Download 15.51 Kb.
Sana25.03.2023
Hajmi15.51 Kb.
#1295753
Bog'liq
3 CHORAK


Kar bolalar maxsus maktab
Internati aniq va tabiiy fanlar uslub
Birlashmasi 3-chorak davomida
bajarilgan ishlari
H I S O B T I
O’sib kelayotgan yosh avlodga to’g’ri va sifatli ta’lim tarbiya berish barchamizning muqaddas va oily burchimizdir.
Bizning aniq va tabiiy fanlar uslub birlashmasida 10 nafar oily ma’lumotli pedagog kadrlar faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Barchamizga ma’lumki yanvar, fevral va mart oylari aniq va tabiiy fan oylari hisoblanib, bu borada 45 soat ochiq darslar rejalashtirildi.Tuzilgan ochiq darslar o’quvchilar o’rtasida turli o’yinlar va musobaqali tarzda olib borildi.
Yanvar oyi uchun 5 soat, fevral oyi uchun 24 soat, mart oyi uchun esa 16 soat ochiq darrslar bolib otdi.
Kimyo biologiya fan oyliklari yanvar oyining oxirgi o’n kunligida ochiq darslar asosida o’tkazildi.Fevral oyida 1 soat Mingboyeva Sh.ning 7- fevralda 6- a sinfda ,,Havo harorati’’mavzusidagi ochiq darsi kasallik varaqasida bo’lganligi sababli o’tilmay qoldi.Qolgan ochiq darslar monitoring guruhi a’zolari nazorati ostida o’tib borildi.11-fevral 7-a sinfda informatika fani o’qituvchisi Kolonov.Q.ning ,,Chaqqon barmoqchalar’’mavzusidagi musobaqasi o’tkazildi.Musobaqa har ikkala guruh o’quvchilari intarnetda ishlashni ta’minlovchi dasturlarni qanchalik tez joylash va izlab toppish uchun oz barmoqchalarining tezkorligi,chaqqonliklarini sinab ko’rishdi.Bu dars jarayonida har ikki guruh o’quvchilari ham faol ishtirok etishdi.Yana shunday musobaqali ochiq dars Egamberdiyeva.B.tomonidan 21- fevral 7-b sinfda 1- soat tashkillashtirildi.,,Eslab qol’’shiorini o’zlariga qurol qilib olgan o’quvchilar,masalalarni tenglamalar yordamida yechish mavzusini yoritish orqali o’zlarini sinab ko’rishdi.Bu darsda 2- guruh o’quvchilari faol ishtirok etib,g’oliblikni qo’lga kiritishdi.
Mart oyi uchun ham rejalashtirilgan ochiq darslar o’qituvchilar tomonidan o’z vaqtida o’tib borildi.Maktab internatimiz tomonidano’tkazilgan ,,Navro’z’’bayrami tadbirlarida uslub birlashma a’zolari o’ hissalarini qo’shishdi.
3-chorak davomida bo’lib o’tgan ochiq darslar hisobotiga keladigan bo’lsak.30- yanvar Mingboyeva.Sh.ning 6-a sinfda ,,Vulqon maketini yasash’’ amaliy darsini kuzatdim.Darsda o’quvchilar bilan qog’ozdan vulqon maketi yasaldi va istemol sodasi bilan istemol sirkasidan vulqon sifatida foydalanildi.
5-a sinfda Bobobekov.B.ning ,,Yutuqlaringizni tekshirib ko’ring’’mavzusidagi ochiq darsi bo’lib o’tdi.O’tgan darslarda o’quvchilar o’rgangan misol va masalalarini
Qanchalik eslab qolganliklarini tekshirib ko’rishdi.15-fevral Begimqulova.A.ning
7- b sinfda ,,Janubiy Amerika’’ mavzusidagi ochiq darsini kuzatdim.Dars davomida o’qituvchi juda faol bo’ldi shunga ko’ra o’quvchilar diqqat etiborini ham jalb qila oldi.O’tilgan mavzuga oid so’zlar musobaqasi,yangi mavzu uchn esa Janubiy Amerikada yashovchi hayvonlar va o’simliklar nomini tarqatma materiallar otqali nomma nom ajratib mavzu mustahkamlab oindi.Bundan tashqari Bo’tayev Abrorning 17- fevral 4-a sinfda ,,Neft va gaz’’ mavzusidagi ochiq darsi bo’ldi.Darsda ko’rgazmalar va vidiyeoroliklardan unumli foydalanildi.Neft va gazni nimalarga ishlatishimiz mumkinligini tarmoqlarga bo’lib ko’rsatib berdi.
Kimyo,biologiya,fizika darslarida ham o’qituvchilar amaliy darslardan unumli foydalanib,o’quvchilar bilan birgalikda tajribalar sinovlar olib bormoqdalar.
Bunga misol qilib Mingboyev U.ning darslarda turli tajribalardan foydalanayotganligini va Hazratqulova N.ning ,,Barglar’’mavzusidagi amaliy o’tilgan ochiq darsi ham e’tiborga molik.
Bundan tashqari maktab internatimizda har oyda amalga oshirib kelinayotgan imo-ishora bo’yicha berilgan mavzular uslub birlashma a’zolari tomonidan vidiyeorolik ko’rinishida taqdim etildi.
3-chorakda namunali dars sifatida Begimqulova A va Bo’tayev A.larning darslari tanlab olindi.Qolgan darslar yaxshi o’tilgan darslar sifatida qabul qilindi.Bizning uslub birlashmada qoniqarsiz darslar kuzatilmadi.Barcha o’qituvchilar darslarda faol deb tahlil qilindi.
4-chorakda ham uslub birlashmamiz ochiq darslar va turli musobaqali darslar o’tishni reja qilib oldi.

ANIQ VA TABIIY FANLAR USLUB


BIRLASHMASI
III-CHORAK HISOBOTI
Download 15.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling