Axborot tizimining funksional modeli mohiyatini tushuntiring 33 Javob


Aristotel tizimga qanday ta‟rif bergan?


Download 75.6 Kb.
bet4/10
Sana03.02.2023
Hajmi75.6 Kb.
#1149304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Axborot tizimlari

10.Aristotel tizimga qanday ta‟rif bergan?
Javob: Aristotel tizimni “u o‘zining qismlaridan taskil topgan butunlik” deb tushuntirgan bo‘lsa, falsafaning boshqa bir sahifalarida uni “butun va uning o‘zining qismlari orasidagi munosabat” deb talqin etilganligini ko‘rish mumkin.
11.Tizimning elementi va qismiy tizim deganda nima tushuniladi?
Javob: Tizimning elementi deganda, kelishilgan qoidaga muvofiq, tizimning bo‘linmas bir bo‘lagi tushuniladi. Boshqacha aytganda, element tizimning bo‘linish chegarasi yoki qismiy birligi bo‘lib xizmat qiladi.Tizim tarkibiga kiruvchi har qanday elementning o‘zi ham mustaqil tizim sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Qismiy tizim (tizim osti) deganda o‘zida tizimning barcha xossalarini saqlagan, muayyan bir guruh elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan ichki tizim tushuniladi.
Bir tizim tarkibida bir yoki bir nechta qismiy tizim hamda alohida ko‘rinishdagi avtonom elementlar bo‘lishi mumkin.
12.Tizimning strukturasi va holati tushunchalariga izoh bering.
Javob: Tizimning strukturasibu tizimdagi elementlar, ularning muayyan tartibdagi joylashuvi hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar majmui bo‘lib, u tizimning mavjudligini va tavsifini ifoda etuvchi asosiy tushuncha bo‘lib xizmat qiladi.
Tizimning strukturasi grafik, matritsa, graf, iyerarxik7 tarzda hamda strukturani modellashtirishga mo‘ljallangan boshqa tillarda tasvirlanishi mumkin.
Tizimning holati – tizimning oniy vaqtdagi mavjud xossalar to‘plami bo‘lib, u tizim tarkibidagi barcha o‘zgaruvchilarning shu oniy lahzadagi qiymatlarini ifodalaydi.
13.Tizim uchun aloqa tushunchasi nimani anglatadi?
Javob: Tizimda aloqa deyilganda, tizim elementlarining tashqi muhit bilan va ichki muhitdagi o‘zaro axborot almashinuvi yoki ta’siroti tushuniladi.
Tizim o‘zining tuzilishi va maqsad-mohiyatiga ko‘ra statik hamda dinamik xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Aloqa tizimning xuddi shunday xususiyatlarini tavsiflashda foydalaniladigan va hattoki tizimni ta’riflashda ham kuchli ishtirok etadigan asosiy tushunchalardan biri sanaladi.
Tizim elementlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarninng yuzaga kelishi tizimning yangi sifat ko‘rinishini ham hosil qiladi. Tizimda aloqa quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
1) yo‘naltirilgan va yo‘naltirilmagan aloqa;
2) kuchli va kuchsiz aloqa;
3)tashqi va ichki aloqa;
4)to‘g‘ri va teskari aloqa.

Download 75.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling