Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

7. Axborot texnologiyalari 
Texnologiya deyilganda keng ma‟noda material boyliklarni ishlab 
chiqish qonuniyatlari tushuniladi. Ularni quyidagicha tarkibiy qismlarga 
bo„lish mumkin: 
g‘oya – ishlab chiqarish asoslari; 
mehnat qurollari – stanoklar, mashinalar, agregatlar; 
kadrlar – malakaviy bilimga ega bo„lganlar. 
Bu tarkibiy qismlar mos ravishda axborot, anjomiy va ijtimoiy 
qismlar deyiladi. Aniq bir ishlab chiqarish uchun texnologiya 
deyilganda, tor ma‟noda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish 
ketma-ketligini aniqlovchi usullar mosligi tushuniladi. Texnologiya 
darajasi jamiyatning ilmiy-texnik rivoji bilan bog„liq va uning ijtimoiy 
tarkibiga, madaniyatiga va g„oyalariga ta‟sir ko„rsatadi. Har qanday 
texnologiya uchun maqsad, predmet va vosita ko„rsatilishi mumkin. 
Masalan, sanoat ishlab chiqarishida texnologiyaning maqsadi mahsulot 
sifatini oshirish, uning tayyorlanish muddati va tannarxini kamaytirish 
hisoblanadi. 
Texnologiyaning rivojlanishida ikkita turli bosqichlarni ko„rsatish 
mumkin. Birinchi turi negiz texnologiyani uzluksiz rivojlantirish bilan 
xarakterlanadi. Rivojlantirish maksimal darajaga erishilgandan so„ng, 
katta hajmdagi iqtisodiy xarajatlar o„zini oqlamaydi. 
Ikkinchisi, mavjud texnologiyalardan voz kechgan holda boshqa, 
birinchi texnologiyaning qonuniyatlari bo„yicha rivojlanuvchi yangi 
texnologiyaga o„tish bilan farqlanadi. 
Axborot texnologiyasi axborotni olish, ishlov berish, taqdim etish 
usul va vositalari mosligi bo„lib, axborotning holati, xossalari, shakli va 
mazmunini o„zgartirishga yo„naltirilgan. 
Axborot texnologiyalarini uch darajaga ajratish mumkin. 
Birinchi daraja – nazariy. Asosiy masalasi – axborot jarayonlarining 
o„zaro bog„langan modellari jamlanmasini yaratish. 
Ikkinchi daraja – tadqiqot. Asosiy masalasi – aniq optimal axborot 
texnologiyalarini avtomatik loyihalash imkoniyatini beruvchi usullarni 
ishlab chiqish. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


82 
Uchinchi daraja – amaliy. Bu darajani ikki oqimga ajratish maqsadga 
muvofiq: anjomiy va predmet. Anjomiy oqim (qurilmalar, stanoklar, 
anjomlar) axborot texnologiyalarini amalga oshirish yo„llari va 
vositalarini aniqlaydi. Ularni uslubiy, axborot, matematik, algoritmik, 
texnik va dasturiy turlarga bo„lish mumkin. Predmet oqimi aniq 
predmet sohasi spetsifikasi bilan bog„liq bo„lib, maxsus axborot 
texnologiyalarida o„z ifodasini topgan. Masalan, texnologik jarayonlarni 
boshqarish, avtomatlashtirilgan loyihalash, tashkiliy boshqaruv, o„qitish 
va boshqalar. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling