32.Sonli ma‟lumotlar haqida gapirib bering.
Javob: Sonli ma’lumotlar. Bunday turdagi ma’lumotlarga faqat sonlar misol bo‘ladi. Axborotlar tizimi foydalanuvchilari uchun bunday ma’lumotlar faqat o‘lchami (raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati katta.
33.Mantiqiy ma‟lumotlar haqida gapirib bering.
Javob: Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma’lumotlar bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) “1”yoki FALSE (yolg‘on) “0”qiymatlarini qabul qiladi.
Ulardan tizimda ko‘zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror obyektning holatini ko‘rsatishda foydalanish mumkin. Masalan, “lampa yoniq” (TRUE) yoki “lampa o‘chirilgan” (FALSE). Mantiqiy ma’lumotlarning informatikadagi ahamiyati beqiyos ekanligini informatika kursidan yaxshi bilasiz.
Kundalik hayotda ancha murakkab to‘zilishga ega bo‘lgan ma’lumotlar ombori bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma’lumotlarga ko‘ra ular turli ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin.
34.Iyerarxik,tarmoqli, relyatsion tizimlar haqida gapirib bering.
Javob: Ma’lumotlami uch xil ko‘rinishda ifodalash mumkin: iyerarxik (shajaraviy), tarmoqli va relyatsion (jadvalli).
Iyerarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo‘lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko‘rib» chiqiladi. lyerarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruhda biror element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo‘ladi. Kerakli elementni tanlash ma’lum ketma-ketlikda olib boriladi.
Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning iyerarxik modeli deyiladi.
Ma’lumotlarning iyerarxik modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning iyerarxik ombori deyiladi.
Ma’lumotlarning iyerarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning iyerarxik tizimi deyiladi.
Tarmoqli tizim. Tarmoqli tizim iyerarxik tizimga nisbatan ancha qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma’lumot (fayl) lar o‘rtasida ko‘p yo‘nalishli aloqalami o‘rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma’lumot (fayl)ni shajaraning yuqori sathlaridagi fayllarga murojaat qilmasdan topish imkonini beradi. Masalan, do‘kondagi mahsulotlar jadvali bilan mahsulotlar narxijadvallari orasida alohida bog‘liqlik o‘rnatilib, u kerakli mahsulot narxini topish imkonini beradi.
Bir pog‘onadagi ma’lumotning boshqa pog‘onadagi ma’lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog‘lanadigan turiga ma’lumotlarning tarmoqli modeli deyiladi.
Ma’lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning tarmoqli tizimi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |