Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Internet-magazin 
Magazinga kirgan foydalanuvchi nimani ko„radi? Birinchidan
bazada mavjud bo„lgan tovarlar ro„yxatini. On-laynli «prilavka» biror 
qoidaga ko„ra qandaydir korxonaning avtomatlashtirilgan tizimiga 
bog„langan bo„lgani uchun bu ro„yxat sotuvda va odatdagi (virtual 
bo„lmagan) magazinda mavjud bo„lgan mahsulotlarni o„z ichiga oladi. 
Bazadagi mahsulotlar odatda asos elementlari tovarlar guruhi bo„lgan 
iyerarxik daraxt ko„rinishidagi tarkibda taqdim etiladi. Agar biror 
guruhda sichqoncha tugmasi bosilsa, u guruhostlari yoki aniq turdagi 
mahsulot ro„yxatini ochgan holda yoyiladi. Ayrim hollarda xaridor 
tovarning tasvirini va uning tavsiflarini ko„rishi, hamda uni o„zining 
savatiga qo„shib qo„yishi mumkin. Savatni to„ldirgandan so„ng, mijoz 
«Выполнит заказ» («Buyurtma bajarilsin») buyrug„ini beradi va o„ziga 
mos bo„lgan to„lov shaklini tanlaydi. Agar birinchi bor sotib olayotgan 
bo„lsa, odatda undan o„zi haqida ba‟zi ma‟lumotlar berilishi so„raladi – 
ismi, telefoni, manzili va h.k. Korporativ xaridor korxona nomini, hisob 
www.ziyouz.com kutubxonasi


135 
schoti raqamini, ismi va murojaat qiluvchi shaxs telefoni haqida xabar 
beradi. Bu bosqichda xaridorga ma‟lum bir aniqlovchi (identifikatsion) 
kod beriladi. Bu shuning uchun qilinadiki, u keyingi safar magazinga 
kirganda yuqorida keltirilgan ma‟lumotlarni kiritishi lozim bo„lmaydi, 
ya‟ni kodni ko„rsatish yetarli bo„ladi. So„ngra, narxini to„lash va ma‟lum 
bir vaqt oralig„ida magazindan mahsulotni olish uchun mijozga schot 
yuboriladi. Onlaynli magazin kredit kartochka orqali to„lovlarni amalga 
oshirish imkonini beradi. Bunday hollarda mijoz o„zi haqidagi 
axborotlar yoki kodi bilan birga kredit kartochka raqami haqida ham 
axborot 
yuboradi. 
Jarayon 
markazida 
kredit 
kartochkani 
avtomatlashtirish amalga oshiriladi. Bu jarayon samarali amalga 
oshirilgandan so„ng mijoz hisobidagi pullar «muzlatiladi» (to„xtatiladi), 
bazadagi mahsulot esa zahiralanadi. Keyingi bosqichda firma xodimlari 
xaridor bilan telefon orqali bog„lanadilar va tovarni kuryer bilan 
jo„natadilar; mijoz xohishiga ko„ra magazinga kelishi va xaridni o„zi 
olib ketishi ham mumkin. 
Mahsulotni berish davrida mijozning kredit kartochkasi harakatga 
keltiriladi va u kelishuvni slipda o„z imzosi bilan mustahkamlaydi. 
Kartani avtomatlashtirish mahsulotni zahiralash davrida amalga 
oshirilganligi uchun uni harakatga keltirishda jarayon markazi bilan 
bog„lanishi talab qilinmaydi. Operatsiya tugallanishida slip bankka 
beriladi, pul esa xaridor schotidan o„chiriladi va magazin schotiga 
o„tkaziladi. Korporativ mijozga barcha rekvizitlarni ko„rsatgan holda 
shunchaki schot yuborilishi mumkin. Mahsulot magazindan olinishi yoki 
bu schot bo„yicha pul o„tkazilgandan so„ng buyurtmachiga yetkazilishi 
mumkin. 
Magazinning ajoyib xususiyatlaridan biri, kredit kartochkalar 
bo„yicha savdoni amalga oshirish imkonini beruvchi to„lov tizimi 
integratsiyasidir. 
To„lov tizimlarini kredit, debet va raqamli naqd pullar bilan 
ishlovchi tizimlarga ajratish mumkin. 
Kredit tizimlar – kredit kartochkalar yordamida to„lovlarni amalga 
oshiradigan oddiy tizimlarning analogi bo„lib, ma‟lumotlarni uzatish va 
xavfsizlikni ta‟minlash bir qator xizmatlari – raqamli imzo, 
ma‟lumotlarni shifrlash va h.k. uchun Internetdan foydalaniladi. Bunday 
tizimlar qatoriga CyberCash, Open Market, First Virtual va SET (Secure 
Electronic Transaction) protokolidan foydalanuvchi barcha tizimlarni 
kiritish mumkin. Kredit tizimlarning asosiy kamchiligi quyidagilar 
hisoblanadi: 
tranzaktsiyani amalga oshirishda ushlanishlarni oshiruvchi va 
www.ziyouz.com kutubxonasi


136 
Internet to„lov tizimining maqsad bozori bo„lgan mikroto„lovlar 
uchun tizimning moslanmaganligiga olib keluvchi mijozning 
to„lov qobiliyatini va kartochka muallifligini tekshirish zarurati; 
anonimlikning mavjud emasligi va buning natijasida savdo 
tarkiblari tomonidan majburiy (bog„langan) xizmat; 
kredit kartochkalarini qabul qiluvchi magazinlar sonining 
chegaralanganligi; 
xaridorlar uchun kredit hisobini ochish zarurati va «kartochka 
ma‟lumotlarini tarmoq bo„yicha uzatish» kompleksi. 
Hozirgi kunda ayrim loyihalar tugallanmagan bo„lsa ham, elektron 
tijorat bilan shug„ullanuvchi ko„plab kompaniyalar SET protokoli, yangi 
ilovalar va boshqalarni qo„llagan holda xizmatlarni taklif qilmoqdalar. 
Ko„pgina korxonalar to„lovlarni amalga oshirishda maksimal 
konfidensiallik va xavfsizlikni ta‟minlash maqsadida SET va boshqa 
texnologiyalarni integrallashtirmoqda ya‟ni, birlashtirmoqda. Hozirda 
Internetning deyarli barcha katta to„lov tizimlarida SET protokolini 
qo„llagan holda xizmatlar taklif qilinmoqda. Xavfsiz Internet-to„lovlar 
bozorida ishlayotgan, taniqli bo„lgan SyberCash kompaniyasi o„zining 
barcha mijozlariga SET protokoli bo„yicha (uning ustunliklarini targ„ib 
qilgan va isbotlagan holda) ishlashni taklif qilmoqda. Endi hech 
narsadan cho„chimagan holda elektron tijoratda ishtirok etish mumkin. 
SETdan foydalanishdagi bir qator ustunliklarni ko„rsatib o„taylik: 
sotuvchilar – mualliflanmagan to„lov kartochkalari yordamida 
harid qilish va hariddan voz kechishdan himoyalangan
banklar – mualliflanmagan xaridlardan himoyalangan; 
mijozlar – mavjud bo„lmagan sotuvchilardan sotib olish va kredit 
raqamlarini tutib olishdan zarar ko„rmaydilar. 
SET raqamli imzolardan foydalangan holda mualliflashtirishni 
amalga oshirish imkonini beradi va shu bilan birga oraliq bo„g„inlardan 
aylanib o„tgan holda emitet bo„yicha tekshirish uchun karta raqamini 
uzatish mexanizmini ta‟minlagan holda xaridorni himoyalaydi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling