Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Axborot tizimi tushunchasi 
Tizim tushunchasi keng tarqalgan va ko„plab ma‟noviy qiymatlarga 
ega. Ko„pincha texnik vosita va dasturlar to„plamiga nisbatan 
qo„llaniladi. Kompyuterning apparat qismi tizim deb atalishi mumkin. 
Aniq amaliy masalani yechishga, hujjatlashtirishni yuritishning 
qo„shimcha jarayonlari va hisoblashlarni boshqarish bilan to„ldirilgan 
dasturlar to„plami ham tizim deb qaralishi mumkin. 
«Axborot» so„ziga «tizim» tushunchasini qo„shish uning yaratilishi 
va bajarilishini aks ettiradi. Axborot tizimlari har qanday sohada 
masalalar yechimlarini qabul qilish jarayonida axborotlarni qidirish, 
yig„ish, uzatishni ta‟minlaydi. Axborot tizimlari muammolarni tahlil 
qilish va yangi mahsulotlar yaratishga yordam beradi. 
Axborot tizimi – bu qo„yilgan maqsadga erishish yo„lida foydalanish 
uchun axborotlarni yig„ish, ishlov berish, saqlash va uzatish uchun 
qo„llaniladigan vositalar va usullarning o„zaro mutanosibligidir. 
Axborot tizimining zamonaviy tushunchasi – shaxsiy kompyuterni 
axborotga ishlov berishning asosiy vositasi sifatida qo„llashdir. Katta 
tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda axborot tizimi 
texnik bazasiga meynfreym yoki super EHM kirishi mumkin. Bundan 
tashqari, ishlab chiqariladigan axborotda insonning o„rni hisobga 
olinmasa (insonsiz axborotni olish va taqdim etish mumkin emas), 
axborot tizimining texnik jihozlanishi hech qanday qiymatga ega emas. 
Kompyuterlar va axborot tizimlari o„rtasidagi farqni tushunish 
www.ziyouz.com kutubxonasi


28 
zarur. Maxsus dasturiy vositalar bilan jihozlangan kompyuterlar axborot 
tizimlari uchun texnik negiz va vosita hisoblanadi. Axborot tizimi 
kompyuterlar va telekommunikatsiyalar bilan o„zaro muloqotda 
bo„luvchi xodimlarsiz ma‟noga ega emas. 
Material olamda axborot almashinuvi yuzaga kelishi uchun axborot 
uzatuvchi, aloqa kanali, qabul qilgich va axborot oluvchi bo„lishi zarur. 
Uzatish muhiti manba va axborot qabul qiluvchini axborot tizimiga 
birlashtiradi. 
Har qanday axborot tizimining ishini ta‟minlovchi jarayonlarni 
shartli ko„rinishida quyidagi qismlarga bo„lish mumkin: 
ichki va tashqi manbalardan ma‟lumot kiritish; 
kiritilgan axborotga ishlov berish va uni qulay shaklda taqdim 
etish; iste‟molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish 
uchun axborotni chiqarish
teskari aloqa – kirgan axborotni tahrirlash uchun korxona (firma) 
xodimlari tomonidan qayta ishlangan axborot. 
Axborot tizimi quyidagi xossalar bilan aniqlanadi: 
har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi, qurilishi va tizimlarni 
qurish umumiy asoslari negizida boshqarilishi mumkin; axborot 
tizimi dinamik va rivojlanuvchi hisoblanadi; 
axborot tizimini qurishda tizimli yondashuvni qo„llash zarur; 
axborot tizimining chiqish mahsuloti uning asosida qaror qabul 
qilinuvchi axborot hisoblanadi
axborot tizimini axborotlarga ishlov berishni inson-kompyuter 
tizimi deb qabul qilish lozim. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


29 
Birinchi axborot tizimlari XX asrning 50-yillarda yuzaga kelgan. Bu 
yillarda ular «schot»larni va oylik maoshni hisoblashga mo„ljallangan 
bo„lib, elektromexanik buxgalteriya hisoblash mashinalarida amalga 
oshirilgan. Bu hujjatli qog„ozlarni tayyorlash vaqti va harajatlarini 
kamaytirishga yordam bergan. 
XIX-asrning 60-yillari axborot tizimlariga bo„lgan qarashlarning 
o„zgarishi bilan xarakterlanadi. Axborot tizimlari yordamida olingan 
axborotlar ko„p parametrlar bo„yicha davriy hisobotlarni yuritishda 
qo„llanila boshladi. Buning uchun korxonalarga keng vazifalarga 
mo„ljallangan, ko„plab funksiyalarni bajara oluvchi (faqat hisob-kitob 
ishlari emas) kompyuterlar talab qilindi. 
XX asrning 70-yillar oxiri 80-yillar boshlarida axborot tizimlari qaror 
qabul qilish jarayonini tezlashtiruvchi va qo„llovchi boshqaruv nazorati 
vositasi sifatida keng qo„llanila boshlandi. 
XX asrning 80-yillar oxiriga kelib axborot tizimlaridan foydalanish 
konsepsiyasi yana o„zgardi. Bu davr axborot tizimlari zarur axborotni 
o„z vaqtida yetkazgan holda korxonaga o„z faoliyatida yangi mahsulot 
va xizmatlar yaratishga, o„ziga hamkorlar topishga, quyi narxlarda 
mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirishga, yutuqlarga erishishga va 
boshqalarda yordam berdi. Hozirda axborot strategik manbaiga 
aylanmoqda va boshqaruvning har qanday darajasida qo„llanilmoqda. 
Hozirgi kunda axborot tizimi kompyuter texnikasi yordamida 
amalga oshirilgan tizim degan fikr mavjud. Ammo, umumiy holda 
axborot tizimini kompyutersiz usulda ham ko„rish mumkin. 
Axborot tizimining ishini tushunish uchun u yechayotgan 
muammolar hamda tashkiliy jarayonlarning mag„zini chaqish zarur. 
Masalan, 
kompyuterli 
axborot 
tizimining 
qaror 
qabul 
qilish 
imkoniyatlarini aniqlash uchun quyidagilarni e‟tiborga olish lozim: 
yechilayotgan boshqaruv masalalarining tartiblanganligi; 
qaror qabul qilinishi mumkin bo„lgan boshqaruv iyerarxiyasi 
darajasi; 
yechilayotgan masala tijorat sohasining u yoki bu funksional 
muhitiga tegishliligi; 
qo„llanilayotgan axborot texnologiyasining turi. 
Kompyuter axborot tizimi nokompyuter sohasidagi mutaxassislarga 
tushunish uchun ochiq va faoliyat jarayonlari boshqarishda nazorat 
qilish uchun qo„llanilishi mumkin. 
Axborot tizimlarining tadbiq qilinishi quyidagi imkoniyatlarni 
yaratishi mumkin: 
www.ziyouz.com kutubxonasi


30 
matematik usul, intellektual tizim va h.k.ni tadbiq qilish natijasida 
boshqaruv masalalarining ratsional qarori usullarini olish; 
avtomatlashtirish hisobiga ishchilarni og„ir mehnatdan ozod 
qilish; axborotning ishonchliligini ta‟minlash; 
ma‟lumot tashuvchilarni magnit lenta yoki diskli tashuvchilarga 
almashtirish hisobiga axborotlarga kompyuterda ishlov berishni 
tashkillashtirish. Bu qog„ozli hujjatlar hajmining kamayishiga 
olib keladi; 
korxonada hujjat almashinuvi tizimi va axborot oqimi tarkibini 
rivojlantirish; 
xizmat ko„rsatish va mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini 
kamaytirish; 
yangi bozor tarmoqlarini (yo„nalishlarini) qidirib topish; turli 
chegirma va xizmatlar taqdim etish hisobiga korxonaga xaridorlar 
va mahsulot yetkazib beruvchilarni bog„lash. 
Axborot og„zaki va yozma, elektr signallar va radioto„lqinlar 
yordamida uzatiladi va sezgi organlari, foto-, videokameralarning elektr 
datchiklari yordamida qabul qilinadi. Axborot almashinuvi nafaqat 
insonlar muhitida, balki hayvonot va o„simlik olamida ham yuzaga 
keladi. Agar axborot tizimining ishtirokchisi inson bo„lsa, u holda 
ma‟noviy axborot, ya‟ni inson tomonidan ifodalanayotgan axborot 
haqida so„z yuritiladi. Axborot oluvchi uni bu axborot qanday masala 
uchun qo„llanilishiga qarab baholaydi. Bundan kelib chiqadiki, axborot 
nisbiylik xossasiga ham ega. Ayni bir axborot biror bir oluvchi uchun 
chuqur ma‟no kasb etishi, boshqasi uchun esa avvaldan ma‟lum va 
foydasiz bo„lishi mumkin. Masalan, fizikada yuqori quvvat chastotalari 
eng so„nggi yutuqlari yadrochi-fizik uchun juda muhim bo„lsa, agronom 
uchun hech qanday qiymatga ega emas. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling