Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Elektron tijoratning ustunliklari


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Elektron tijoratning ustunliklari 
Agar chakana elektron magazinlari O„zbekiston bozori uchun endi 
kirib kelayotgan bo„lsa, ko„plab kompaniyalar Internet orqali ishchi 
operatsiyalarni yuritishning ustunliklarini sezdilar. Bu ayniqsa, iqtisodiy 
krizis va korxona internet-texnologiyalarni tadbiq qilgandan so„ng 
yuzaga keladigan ustunliklar sharoitlarida dolzarb bo„ldi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


132 
Internet-texnologiyalarning ko„plab ustunliklari mavjud. Ularning 
ba‟zi birlarini keltirib o„tamiz: 
axborotni olish tezkorligi, asosan, xalqaro operatsiyalarda, 
sezilarli darajada o„sadi; 
ishlab chiqarish va savdo aylanmasi sezilarli darajada ortadi, 
chunki olingan hujjatlarni har safar kiritish zarurati yo„q, bundan 
tashqari kiritishdagi xatoliklar ehtimolligi kamayadi
ancha arzon kommunikatsiya vositalaridan foydalanish hisobiga 
axborot almashish bilan bog„liq bo„lgan harajatlar sezilarli 
kamayadi; 
elektron tijoratning internet-texnologiyalaridan foydalanish 
kompaniyaga mijozlarga nisbatan ochiqroq bo„lish imkonini 
yaratadi; 
mahsulotlar va xizmatlar haqida mijozlarni va hamkorlarni tez va 
oson xabardor qilish imkonini beradi; 
sotishning muqobil kanallarini yaratish imkonini beradi. Masalan, 
korporativ saytda internet magazin orqali. 
Elektron tijoratdan foydalanish 
Zamonaviy Internet-texnologiyalarni tijoratda qo„llash Web-sayt 
yaratish yoki mumkin bo„lgan buyurtmalar elektron kataloglari bilan 
chegaralanmaydi, balki texnologiyadan, jamlangan malakalardan va 
Internet yordamida ish jarayonlarini tadbiq qilishning yangi usullarini 
mos tarmoq kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda samarali 
tadbiq qilishni nazarda tutadi. Elektron tijorat – bu Internet-
texnologiyalardan foydalangan holda mablag„ ishlash jarayonidir. 
Tarmoqda elektron savdoning samarali tadbiq qilinishi uchta tashkil 
etuvchi bilan aniqlanadi: 
to„g„ri texnologik platformani tanlash; 
raqobatbardosh mahsulotning mavjudligi; 
zarur infratarkib va biznes-jarayonning mavjudligi. 
Agarda bu bo„g„inlardan birortasi mavjud bo„lmasa, zamonaviy 
texnologiyalarni tadbiq qilish samara bermaydi. 
on-line savdo texnologiyalaridan foydalanish rivojlangan va 
hududiy tarmoqqa ega bo„lgan kompaniyalar uchun juda zarur. Chunki 
bu texnologiya buyurtmalarni bajarish harajatlarini kamaytirish imkonini 
beradi. Hududiy hakmorlar bilan Internet orqali ishlash uslubiyati tadbiq 
qilinganidan so„ng, buyurtmalarga ishlov berish va ro„yxatdan o„tkazish 
harajatlari deyarli ikki barobarga kamayadi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


133 
on-line rejimida harid qilishda asosiy to„lov vositasi kredit 
kartochlari hisoblanadi. Ammo, yangi to„lov vositalari ham chiqmoqda: 
smart- kartalar, raqamli pullar (digital cash), mikroto„lovlar va elektron 
cheklar. 
Elektron tijoratning qiziqarli va ommaviy foydalanilayotgan 
yo„nalishlardan biri – tarmoqda kitob tijorati hisoblanadi. Ko„plab 
magazinlar kitob bilan savdo qiladilar, hozirgi kunda rus tarmog„ida eng 
«omadli» savdo loyihalaridan biri Ozon magasini hisoblanadi. Ko„plab 
rus tarmoq magazinlari ichida bu real ishlayotgan magazindir. Internetda 
kitob savdosi kelajagi to„g„risida gapiradigan bo„lsak, tarmoq orqali 
sotib oluvchilar yoki sotib olishni rejalashtirayotganlarning 40%i yuqori 
o„ringa kitob sotib olishni qo„ymoqdalar, 40%i tarmoq orqali bilet 
bronlash imkoniyatini ko„rsatdilar. Bunday xizmatni KiberPlat tizimi 
orqali ishlovchi Transinform serveri ko„rsatadi. 
Taniqli bo„lgan Demos provayderlik xizmati foydalanuvchilariga 
Internetga dial-upda kirishni on-line rejimda to„lash imkoniyatini taqdim 
etadi. So„rovlarning natijasiga ko„ra, 34% foydalanuvchi bu xizmatni 
qulay va qiziqarli deb hisoblaydilar. Yaqin kunlarda undan ham 
ommaviy ravishda foydalanadilar. 
Keyingi yillarda kompyuter va kompyuter jamlovchilar, dasturiy 
ta‟minot va boshqa shunga o„xshash mahsulotlar bilan savdo qiluvchi 
magazinlar soni ortib bormoqda. Bu yo„nalishda omadlilardan biri 
sifatida Moskvaning «Iks-MIR» magazinini ko„rsatish mumkin. 
Axborot xizmatlariga yo„naltirilgan bozorning tez o„sishi bilan 
birga axborotni pulli taqdim etish xizmatlari soni ham ortib bormoqda. 
Yana bir xizmat toifalaridan biri – bu telefon, kommunal va shunga 
o„xshash xizmatlarni to„lashdir (so„ralgan mijozlarning deyarli 50% i). 
Bunday 
imkoniyat 
mavjud: 
«KiberPlat» 
tizimida 
tizimdan 
foydalanuvchilar uchun on-line rejimi yordamida to„lovlarni amalga 
oshiradigan to„lovlar mexanizmi ko„zda tutilgan. Hamda, xuddi shu 
so„rovga asosan 40% foydalanuvchilar musiqa tashuvchilar: kompakt- 
disklar va kassetalarni, 20% i esa – videokassetalarni sotib olishni 
xohlashlarini bildirganlar. 
To„lov qobiliyatiga ega bo„lgan talabning faollashish omillaridan 
biri, xaridor nuqtayi nazarida optimal bo„lgan, to„lov tizimini 
tashkillashtirish hisoblanadi. «Platina» tijorat banki tomonidan ishlab 
chiqilgan va 1998-yilda tijoratda tadbiq qilingan «KiberPlat» tizimi 
Rossiya elektron tijorat bozorida birinchi real mexanizm bo„ldi. 
Tizimning foydalanuvchilari – elektron magazinlar va ularning mijozlari 
kredit kartalari va bank hisoblaridan foydalangan holda on-line rejimda 
www.ziyouz.com kutubxonasi


134 
xaridlarini to„lash va to„lovlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo„ldilar. 
Elektron-raqamli 
imzodan 
foydalanishga 
asoslangan 
samarali 
himoyalash mexanizmi tizimning yuqori darajada himoyalanishini va 
katta to„lovlarni amalga oshirishni ta‟minladi. Amalga oshirilgan 
to„lovning mijoz tomonidan bekor qilinishi bankning tijorat-tavakkali 
hisoblanadi. Yaqin kunlargacha elektron tijorat ommaviy bo„lgan 
«Monopoliya» o„yinini eslatar edi – stol atrofida o„yinchilar soni ko„p 
bo„lib, ularning o„yinda qolishini hech kim kafolatlamaydi. 
Internet-tijoratning «o„yin maydoni» sezilarli darajada o„zgardi. 
Zona Research tomonidan 500 dan ortiq xodimi bo„lgan 100 dan ortiq 
kompaniyalarda o„tkazilgan so„rovlar shuni ko„rsatdiki, ularning 80%i 
marketing uchun Internetdan foydalanadilar, 10%i esa hozirda elektron 
tijorat 
bilan 
shug„ullanmoqdalar. 
Kuzatishlarga 
ko„ra, 
bu 
kompaniyalarning deyarli 45%i yaqin 2–3 yil ichida Internet orqali savdo 
dasturini tadbiq qilishni rejalashtirmoqdalar. 
Ayrim kompaniyalar, masalan, Dell Computer, elektron tijorat 
sohasida sezilarli darajada yutuqlarga erishganliklarini e‟tirof 
etmoqdalar. Dell Web serverdan nafaqat savdoni tashkillashtirish, balki 
texnik jihatdan qo„llab-quvvatlashga bo„lgan sarflarni kamaytirish uchun 
ham foydalanmoqda. Elektron tijorat bilan samarali shug„ullanayotgan 
kompaniyalardan Federal Express va Cisco Systemsni ham aytish 
mumkin. «Monopoliya» o„yini kabi, elektron tijoratning ham o„z 
qoidalari mavjud. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling