Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Axborot tizimlari klassifikatsiyasi
Download 2,13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
Axborot tizimlari klassifikatsiyasi
Qamrab olish muhiti bo‘yicha axborot tizimlarini yakka, guruhli va korporativ axborot tizimlariga bo„lish mumkin. Yakka axborot tizimlari avtonom shaxsiy kompyuterlarda amalga oshiriladi (tarmoqdan foydalanilmaydi). Bunday tizim umumiy axborot fondi bilan bog„langan bir nechta sodda ilovalarni olishi mumkin va bir foydalanuvchi yoki vaqt bo„yicha ajratilgan ishchi o„rni (foydalanuvchilar guruhi) uchun mo„ljallangan. Bunday ilovalar stolli yoki lokal berilganlar bazasini boshqarish tizimlari (BBBT) yordamida yaratiladi. Lokal BBBTlar ichida Clarion, Clipper, FoxPro, Paradox, dBase www.ziyouz.com kutubxonasi 31 va Microsoft Access ko„proq taniqlilari hisoblanadi. Guruhli axborot tizimlari ishchi guruhlar a‟zolari tomonidan axborotlardan jamoaviy foydalanishga yo„naltirilgan va asosan lokal hisoblash tarmoqlari negizida quriladi. Bunday ilovalarni ishlab chiqishda ishchi guruhlar uchun berilganlar bazasi serverlaridan foydalaniladi (SQL-server deb nomlanadi). Ko„plab SQL-serverlar mavjud: tijorat va erkin tarqatiluvchi. Ularning ichida quyidagi berilganlar bazasi serverlari: Oracle, DB2, Microsoft SQL Server, InterBase, Sybase, Inforqix keng tarqalgan hisoblanadi. Korporativ axborot tizimlari ishchi guruhlar uchun tizimlarning rivojlantirilgani bo„lib, katta kompaniyalarga yo„naltirilgan. Ular masofaviy taqsimlangan bo„g„inlar va tarmoqlarni ta‟minlashi mumkin. Ular asosan bir necha darajali iyerarxik tarkibga ega. Bunday tizimlar uchun mijoz-server yoli ko„p darajali arxitektura xarakterli. Bunday tizimlarni ishlab chiqishda guruhli axborot tizimlarini ishlab chiqishda foydalanilgan berilganlar bazasi serverlaridan foydalanish mumkin. Katta axborot tizimlarida Oracle, DB2 va Microsoft SQL Server keng tarqalgan. Guruhli va korporativ tizimlar uchun ma‟lumotlarning bajarilishi va himoyalanganligiga talablar ortadi. Bu xossalar berilganlar bazasi serverlarida ma‟lumotlar, muloqotlar va jo„natmalarning yaxlitligini qo„llash orqali ta‟minlanadi. Axborot tizimlarini tadbiq qiish sohasi bo„yicha ham guruhlash mumkin. Shuni ta‟kidlab o„tish lozim-ki, bunday guruhlash yetarlicha shartlidir. Ko„pincha katta axborot tizimlari yuqorida keltirib o„tilgan barcha tizimlarni o„z ichiga oladi. Bundan tashqari, korporativ axborot tizimlari odatda bir necha turli sohalarda tadbiq qilishga mo„ljallangan tizimostilaridan tashkil topadi. Download 2,13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling