Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Sanoatda va iqtisodiyotda axborot tizimlari
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
Sanoatda va iqtisodiyotda axborot tizimlari
Axborot texnologiyalarini sanoat, savdo, bank ishi sohalariga tadbiq etish birinchi navbatda axborot tizimlarini yaratish yo„li bilan rivojlandi. XX asrning 60-yillarida yuzaga kelgan KABT (korxonalarni avtomatik boshqarish tizimi) o„nlab yillar mobaynida «og„izda» bo„ldi. Ammo, kompleks avtomatlashtirish bosh muammosi hal qilinmadi, lekin bunday tizimlarni ishlab chiqish malakasi jamlandi. Axborot texnologiyalarini zamonaviy darajada tijoratni boshqarish sohasiga tadbiq qilish masalalarini yecha oladigan malakali kadrlar tayyorlandi. KABTni loyihalashda standartlashtirish, moslik masalalari hisobga olinmadi. Bu zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilishni qiyinlashtirdi va o„zgartirishlar kiritishga katta mablag„ talab qildi. Hozirgi kunda predmet sohasining turliligiga qaramasdan, zamonaviy standartlar va korporativ axborot texnologiyalari printsipiga asoslangan korporativ axborot tizimlari (KAT) keng tarqalgan. KAT yordamida yechiladigan masalalarni uch sinfga bo„lish mumkin: standart buxgalteriya va statistik hisobot asosida olinadigan hisobot ko„rsatkichlarini shakllantirish (soliq xizmati, statistika, investorlar va h.k.); yuqori agregirlangan ko„rsatkichlar asosida tijoratni rivojlantirish bo„yicha boshqaruvning strategik qarorlarini ishlab chiqish; tarkib bajarilishining turli tomonlari tavsiflarini ifodalovchi yuqori detallashtirilgan ko„rsatkichlar asosida tezkor boshqaruvga yo„naltirilgan taktik qarorlarni ishlab chiqish. KATni tadbiq etishda asosiy qiyinchilik diagnostika hisoblanadi. Bu yerda uch bosqichni ajratish mumkin: tizimli tahlil va mavjud tarkib hamda boshqaruv texnologiyasini baholash; axborot texnologiyalari asosida boshqaruv tizimi va tashkillashtirish tarkibining yangi usullarini ishlab chiqish; boshqaruvni qayta tashkillashtirish holati, tadbiq qilish rejasi, boshqaruv hujjat almashinuvi reglamenti (loyihasi)ni ishlab chiqish. KATni shartli ravishda adadli (tirajli), yarim buyurtmali va buyurtmaliga bo„lish mumkin. Adadli KATlar ishlab chiquvchi tomonidan qayta ishlashni talab qilmaydi va o„zgartirishlar kiritish imkonini bermaydi. Bunday tizimlar kichik korxonalar uchun mo„ljallangan. www.ziyouz.com kutubxonasi 70 Yarim buyurtmali tizimlar buyurtmachi talablariga javob beradi va kichik kapital xarajatlarni talab qiladi. Ularning asosiy qo„llanilish sohasi katta korxonalar (tijorat jarayon zanjirida beshtadan ortiq kishi va oyiga yuzlab hujjatlar). Buyurtmali tizimlar hozirgi axborot texnologiyalari darajasida o„tmishga ketdi, ular ishonchli emas, qabul qilingan standartlar talablariga mos kelmaydi, qiyinchilik bilan takomillashtiriladi. Ularning asosiy qo„llanilish sohasi – juda katta maxsus ishlab chiqarish korxonalari. Hozirgi kunda korporativ tizimlar bozorida ko„p sonli chet el ishlanmalari taklif qilinmoqda. KATlar moliyani, xodimlarni, zaxiralarni, ta‟minotni va ishlab chiqarishni boshqarishda, texnik xizmat ko„rsatishda, rejalarni boshqarishda keng qo„lanilmoqda. Bank faoliyatini axborotlashtirishda ikki asosiy yo„nalishni ajratish mumkin: tezkor axborotni kiritish va tiklash masalasini axborotlashtirish, standart hisobni olish (korxona BBBT asosida OLTP-On-Line Tranzaction Processing – tizimlar); yuqori darajali tahliliy masalalarni axborotlashtirish (bank faoliyati tahlili, tavakkalli boshqarish va h.k.). Birinchi holatda korxonaning berilganlar bazasini boshqarish tizimlari asosidagi OLTP-tizimlar deb nomlanuvchi tizimlardan foydalanadi. Ikkinchi holatda axborotlarni saqlash (Data Warrehouse) texnologiyasi va tezkor tahliliy (analitik) ishlov berish ilovalari OLAP (On-Line Analytic Processing) ishlatiladi. KATlardan tashqari, boshqaruvning alohida funksiyalarini bajaruvchi alohida dasturiy tizimlar ham mavjud: Buxgalteriya dasturlari: 1S: Buxgalteriya, BEST, Parus, Turbo- buxgalter, Info-buxgalter; Savdoni avtomatlashtirish tizimlari: 1S: Torgovlya, Parus, BEST 4, Folio; Axborot-ma‟lumot tizimlari: Garant, Konsultant, Plyus, Kodeks; Tijorat-loyihalash uchun dasturlar: Triumf-analitik, Project Expert, Microsoft Project; Ombor hisobini avtomatlashtirish tizimlari: 1C: Sklad, Folio, BEST, Parus; Hujjat almashinuvini avtomatlashtirish tizimlari: Delo, Lotus Notus, 1S: Dokumentooborot. www.ziyouz.com kutubxonasi 71 KATni qurish jarayonida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari (TJABT) alohida ko„riladi. Hozirgi kunda TJABT sohasida quyidagi tamoil (printsip)larga asoslangan ochiq tizimlar konsepsiyasi asosiy hisoblanadi: pastdan yuqoriga turli ishlab chiqaruvchi firmalar dasturiy- apparat vositalarining mosligi; buyurtmachi yo„naliishi asosida jo„natuvchi firma stendida barcha tizimni kompleks sozlash va tekshirish. Ko„pgina hollarda TJABT ikki darajali boshqaruv tizimini ifodalaydi. Quyi daraja boshqaruv obyektidan to„g„ridan-to„g„ri keluvchi axborotga birlamchi ishlov beruvchi nazoratchilarni o„z ichiga oladi. Nazoratchilarning dasturiy ta‟minoti odatda rele-kontaktli sxemalar tili kabi texnologik tillarda amalga oshiriladi. Yuqori darajani barcha kelayotgan axborotlarni saqlovchi, tahlil qiluvchi va ishlov beruvchi hamda operator bilan muloqotda bo„lishni ta‟minlovchi, ma‟lumotlar omborlari va ishchi stantsiyalar vazifalarini bajaruvchi kuchli kompyuterlar tashkil qiladi. Yuqori darajaning asosiy dasturiy ta‟minoti bo„lib SCADA (Supervision Control And Acquisition) paketlari hisoblanadi. Ochiq tizimlar konsepsiyasi ochiq modulli nazoratchilar arxitekturasi General Motors firmasi tomonidan ishlab chiqilgan OMAC (Open Modular Architecture Controls) da kuzatiladi. Unga yaqin konsepsiyalar Yevropa (European Open Systems Architecture for Controle within Automatation Systems-OSACA), Yaponiya (Japan International Robotics and Factory Automation-IFORA, Japan Open Systems for Controller Architecture-OSEC) va Amerika (Technologies Enabling Agile Manufacting-TEAM Projects) tashkilotlari tomonidan taklif qilingan. OMAC-talablar mazmuni asosiy terminlarini quyidagicha bayon qilish mumkin: Open – apparat va dasturiy ta‟minot integratsiyasini ta‟minlovchi ochiq arxitektura; Modular – modulli arxitektura, Pluge and Play rejimida tashkil etuvchilardan foydalanish imkonini beradi; Scalable – masshtablanuvchi arxitektura, aniq masala uchun konfiguratsiyani oson o„zgartirish imkonini beradi; Economical – iqtisodiy arxitektura; Maintenable – yengil xizmat ko„rsatiluvchi arxitektura. Nazoratchilar apparat platformalari yuqori ishonchlilikka, www.ziyouz.com kutubxonasi 72 tezkorlikka ega bo„lgan PC-kompyuterlarda joylashadi. PC-nazoratchilar operatsion muhiti ham ochiqlik talablarini qoniqtirishi lozim. Bu yerda QNX (QSSL firmasi, Kanada) operatsion tizimi keng tarqalgan hisoblanadi. QNX arxitekturasi ochiq, modulli va oson o„zgartiriluvchi (modifikatsiya) hisoblanadi. Bunday tillarda ishlashdan jamlangan malaka IEC 1131-3 standartida keltirilgan va beshta asosiy til vositalari belgilangan: 1. SFG – ketma-ket funksional sxemalar tili; 2. LD – releli diagrammalar tili; 3. FBD – funksional blokli diagrammalar tili; 4. ST – tarkiblangan matn tili; 5. IL – qo„llanmalar (instruktsiya) tili. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling