Axborot tizimining funksional modeli mohiyatini tushuntiring 33 Javob
Tizim uchun tarixiylik qonuni nimani anglatadi?
Download 75.6 Kb.
|
Axborot tizimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19.Tizimning iyerarxiklik xususiyati haqida ma’lumot bering. Javob: 20.Tizimli tahlil nima Javob: Tizimli tahlil
- 21.Tizimli yondashuv deganda nima tushuniladi Javob
18.Tizim uchun tarixiylik qonuni nimani anglatadi?
Javob: Tarixiylik qonuni – tizimning ma’lum vaqt davomida rivojlanishi va o‘sishini o‘zida akslantiradi. Istalgan tizim uchun qayta ishlash, tatbiq etish, ekspluatatsiya qilish va ekspluatatsiyadan chiqarish bosqichlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Keyingi yillarda tizimning tarixiylik qonunini hisobga olish lozimligi masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, sistemotexnikada murakkab texnik komplekslarini loyihalash chog‘ida ularni yaratish, qayta ishlash va rivojlantirish masalasi bilan birga vaqti kelib uni yo‘qotish masalasi ham birga ko‘riladi. Bunga o‘zida yadro moslamalarini saqlovchi aviatsion texnikalarni misol keltirish mumkin. Tizimning tarixiylik qonuni zamirida uning komponentlari orasidagi ichki ziddiyatlar yotadi. Har bir tizimning o‘ziga xos shakllanish, rivojlanish, tanazzulga ushrash va hattoki o‘lish davri bor, xususan buni biologik tizimlarda yaqqol kuzatish mumkin. Aynan texnik yoki tashkiliy tizimlar uchun ularning rivojlanish davrini aniqlash anchagina qiyin masala hisoblanadi. 19.Tizimning iyerarxiklik xususiyati haqida ma’lumot bering. Javob: 20.Tizimli tahlil nima? Javob: Tizimli tahlil deganda – murakkab tizimni har tomonlama ichki va tashqi aloqalarini tizimli o‘rganish tushuniladi. Murakkab tizimlarni boshqarish muammosi, qaror qabul qilish muammosi tizimli tahlilning asosiy mohiyatini tashkil etadi. Bu muammoni muvaffaqiyatli hal qilish uchun boshqaruv obyekti – tizimni o‘rganish, shuningdek boshqarish maqsadini belgilash – tizimning zarur (maqsadga muvofiq bo‘lgan) holatini, ya’ni u intilishi lozim bo‘lgan holatni aniqlash lozim. 21.Tizimli yondashuv deganda nima tushuniladi? Javob: Tizimli yondashuvsiz hozirgi paytda yuqori professional faoliyatning birorta ham sohasi mavjud bo‘la olmaydi. Bugungi kunda tizimli yondashuv bilishning barcha sohalarida qo‘llanadi. Misol uchun texnik fanlarda tizimli texnika, menejmentda – boshqaruv tizimlari, biologiyada – biotizimlar va ularning tuzilmali pog‘onalari, sotsiologiyada – tuzilmaviy-funksional yondashuvning imkoniyatlari, tibbiyotda – murakkab kasalliklarni (kollagenozlar, tizimli vaskulitlar va hokazo) keng profilli terapevtlar (tizimli vrachlar) tomonidan tizimli davolash to‘g‘risida gap ketadi. Tizimli tahlil an’anaviy tarzda iqtisodiyotda (rejalashtirish, boshqarish), siyosatda (strategik yechimlarni ishlab chiqish), texnik fanlarda (ixtirochilik), moliyaviy sohada (brokerlik faoliyati) qo‘llaniladi. Tizimli yondashuvni fanda qo‘llash, shuningdek, boshqa bilim sohalaridagi xususiy tizimli nazariyalarning muvaffaqiyati, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va axborot tizimlarining inson faoliyatining barcha sohalariga kirib borishi bilan tezlashtiriladi. Tizimli tahlilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bir qator muhim omillarga olib keladi: Birinchidan, real vaziyatlarni tadqiq qilish va ularning modelini qurishdagi muhim bosqich barcha mutaxassisliklar uchun umumiy hisoblanadi. Ikkinchidan, birinchi navbatda murakkab tizimlarni loyihalash, shuningdek amaliy matematika bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir muhandis-mutaxassisliklar uchun tizimli tahlil yaqin kelajakda asosiy profilli kurslarga aylanishi shubhasizdir. Uchinchidan, bir qator mamlakatlardagi amaliy tizimli tahlil amaliyoti shu narsani isbotlaydiki, bunday faoliyat so‘nggi yillarda ko‘pchilik mutaxassisliklar uchun kasbga aylanmoqda va rivojlangan mamlakatlarning ba’zi bir universitetlarida ana shunday mutaxassislarni tayyorlash boshlab yuborilgan. To‘rtinchidan, tizimli tahlilni o‘qitish uchun qulay muhit bo‘lib oliygohni bitirgandan keyin ishlab chiqarishda bir necha yil ishlagan va o‘z tajribasida real hayotiy muammolar bilan ish ko‘rish oson emasligini sinab ko‘rgan mutaxassislar malakasini oshirish kurslari hisoblanadi. Tizimli yondashuv insoniyatning sermahsul intellektual ixtirolari qatoriga kiradi va uni qo‘llashsiz deyarli hech qaysi sohada muvaffaqiyatli professional faoliyat olib borib bo‘lmaydi. 22.Tizimli tahlil qayerlarda qo„llaniladi? Download 75.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling