Axborot tizimining funksional modeli mohiyatini tushuntiring 33 Javob


Tizim tushunchasi va uning asosiy xususiyatlarini tushuntiring


Download 75.6 Kb.
bet2/10
Sana03.02.2023
Hajmi75.6 Kb.
#1149304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Axborot tizimlari

3. Tizim tushunchasi va uning asosiy xususiyatlarini tushuntiring
Javob: Tizim so‘zi yunoncha “σύστημα” so‘zidan olingan bo‘lib, u o‘zbek tilida “butun”, “qismlardan tuzilgan” “bog‘langan” degan ma’nolarni anglatadi.
Tizimlar umumiy nazariyasi - bu ilmiy yo‘nalish bo‘lib, ishlab chiqarish, tabiati murakkab tizimlar tahlili va sintezining bir talay falsafiy, uslubiy, ilmiy muammolarini o‘rganadi.
Tizimning xususiyatlari quyidagilar sanaladi: elеmеntlar murakkabligi, maqsadga qaratilganligi, turli-tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, bo‘linishligidir.
Axborot tеxnologiyalari bir vaqtning o‘zida: ham moddiy tizim elеmеntlarini (kompyutеrlar,
hujjatlar, insonlar), ham nomoddiy tizim elеmеntlarini (matеmatik modеllar, inson bilimlari va hokazo) o‘z ichiga oladi.
Tizim_qismlarni_ko‟p_tamoyilligi_va_ularni_o‟zaro_faqlanishi_mohiyati_5.Tizim_nima_va_u_atama_sifatida_qanday_ma‟nolarni_anglatadi_Javob'>4. Tizim qismlarni ko‟p tamoyilligi va ularni o‟zaro faqlanishi mohiyati
5.Tizim nima va u atama sifatida qanday ma‟nolarni anglatadi?
Javob: XIX-XX asrlarga kelib tizim tushunchasiga nisbatan ilmiy yondashuvlar ta’sirida zamonaviy dunyoqarashlar bilan yangicha ta’riflar kiritildi.
Tizim – o‘zaro bir-biri bilan hamda tashqi muhit bilan muayyan qonuniyat asosida aloqada bo‘lgan elementlar majmuasidir.
Tizim – o‘zining belgilari bilan o‘zaro aloqador predmatlar to‘plamidir
Tizim – bu qismlari muayyan qonuniyat bilan joylashgan va o‘zaro aloqada bo‘lgan shunchaki butunlikdir.
Tizim – bu o‘zgartirish yoki shakl almashtirishlarning bir qiymatliligini ta’minlovchi o‘zgaruvchilar ro‘yxati bo‘lib, u moddiy narsa emas.
Tizim – bu qismlarining doimiy o‘zaro ta’siroti natijasida bir butunlikni egallagan shakldir
Tizim – bu o‘zaro bir-biri bilan ixtiyoriy dinamik aloqada bo‘lgan elementlar majmuidir.
Tizim – bu kuzatilayotgan obyekt belgilari va uning xossalari o‘rtasidagi formal o‘zaro bog‘liqlikdir.
6. Moddiy va mavhum tizimlarni tushuntiring va ularga misollar keltiring.
Javob: Tizimlarni turli bеlgilarga ko‘ra turkumlarga ajratish mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavhum bo‘lishi mumkin (mavhum – inson ongi mahsuli).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy obyеktlar to‘plamidan tashkil topadi. O‘z navbatida moddiy tizim anorganik (mеxanik, kimyoviy) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi.
Moddiy tizimlarda asosiy o‘rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir.
Mavhum tizimlar inson ongining mahsuli bo‘lib, har xil nazariyalar, bilimlar, gipotеzalardan
iborat.

Download 75.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling