Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari D.J.Xo`jaqulova va Sh.F.Fatilloyevlar tomonidan tayyorlangan “Qizilqum fosforiti asosida olinadigan azotfosfor saqlagan murakkab oʻgʻitlar xossalarini oʻrganish” (Изучение свойств азотно-фосфорсодержащих комплексных удобрений, полученных на основе красного фосфорита)” nomli monografiyaga
TAQRIZ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan PF-4947-sonli Farmon bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi” ning uchinchi ustuvor yoʻnalishida yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘chirish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish belgilab berilgan edi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-may 2019-yilda boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, joriy yilning 30-aprel kuni hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi boʻyicha yigʻilishda mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Monografiyada ammiakli selitraning gigroskopikligini oldini olish uchun unga turli xil qo`shimchalar qo`shilishi tadqiq qilingan. Monografiya ishida qo`shimcha sifatida Qizilqum fosforit kombinatidagi boyitilmagan va past navli fosforitlar olingan va natijalar tahlili olib borilgan.
Umumiy qilib xulosa qilinganda monografiya barcha talablarga to`liq javob beradi. Monografiyani tahlil qilishda chet el va yangi adabiyotlar chuqur o`rganilmagan, lekin ular monografiyaning umumiy ahamiyatiga ta’sir qilmaydi. Monografiya chop etishga tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |