Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Axborot ortiqchaligi – bu haqiqat. Ma‟lumotlarning ortiqchaligi 
zamonaviy jamiyatning malakali vakillari orasida fikrlash sifatining 
kamayishiga sabab bo„ladi. 
Zamonaviy axborot tizimlarni tadbiq qilish
katta hajmli o„quv axborotlariga kirish; 
o„rganilayotgan materialning ko„rgazmali shakl (forma)da 
ifodalanishi; 
axborotni qo„shimcha modulli taqdim etish imkoniyatining 
mavjudligi. 
Quyidagi didaktik talablarning bajarilishi
o„quv materialini taqdim etishning maqsadga yo„naltirilganligi; 
ko„rgazmalilik, yetarlilik, o„quv materialining tarkiblanganligi va 
zamonaviyligi, to„liqlik; 
murakkablik darajasi bo„yicha o„quv materiallarini taqdim 
etishning ko„p qatlamliligi; 
nazorat savollari va testlarning to„liqligi; 
ish vaqtida harakatlarning protokollashtirilishi; interfaollik, o„quv 
materiali bilan ishlash rejimini tanlash imkoniyati; 
har bir predmetda tahrirlash mumkin bo„lgan asosiy, variantli va 
invariantli qismlarning mavjudligi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


75 
O„rganilayotgan har bir predmetga kompyuterning tadbiq etilishi, 
bu yagona informatika kursini o„rganish bilan almashtirish mumkin 
bo„lmagan jarayondir. 
Ta‟lim jarayonida axborot tizimlaridan foydalanishda quyidagilar 
hisobiga ta‟lim sifatini oshirish mumkin: 
o„z imkoniyatlari va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda o„quv 
materiallariga moslashish; 
predmetni o„rganish uchun qulay usulni tanlash imkoniyati; 
o„quv jarayonining turli bosqichlarida o„qishning jadalligini 
sozlash; 
o„z-o„zini nazorat; 
o„qitishning faol usullarini qo„llash; 
o„rganilayotgan materialni ko„rgazmali shaklda taqdim etish; 
axborot tizimining alohida tarkibiy qismlarini ko„paytirish 
imkoniyatini beruvchi modulli qurish; 
mustaqil o„qishni rivojlantirish. 
Ta‟lim jarayonida axborot tizimlarini qo„llash natijasida quyidagi 
salbiy tomonlar namoyon bo„lishi mumkin: 
madaniy – o„rganuvchilarning ortiqchaligiga xavf tug„diradi; 
sotsial-iqtisodiy – sifatli ta‟lim olish imkoniyatining teng 
bo„lmagan imkoniyatlarini yaratadi; 
siyosiy – milliy davlatlarda fuqarolik jamiyatini buzishga olib 
kelishi mumkin; 
etnik va huquqiy – boshqaning intellektual boyligini nusxalash va 
undan foydalanishga olib kelishi mumkin. 
Bunday 
sharoitlarda 
ta‟limni 
avtomatlashtirish 
jarayoni 
boshqariluvchi bo„lishi lozim. Kompyuter texnologiyalarini qo„llashda 
quyidagi didaktik talablar muhim hisoblanadi: 
o„quv materialini taqdim etishning maqsadga yo„naltirilganligi; 
o„quv materialining yetarliligi, ko„rgazmaliligi, to„liqligi, 
zamonaviyligi va tarkiblanganligi; 
murakkablik darajasiga ko„ra o„quv materialini taqdim etishning 
ko„p qatlamliligi; 
nazorat savollarining to„liqligi va zamonaviyligi; ishlash davrida 
harakatlarning protokollashtirilishi; 
o„quv materiallar bilan ishlash rejimini tanlash imkoniyati va 
interfaolligi. 
Hozirgi kunda axborot tizimlarini qo„llashning quyidagi 
yo„nalishlari keng qo„llanilmoqda: 
www.ziyouz.com kutubxonasi


76 

Kompyuter dasturlari va o„rgatuvchi tizimlar: 
yangi bilim va ko„nikmalarni shakllantirishga mo„ljallangan 
kompyuter darsliklari; 
bilimi, qobiliyati va uddaburonligini baholash va tekshirishga 
mo„ljallangan tashxis yoki test tizimlari; 
jamlangan bilim va malakalari asosida qaror qabul qilishni 
o„rgatishga mo„ljallangan ekspert tizimlar; 
biror aniqlikni kuzatish uchun o„rganuvchi ixtiyoriga 
matematik modellarni taqdim etuvchi va asosida 
modellashtirish dasturlari yotgan laboratoriya komplekslari; 
turli sohalar bo„yicha jamlangan bilimlarga kirishni 
ta‟minlovchi berilganlar bazasi va bilimlar bazasi; 
aniq o„quv amalini bajarishni ta‟minlovchi amaliy va anjomiy 
dasturiy vositalar (matnlarga ishlov berish, jadvallar tuzish, 
grafik axborotni tahrirlash va h.k.). 

Videotexnika, CD-ROM da jamlovchilarni qo„llash bilan qurilgan 
multimedia-texnologiyalar asosidagi tizimlar. 

Aniq qo„llanilish sohalariga yo„naltirilgan intellektual o„rgatuvchi 
tizimlar. O„rganish, o„quv kuzatishlar jarayonlarida katta 
ahamiyatga ega. 

Berilganlar bazalari va bilimlar omborlari asosidagi axborot 
muhitlari. Axborot manbalariga to„g„ridan-to„g„ri va masofaviy 
kirish imkonini beradi. 

Telekommunikatsion tizimlar. Telekonferensiya, elektron pochta 
va boshqalarni amalga oshiradi. Xalqaro telekommunikatsion 
tarmoqqa kirish imkonini beradi. 

Stol elektron topografiyalari. Individual rejimda katta tezlikda 
turli tashuvchilarda o„quv qo„llanmalari va hujjatlarni chiqarishni 
amalga oshiradi. 

Markazlashgan va taqsimlangan tavsifga ega bo„lgan elektron 
kutubxonalar. Xalqaro axborot manbalariga kirishni yangicha 
amalga oshirish imkonini beradi. 

Kompyuter kartografiyasi va berilganlar bazasini boshqarish 
tizimlarini birlashtirish texnologiyasiga asoslangan geoaxborot 
tizimlar. 

Axborotlarni himoyalash tizimlari (saqlashda ruxsatsiz kirishdan, 
eshitishdan himoyalanish va h.k.). 
Zamonaviy axborot tizimlarini ta‟limga tadbiq qilishda ochiladigan 
yangi imkoniyatlar multimedia-texnologiyalar asosida turli tasvirlarni 
bezatishdir. Multimedia texnologiyasining yuzaga kelishi darsliklar
www.ziyouz.com kutubxonasi


77 
o„quv qo„llanmalar va boshqa uslubiy materiallarni mashina 
tashuvchilarida yaratish imkoniyati tug„ildi. Ularni quyidagi guruhlarga 
ajratish mumkin: 
1. Katta hajmli tasvirlar bilan materialni matnli bayon etuvchi 
darsliklar. Bunda tasvirlar serverlarga o„rnatilishi va tarmoq orqali 
kompyuterga uzatilishi mumkin. Materialning chegaralangan hajmida 
foydalanuvchining to„g„ridan to„g„ri serverga bunday darslikka kirishi 
orqali amalga oshiriladi. 
2. CD-ROMda bajarilgan yuqori dinamikali tasviriy materialli 
darsliklar. Asosiy material bilan birga animatsiya va multiplikatsiya, 
hamda videotasvirlarni o„z ichiga oladi. Alohida jarayonlar va 
voqealarni amalga oshirish usullarini namoish qilinadi. Bunday 
darsliklar nafaqat darslik, balki badiiy nomga ham ega bo„lishi mumkin. 
Axborot tashuvchi xotirasining juda kattaligi birgina optik diskda 
ma‟lumotnoma, ensiklopediya, yo„l ko„rsatkich va h.k.larni joylashtirish 
imkonini beradi. 
3. Ilmiy-tadqiqot ishlarini o„tkazish uchun zamonaviy kompyuterli 
o‘qitish tizimlari. Ular jarayonlar, voqealarni modellashtirish imkonini 
beradi, o„rganuvchi faol ishtirokchi bo„lgan va o„zi o„quv jarayonini 
boshqarishi mumkin bo„lgan yangi kompyuterli o„quv muhitini yaratadi. 
4. Virtual reallik tizimlari. O„rganuvchi o„rab turgan muhitni 
ifodalovchi kompyuter modelining ishtirokchisiga aylanadi. 
5. 
Masofaviy ta’lim tizimlari. Murakkab sotsial-iqtisodiy 
sharoitlarda masofaviy ta‟lim olish alohida regionlar, kam 
harakatlanuvchi kishilar hamda o„quvchilarning mustaqil ishlashlari 
uchun juda muhim bo„lmoqda. Masofaviy ta‟limni, faqat maqsadga 
yo„naltirilgan 
dastur 
asosida 
fundamental, 
tabiiy-ilmiy, 
umummutaxassilik, maxsus fanlar bo„yicha o„qitishga qaratilgan yuqori 
sifatli multimedia-texnologiyalarni yaratgandagina samarali tadbiq qilish 
mumkin. Ammo bu hozirgi kunda katta moliyaviy vositalarni talab 
qiladi va tijorat shaklida o„zini oqlamayapti. Bunday dasturning tadbiq 
qilinishi, o„rganuvchiga mustaqil ish yuklamasini orttirgan holda, o„quv 
jarayonini yangicha tashkillashtirish imkonini beradi. 
Ta‟limni axborotlashtirish jarayonida quyidagini nazarda tutmoq 
lozim: kompyuterdan foydalanishning asosiy maqsadi inson qo„yilgan 
pedagogik masalani bajara olmasligi mumkin bo„lgan holatlarga 
qaratilgan. Masalan, o„qituvchi kompyuterli modellashtirishsiz ko„pgina 
fizik jarayonlarni ko„rgazmali ko„rsata olmaydi. Ikkinchi tomondan, 
kompyuter mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda, yangi bilim va 
ko„nikmalarni o„rganishda o„quvchi imkoniyatlarining o„sishiga yordam 
www.ziyouz.com kutubxonasi


78 
berishi lozim. O„rgatish jarayoni turli axborot (audio, video, grafik, 
matnli, jadvalli) bilan ishlash texnologiyasiga emas, ma‟lum bir dasturiy 
vositalar bilan ishlay olishga qaratilgan bo„lishi lozim. Ammo, o„quv 
dasturiy mahsulotlarning asosiy qismi mavjud darsliklarni ifodalaydi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling