Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiy vositalar
Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari
Ma‟lumotlarni olish, ishlov berish, tahlil qilish, vizuallashtirish saqlash masalalarini birlashtiruvchi boshqaruvni shartli ravishda oltita vaqtli avlod (bosqich)ga ajratish mumkin. Birinchi avlod (e.a. 4000-yillardan – 1900-yilgacha), taxminan, olti ming yil mobaynida axborotlarni ifodalashda loyli jadvallardan papirusga, so„ngra pergamentga va nihoyat qog„ozga o„tish kuzatilgan. Ma‟lumotlarni ifodalashda ko„plab yangiliklar kiritilgan: fonetik alifbolar, bayonlar, kitoblar, kutubxonalar, chop qilish nashriyotlari. Bu katta yutuq bo„lgan, ammo bu davrda axborotlarga ishlov berish qo„lda amalga oshirilgan. Ikkinchi avlod (1900 – 1955-yillar) perfokartalar texnologiyasi bilan bog„liq bo„lib, undagi ma‟lumotlar ikkilik tarkib ko„rinishida ifodalangan. Katta hajmdagi qog„ozli axborot manbalarining hajmini kamaytirishga erishilgan. Uchinchi avlod (yozuvlarga ishlov berish dasturlangan qurilmalari, 1955– 1965-yillar) har biri o„n minglab perfokartalardagi axborotlarni saqlashi mumkin bo„lgan magnit lentalar texnologiyasining yuzaga kelishi bilan bog„liq. Axborotlarga ishlov berish uchun saqlanuvchi dasturli va sekundiga yuzlab yozuvlarga ishlov bera oluvchi elektron kompyuterlar ishlab chiqildi. Yangi texnologiyaning asosiy jihati dasturiy ta‟minot bo„ldi. Uning yordamida oson dasturlash va kompyuterdan foydalanish mumkin bo„ldi. Paketli ishlov berish kompyuterlardan samarali foydalanish imkonini yaratdi. Ammo, uning ikkita muhim kamchiligi bor edi: asosiy faylga ishlov bergunga qadar xatoliklarni aniqlay olmaslik va joriy axborot haqida tezkor bilimning mavjud emasligi. To„rtinchi avlod (tezkor berilganlar bazasi, 1965 – 1980-yillar) tezkor jo„natmali berilganlar bazasini qo„llashga asoslangan interfaol rejimda ma‟lumotlarga tezkor kirishni tadbiq qilish bilan bog„liq. Tezkor www.ziyouz.com kutubxonasi 83 berilganlar bazasi ma‟lumotning har qanday elementiga sekundning ulushlarida kirishni ta‟minlovchi magnit disk yoki barabanlarda saqlanadi. Bu qurilmalar va ma‟lumotlarni boshqarish dasturiy ta‟minoti dasturlarga bir necha yozuvlarni o„qish, ularni o„zgartirish va yangi qiymatlarni tezkor foydalanuvchiga qaytarish imkonini berdi. 1980- yillarga kelib, yozuvlar to„plamiga yo„naltirilgan, ma‟lumotlarning tarmoq modeli juda ommaviylashib ketdi. Ammo, yo„naltiruvchi dasturiy interfeys darajasi yuqori emas edi. Bu axborot texnologiyalarining yanada yangilanishiga turtki bo„ldi. Beshinchi avlod – relyatsion berilganlar bazasi: «mijoz-server» arxitekturasi (1980 – 1995-yillar) quyi darajali interfeys uchun muqobil yechim bo„ldi. Relyatsion modellar aloqa va mohiyatni bir xilda taqdim etishdan iborat. Ma‟lumotlar relyatsion modeli ma‟lumotlarni aniqlash, boshqarish universal tiliga ega. Bu yo„nalishdagi ishlar standart sifatida qabul qilingan SQL tilining yaratilishiga olib keldi. Hozirgi kunda berilganlar bazalarining barcha tizimlari SQL interfeysini ta‟minlaydi. Bundan tashqari, barcha tizimlarda bu standart chegarasidan tashqariga chiqqan o„zining kengaytmalari mavjud. Berilganlar bazasiga parallel ishlov berish relyatsion modellarning ikkinchi kutilmagan ustunligi bo„ldi. Relyatsion model kompozitsiya bo„yicha berk amallar to„plamini o„z ichiga oladi: har bir amal kirishda nisbat oladi va qiymat sifatida nisbat chiqaradi. Shu sababli, relyatsion amallar bir amalning chiqishini navbatdagi amalning kirishiga yo„naltirish yo„li bilan konveyerli parallelizm imkoniyatini taqdim etadi. Oltinchi avlod (mul‟timediali berilganlar bazasi, 1995-yildan) an‟anaviy son va belgilarni saqlashdan murakkab harakatli ma‟lumotlarni olgan relyatsion-obyektga o„tish bilan bog„liq. Internet mijozlari va serverlari u yoki bu turdagi ma‟lumotlarni saqlovchi, ishlov beruvchi va tasvirlovchi applet va «xelper»larni qo„llash asosida qurilmoqda. Appletlar ovoz, video, elektron jadvallar va grafikani boshqaradi. Bunday appletli ma‟lumotlarning har qanday turi uchun sinflar kutubxonasi mavjud. Endi biz turli xil ma‟lumotlarni saqlovchi (hujjatlar, grafika, ovoz va video namunalari) oltinchi avlod tizimlari boshlanishida turibmiz. Bu oltinchi avlod tizimlari Internet va Intranet sahifalarida ma‟lumotlarni saqlashning negiz vositalarini ifodalaydi. Axborot bilan ishlash anjomiy ombori (qurilmalar, stanoklar, anjomlar) axborot texnologiyalarini amalga oshirish vositalari hisoblanadi. Ularni quyidagilarga ajratish mumkin: uslubiy, axborot, matematik, algoritmik, texnik va dasturiy. Uslubiy vositalar axborot www.ziyouz.com kutubxonasi 84 texnologiyalarini ishlab chiqish va ishga tushirishdagi talablarni aniqlaydi. Axborot esa dasturiy va texnik mosligini ta‟minlaydi. Axborot Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling