7-ma’ruza. Mavzu: ms excel dasturida statistik tahlil masalalarini yechish. Muhandislik masalalarini yechishda qoʻllaniladigan funksiyalar


Download 73.73 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi73.73 Kb.
#1198490
Bog'liq
7-ma\'ruza


7-ma’ruza.
Mavzu: MS Excel dasturida statistik tahlil masalalarini yechish.


Muhandislik masalalarini yechishda qoʻllaniladigan funksiyalar
MS Excel dasturida standart holatda kiritilgan funksiyalar mavjud boʻlib, matematik, statistik, mantiqiy, trigonometrik, logorifmik, moliyaviy va shu kabi bir qancha funksiyalar ularga misol boʻla oladi.
Oddiy matematik va statistik funksiyalar
МИН(Min), МАКС (Max)
Ushbu funksiya berilgan diapozon boʻyicha eng katta yoki eng kichik qiymatni aniqlash uchun foydalaniladi. Har bir formula yozilishidan avval “=” belgisi qoʻyiladi. Ushbu funksiyaning umumiy koʻrinishi quyidagicha yoziladi:
=МИН(1-son; 2-son; ... ; N-son) 
=МАКС(1-son; 2-son; ... ; N-son)

7.1-rasm. Мин funksiyasining qoʻllanilishi
СРЗНАЧ (Average) – ushbu funksiya berilgan diapozon boʻyicha sonlarning oʻrtacha qiymatini hisoblaydi.
СРЗНАЧ(1-son; 2-son; ... ; N-son)
СТЕПЕНЬ (Power) – ushbu funksiya berilgan sonni yoki ma’lum katakchadagi qiymatni darajaga koʻtaradi.
СТЕПЕНЬ(son; daraja)
СУММ (Sum) - ushbu funksiya berilgan diapozondagi sonlarning umumiy yig’indisini hisoblaydi.
=СУММ(1-argument; 2-argument; ... ; N-argument)
СЧЁТ(Count) - ushbu funksiya berilgan diapozon boʻyicha sonli qiymatlar mavjud boʻlgan katakchalar sonini hisoblaydi.
СЧЁТ(1-argument; 2-argument; ... ; N-argument)
ПРОИЗВЕД (Product) - ushbu funksiya berilgan diapozon boʻyicha sonli qiymatlarning koʻpaytmasini hisoblaydi.
ПРОИЗВЕД(1-argument; 2-argument; ... ; N-argument)
СУММЕСЛИ (Sumif) - Ba’zi holatlarda shunchaki berilgan diapozondagi qiymatlar yig’indisini hisoblabgina qolmasdan, balki berilgan ma’lum bir shartni qanoatlantiradigan qiymatlarni hisoblash talab etiladi. Bunday hollarda СУММЕСЛИ (Sumif) funksiyasidan foydalanish tavsiya etiladi.
СУММЕСЛИ(diapozon; shart; [qoʻshiluvchilar diapozoni])
Bu yerda:

  • Diapozon- tekshirilayotgan diapozon boʻlib, har bir katakcha berilgan shart boʻyicha tekshiriladi.

  • Shart - qiymatlar yig’indisini hisoblash uchun berilgan shart. Agar taqqoslash amali kerak boʻlib qolsa, u holda “mantiqiy ifoda” chap operandsiz koʻrsatiladi va qoʻshtirnoq ichiga olib koʻrsatiladi. (masalan, ">=50" - 50 dan katta boʻlgan barcha qiymatlar yig’indisini hisoblaydi). Shuningdek, ushbu holatda matnli (masalan, “monitor” — “monitor” soʻzi qatoriga tegishli barcha qiymatlar yig’indisini hisoblaydi, 7.2-rasm) va sonli (masalan, 100 — 100 qiymatiga tegishli boʻlgan qiymatlar yig’indisini hisoblaydi) qiymatlarda ham foydalanish mumkin

  • qoʻshiluvchilar diapozoni - ushbu argument qoʻshiluvchilar diapozonini berish uchun foydalaniladi.


7.2-rasm. СУММЕСЛИ funksiyasining qoʻllanilishi
СЧЁТЕСЛИ (Countif) – ushbu funksiya СУММЕСЛИ funksiyasiga oʻxshash boʻlib, ushbu funksiya orqali berilgan shart boʻyicha katakchalar sonini hisoblaydi.
Agar СУММЕСЛИ(A1:A10; ">10") formulasi yozilsa, u holda berilgan diapozon boʻyicha 10 dan katta boʻlgan barcha qiymatlar yig’indisini hisoblaydi. Agar СЧЁТЕСЛИ(A1:A10; ">10"), u holda 10 dan katta qiymatlarga ega boʻlgan katakchalar soni hisoblanadi.
Sintaksis:
СЧЁТЕСЛИ (diapozon; shart)
Ushbu koʻrsatilgan misolda “monitor” soʻzi bilan boshlangan katakchalar sonini hisoblaydi. Agar shunday vaziyatlarda berilgan shart, ya’ni bizning misolimizda “monitor” soʻzidan keyin qoʻshimcha matnlar mavjud boʻlsa, u holda “monitor” soʻzidan keyin * belgisi qoʻyiladi (“monitor*” kabi).


7.3-rasm. СЧЁТЕСЛИ funksiyasining qoʻllanilishi
Download 73.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling