Axborot tizimining funksional modeli mohiyatini tushuntiring 33 Javob


Download 75.6 Kb.
bet5/10
Sana03.02.2023
Hajmi75.6 Kb.
#1149304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Axborot tizimlari

14.Tizim qanday belgilariga qarab tasniflanadi?

Javob: Tizim tasniflari


Tizimlar turli belgilariga qarab tasniflanadi (sinflarga ajratiladi) va bu belgilar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
1)obyekt turiga ko‘ra: texnik, biologik, iqtisodiy, matematik, fizik, kimyoviy va hk;
2)tipiga ko‘ra: ochiq va yopiq;
3)o‘zini tutishi va strukturasining murakkabligiga ko‘ra: sodda va murakkab;
4)tashkil qilinganlik darajasiga ko‘ra: yaxshi tashkil qilingan, yomon tashkil qilingan hamda o‘zini o‘zi tashkillashtiruvchi.
5)tasvirlashning formal apparati turiga ko‘ra: determinatsiyalangan (aniqlangan) va stoxastik;
15.Tizim uchun qism va butun orasidagi o’zaro ta’sir qonunlari haqida ma’lumot bering.
16.Tizimning qanday xususiyatlari 2-guruhdagi qonuniyatlar orqali ifodalanadi?

Javob: 2-guruh qonunlari


G2.1. Kommunikativlik qonuni. Bu qonun tizimning o‘zidan yo yuqori turgan, yo quyi turgan tizim bilan yoki bevosita tashqi muhit bilan aloqa qilishi bilan bog‘liq kommunikatsiyalar to‘plamini ifodalaydi.
* * *
G2.2. Iyerarxiklik qonuni. Iyerarxiklik – tizim qurilishining fundamental qonuni bo‘lib, bunda tizimning yaxlitlik xossasi iyerarxiyaning har bir pog‘onasida mavjud bo‘ladi.
17.Ekvifinallik va “muqarrar xilma-xillik” qonunlari mohiyatan nimani ifodalaydi?
Javob: Ekvifinallik qonuni. “Ekvifinallik” terminini dastlab ochiq tizimlarning qonuniyat- larini ifodalash uchun L. fon Bertalanfi fanga olib kirgan. Ekvifinallik – bu tizimning vaqtga yoki boshlang‘ich shartlarga bog‘liq bo‘lmagan holda muayyan bir holatga erishganlik usuli bo‘lib, bu usulda tizimning xususiyati uning parametrlaridan istisno holatda aniqlanadi.
Ekvifinallik qonuni hozirgacha ham to‘liq o‘rganilmagan qonunlar turkumiga kiradi va quyidagi bir nechta savolga javob berish kerak bo‘ladi:
1)tizimning aynan qaysi parametrlari uning ekvifinallik xususiyatini ta’minlaydi;
2)bu xususiyat qanday ta’minlanadi?
3)tashkiliy sistemalarda bu ekvifinallik qonuni qanaqa ko‘rinishda namoyon bo‘ladi va hk.
* * *
Muqarrar xilma-xillik” qonuni. Bu qonunni fanga birinchi marta U.R.Eshbi kiritgan bo‘lib, u ba’zan “taribsizlik” qonuni deb ham yuritiladi. “Muqarrar xilma-xillik” tushunchasi kibernetika va tizimlar nazariyasining fundamental tushunchalarudan biri sanaladi. Xilma-xillik tizimning miqdoriy xarakteristikasi bo‘lib, Eshbi tizimning murakkabligini uning xilma-xillik xususiyatlari bilan bog‘laydi. Eshbi bu qonuniyat bilan tizim uchun asosiy boshqaruv tamoyilini shakllantirdi.
Bu qonunning mohiyati quyidagicha: tizimda boshqaruvchi qismiy tizimlar bilan bir vaqtda boshqariluvchi qismiy tizimlar ham mavjud bo‘lib, ularning o‘zini tutish qobiliyatlari ham turlicha bo‘lsin. Bunday holda boshqaruvchi qismiy tizimlarning xilma-xilligi boshqariluvchi qismiy tizimlarning xilma-xilligidan kichik bo‘lmasligi lozim. Boshqacha aytganda, boshqaruvchi qismiy
tizim boshqariluvchi qismiy tizim (obyekt)dan ko‘ra murakkab bo‘lishi kerak. Aks holda tizimda boshqaruvchanlik qobiliyati yaxshi emas va u boshqaruv masalalarini hal etolmaydi, deb qaraladi. Eshbi bu qonuniyatga “xilma-xillikni xilma-xillik yengadi” shiori ostida yondashadi.


Download 75.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling